I bob. Adabiyotlar tahlili


-16 yosh voleybolchilari maxsus ish qobiloyatni shakillantirish metodikasi qobiliyatlarining paydo bo’lishida majmuaviy shakllarni rivojlanish uslubiyati



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə23/30
tarix22.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#119299
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Нодир диплом иш 22

3.3. 15-16 yosh voleybolchilari maxsus ish qobiloyatni shakillantirish metodikasi qobiliyatlarining paydo bo’lishida majmuaviy shakllarni rivojlanish uslubiyati..

YUqorida ko’rib chiqilgan xarakat xodisalariga tezkorlik qobilyatlari doimo birgalikda namoyon bo’lishadi. Ularning majmuaviy paydo bo’lishi Harakat faoliyatining asosiy mazmuni xisoblanadi.


Majmuaviy sprinter xarakatlari bir necha bosqichlari bilan farqlanadi.

  1. Harakatning boshlanishi (start) va sport tezkorligi.

  2. Tezkorlikni saqlash uning nisbiy mustaxkamlanishi.

  3. Tezkorlikni pasaytirish.

Xar bir bosqich sprinterdagi tezlik qobilyatlarining bir marta ko’rinishidir,
Birinchi-start tezlik qobilyati.
Ikkinchi- masofa tezlik qobilyati.
Uchinchi- sprinterning bardoshliligi.
Masalan kuchli sprinter 100 m. ga yugirishda maksimal tezkorlikni yo’lning 40-50 m. qismida egallashadi 85 m da sekinlashib, keyin pasayib ketadi. har bosqichning xissasi sport natijalarida quydagicha bo’ladi: start - 3%, start tezligi - 30% maksimal tezlik - 52%, tezkorlikning pasayishi - 5% tezlik qobilyatlarini oshirish darajasining rivojlantirishni ikkita usuli bor.

  1. Tezlik qobilyati namoyon bo’lishini aniqlovchi aloxida tarkibiy qismlarnitaxminiy takomillashtirish.

  2. Bir butun takomillashtirish bunda ma’lum sport turi uchun tavsifli bo’lgan aloxida qobilyatlarni bir butun xarakat amallariga birlashtirish ko’zda tutiladi.

Tezlik qobiliyati rivojlanishi majmuaviy shaklining namoyon bo’lishi vositasi sifatida yuqori tezlikda bajariladigan mashqlardan foydalaniladi. (odatda ularni tezkorlik deb ataladi).
Mashqning turli yo’nalishlariga qaramasdan bu vosita majmuaviy tavsifga ega ya’ni, bir vaqtda tezlikning har xil turiga turlicha ta’sir o’tkazadi. Tezkorlik mashqlarining texnikasi mashqlar bajarilishining yuqori tezlikda o’tishini ta’minlash kerak.
Mashqlarni shu darajada o’zlashtirib olish kerakki, asosiy e’tiborni uning bajarilish usuliga emas, balki uning tezligiga qaratish kerak. Mashqlar davomiyligi ta’sirida charchab qolib bajarilish tezkorligini pasaytirib yubormasligi kerak. Mashqlarning davomiyligi tezlik qobilyatlari majmuasini egallashga qaratilgan bo’lib, sport turlaridagi (yakka kurashlarda, tezkorlik kuchlilik va murakkab chaqqonlik sport turlarida) 5-10 sekund bo’lishi mumkin.
Majmuaviy tezlik qobilyatining rivojlanishida takrorlash usuli yetakchi xisoblanadi. Bu xolatdagi asosiy tendensiyaning vazifasi mashg’ulotlarda yuqori tezlikni oshirishga xarakat qilishdir. Bu vazifaga usullarning xamma tarkiblari bo’ysinadi (masofa uzunligi, mashq bajarilishini samaradorligi, dam olish oralig’i, takrorlashlar soni va dam olish xususiyati). Masofa uzunligi (mashqlarning davomiyligi) shunday tanlanadiki, xarakatlanish davomida uning tezligi (ishning samarasi) pasayib ketmasligi kerak. Bunda xarakat yuqori tezkorlikda bajariladi va xar urinishda yaxshi natijalarni ko’rsatishga xarakat qilinadi. o’rinishlar orasidagi dam olish oralig’i katta bo’lishi kerak, shunda organizm o’zini tiklab oladi va tezlik pasayib ketmaydi.
O’yin va musoboqa usullaridan foydalanilganda qo’shimcha raqobat, qiziqish, xis–xayajon ko’tarilishi, shug’ullanuvchilarning raqobatchilik kayfiyati kabilar xisobiga tetiklik paydo bo’lish imkoniyatlari oshadi.
Variativ usul tezkorlik imkoniyatlarini o’stirishning natijaviy usullaridan biri bo’lib, tezkorlik mashqlari qiyinlashib qolganda, unda oddiy va oson bo’lgan almashtirib, mushak xarakatidagi kuchlagishni yengillashtiradi va xarakat tezkorligini oshiradi. SHu maqsadda quydagi mashqlarni bajarish taklif qilinadi; toqqa chiqish, qumda yugurish, yuk bilan yugurish.
Tezkorlik mashqlarini yengillashtirilgan sharoitda bajarish xarakat tezligini oshiradi. Bunday xolatlarga quydagi xarakatlar misol bo’la oladi; velosipedni pastlikka qarab xaydash, g’ildirakli konkida uchish, shamol bo’ylab yugurish, oqim bo’ylab suzish va h. k. Mashq bajarish yengillashtiruvchi maxsus qurilma yuguruvchiga, eshgak eshivchiga tezlikni 5-20 % oshirishga yordam beradi. SHuningdek xarakat tezligini oshirishga yetakchi sheriklarning chaqiruvchi, ovozi yordamida xam erishish mumkin.
Amaliyotda tezkorlik qobilyati ko’p bo’lgani bilan sport natijalari o’sishi xolati kamayib ketgan sport turlarini xam uchratish mumkin. Mashg’ulotlar bilan ko’p shug’ullansa ham sprinterning mashqlari natijasi yaxshilanmasdan, tezkorlik to’sig’i paydo bo’lgan. Buning birdan bir sababi mashg’ulotlarda faqat bir xil vositalardan, vazifalardan va mashg’ulot sharoitlaridan foydalanishdir. Natijada dinamik xarakatning stereotipi paydo bo’ladi, ya’ni bosh miyaning yarim sharidagi asab jarayonining chidamli bo’lishiga sabab bo’ladi. SHuning uchun tezkorlik qobilyatlarini rivojlantirishning muxum vazifalaridan biri tezkorlik to’sig’ini paydo bo’lishining oldini olish, agar u paydo bo’lgan bo’lsa xam uni yengib o’tishdir. “tezkorlik to’sig’ini” yengishda yangi o’rganuvchi sportchilarga tor doiradagi mashqlarni berish kerak emas, balki keng variantli boshqa vositalarni qo’llab, yuqori natijalarni qo’lga kiritish lozim. Malakali sportchilar bilan o’tkazilgan mashg’ulotlarda mashq vazifalarining xajmi kamaytirilib, tezkorlik – kuch, umumiy tayyorgarlik, maxsus tayyorgarlik tomonlari kuchaytirildi.
Tezkorlik to’sig’ini yengishda yengillashtirilgan sharoit yaratiladi, shundagina sportchi yuqori tezlikni oshirishga o’zini tayyorlaydi va natijalarga odatdagi sharoitlarda xam erishadi. Tezlik mashqlarini bajarishda sportchining irodasi va ruxiy tayyorgarligi o’zini xayolan g’alabaga yo’naltirilishi muxim rol o’ynaydi. hayolan g’alabaga yo’naltirishdagi tezlikni olish ikki xolatda bo’ladi. Mashqlarni xech qanday zo’riqishsiz erkin bajarish. Albatta bu soddaroq bajarishga o’zini majbur qilib, iroda qudratini ko’rsatadi. Xarakatni “etakchisini” tezroq bajarish uchun butun diqqatni to’plash kerak. Modomiki xamma xarakat butunligicha xarakatlanuvchi aktlarga bog’langan ekan, ulardan birini yordami tufayli qolgani xam tezlab ketadi. SHuning uchun shunday xarakat topish kerakki, xam butun mashqlar chaqqonligiga bog’liq bo’lsin. Masalan sprintercha yugurushda sportchi xarakatni xam qo’li bilan xam oyog’i bilan tezlashtiradi.
Aniq maqsadga erishish uchun kattalikka yoki ko’zda tutilgan narsaga qaratishi. Masalan qisqa masofaga belgilangan vaqt ichida borishga xarakat qilish, lenta ustidan sakrab o’tish, shaxsiy rekordini o’rnatish snariyadni nishonga urish. Diqqatni jismga qaratish tezkorlik yoki sakrash elementi bor xarakatlarda muhim axamiyatga ega. Buning uchun birinchi navbatda aniq maqsadlar uchun turli sakrashlardan foydalaniladi: qo’l, bosh, oyoq bilan to’pga, bayroqchaga. Masalan basketbolchilar qo’lini basketbol xalqasiga yuqoriga sakrab tekkizishadi.
Tezkorlik (mashqlarni tajribagacha va tajribadan keyingi ko’rsatkichlari). Voleybolchi tezkorligi bu uning mumkin qadar qisqa vaqt ichida ayrim xarakatlar va usullarni bajarish qobilyatidir.
Tezkorlik sifatini yaxshi rivojlantirmasdan voleybolda yuqori natijalarga erishib bo’lmaydi. o’z raqibidan xatto sekundning yuzdan bir bo’lagiga tezroq xarakat qiladigan voleybolchi uning oldida muxum ustunlikka ega bo’ladi.
voleybolchi tezkorligi ko’p jixatdan uning asab tizimlari xarakatchanligiga, sharoitlarga, raqib xarakatlaridagi ko’rimsiz O’zgarishlarni sezishga bo’lgan sezgirlik unga qay darajada rivojlanganligiga bellashuvda xar safar yuzaga kelgan vaziyatni bir zumda qabul qilish va to’g’ri baxolay olish malakasiga, taktik xarakatlarni o’z vaqtida va aniq bajarishga bog’liq1.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin