I bob. Adabiyotlar tahlili



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə22/30
tarix22.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#119299
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Нодир диплом иш 22

Dinamik urinish usuli.
Maksimal tezlik yoki sur’atda katta bo’lmagan og’irliklar bilan (30%gacha) mashqlar bajariladi. U tezlik kuch sifatlarini “portlash” kuchini rivojlantirish uchun qo’llaniladi. Bir yondoshuvda takrorlashlar soni 15-25 marta. Mashqlar 3-6 seriya bilan bajariladi, ular orasidagi tanaffus 5-8 daqiqa. Og’irlik vazni shunday bo’lishi kerakki u xarakat texnikasining buzilishiga sabab bo’lmasin va xarakatni bajarish vaqtida tezlikni pasaytirmasin.
Jadal usul.
Mushak guruxlarini pastga tushayotgan yukdan yoki tana og’irligining kinetik energiyasidan foydalangan xolda jadal rag’batlantirishga asoslangan. Bu usul asosan turli mushak guruxlarining “amortizatsiya” va “portlash” kuchini rivojlantirish uchun xam qo’llaniladi. Misol tariqasida oyoqlarning “portlash” kuchini rivojlantirish uchun chuqurga sakrab tushish va sakrab chiqish mashqini keltirish mumkin. Amortizatsiya va undan keyingi yerdan itarilish xuddi bir butunday bajarilishi kerak. quydagi uslubiyot bilan o’tkaziladigan bunday mashqlarning katta samaradorligi tasdiqlangan. Mashq 70-80 sm. balandlikdan biroz bukilgan tizzalar bilan “qo’nish” va tez katta kuch bilan yuqoriga sakrashdan iborat. Sakrashlar seriyali bajariladi 2-3 seriya, xar birida 8-10 ta sakrash seriyalar orasida dam olish vaqti 3-5 daqiqa. Mashg’ulot ko’pi bilan xaftasiga ikki marta o’tkaziladi. qo’shimcha og’irlik sifatida shaxsiy vazn ishlatiladi.
Amortizatsiyadan sakrashga o’tish juda tez bo’lishi kerak, tanaffuz mashg’ulot samarasini ko’paytiradi. Jadal usulni qo’llash bu xollarda maxsus tayyorgarlikni talab qiladi jumladan ko’p xajmda shtanga bilan sakrash. Katta bo’lmagan balandlikdan boshlash kerak va astalik bilan zarur balandlikkacha ko’tariladi. Masalan gimnastlar uchun chuqurlikka 50-60 sm dan sakrash, tepalikka chiqish yoki plankadan dumalab o’tish samaralidir. YUguruvchilar uchun sakrash balandligi 0,75-1,11-1,5 m.
Sakrash uchun quydagi miqdorlar oqilona xisoblanadi, 10 martadan 4 seriya yaxshi tayyorgarlik ko’rgan sportchilar uchun va 2-3 seriyada 6-8 martada kamiroq tayyorgarlik ko’rganlar uchun seriyalar orasidagi dam olish 6-8 daq davomida yengil yugurish va bo’shashish uchun mashqlar bajariladi.
Og’irliklar bilan “jadal” usulda mashqlarni bajarishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
-ular mushaklarni qizdiruvchi maxsus mashqlardan keyin qo’llash mumkin;
-“jadal” xarakatlar miqdori seriyada 5-8 marta takrorlashdan ortmasligi lozim;
-“jadal” ta’sir kattaligi yuk vazni va ishchi amplituda kattaligi bilan ifodalanadi. Xar bir xolda bu ko’rsatkichlar jismoniy tayyorgarlik darajasiga bog’liq xolda aniqlanadi.
-tananing boshlang’ich xolati mashg’ulotda rivojlantirilayotgan ishchi kuchlanishining holatiga mos ravishda tanlanadi.
O’quv tirinirovka jarayonida kuch va kuchlanish turini rivojlantirishga e’tibor qaratish malakali voleybolchilar tayyorlashning muxim shartlaridan biridir.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin