KURS ISHI
MAVZU: “ Lazerning yaratilish tarixi va bosqishlari ”
MUNDARIJA KIRISH 3
I BOB . ADABIYOTLAR TAHLILI 1.1. Yorug‘lik haqida boshlang‘ich ma`lumotlar 5
1.2.Optik kvant generatorlari 9
II BOB. ASOSIY QISM 2.1. Lazerning paydo bo‘lish tarixi 11
2.2. Yarim o‘tkazgichli lazerlar 17
2.3. Lazerning qo‘llanilish sohalari 20
III.XULOSA 24
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 25
KIRISH 1905-yilda Albert Eynshteyn kvantni bo'linmaydigan bir butun kichik mikdoridagi yorug'lik energiyasi bo'lib, u moddalarda yutilish yoki moddalardan nurlanish tufayli ajralib chikishi mumkin dedi va fizikaga energiyani kvant (energiyani porsiyasi) tushunchasini kiritdi. 1909-yilda G.N.Lyuis tomonidan foton tushunchasi kiritildi. Fotonni xaqiqiy mavjud bo'lgan elektromagnit maydonni zarrachasi qaraldi. Nils Bor 1913-yilda fotonni nurlanishi mexanizmini analiz qilib quyidagi natijaga keldi. Atom anik va kator energetik satxlar bilan xarakterlanadi.
(1-rasm)
Xar bir energetik satxning to'la energiya qiymati, mavjud, energetik satxlar Ye1, Ye2,… Yen va xokazo bog'lanadi, xar bir energetik satx atomning stasionar xolatini ifodalaydi va o'sha energetik satxlarda atom nurlanmaydi. Atomning bir stasionar xolatdan ikkinchi bir stasionar xolatga faqat sakrab o'tgandagina nurlanish kvanti yoki foton sodir bo'ladi. Nurlanish chastotasi boshlang'ich va oxirgi energetik satxlarning farqi bilan belgilanadi.
1916 yilda Eynshteyn atom va molekulalarning energetik satxlari orasida kvant o'tishlarning ikki turi mavjud degan gipotezani ilgari surdi. Birinchi turi uyg'ongan atomning tashki ta'sirsiz pastki energetik satxga o'z-o'zidan o'tishi va bunda o'zidan yorug'lik kvanti chiqarishidir. Ikkinchi turi uyg'ongan kvanti tashqi yorug'lik intensivligi ta'sirida majburiy o'tishida yorug'lik kvantini chiqarishi indusirli majburiy o'tishdir. Agar atom uyg'onmagan pastki energetik satxga joylangan bo'lsa tashkaridan shu atomga tushayotgan yorug'lik kvanti majburiy yutiladi va atom
yuqorigi energetik satxga o'tadi. Bu xildagi o'tish xam majburiy o'tish nomi bilan yuritiladi. Shunday kilib Eynshteyn fanga majburiy (indusirli) kvant o'tish tushunchasini kiritdi.
Ingliz fizigi Dirak 1927 yilda nurlanishni kvant nazariyasini yaratdi. Dirak Eynshteynni gipotezasini xaqiqatdan xam mavjudligini nazariy ravishda isbotladi. Dirak majburiy nurlanishdan xosil bulgan fotonning, uygongan atomni majburiy nurlantiruvchi tashki foton bilan mutlako bir xil xarakteristikaga ega ekanligini, ya'ni fotonning yo'nalishi, energiyasi yoki nurlanish chastotasi va qutblanishi aynan bir xil ekanligini isbotladi.
1939-yilda V.A.Fabrikant gazlarda razryad xosil qilib va gazorazryad orqali yorug'lik o'tganda yorug'likni kuchayishini tajribada kuzatdi. Bu kuchayishi majburiy nurlanish orqali bo'lishini aniqladi.
Urush yillariga kelib o'ta yuksak chastotali radio to'lqinlari diapazonida ishlovchi generatorlar yaratildi va bu generatorlar yordamida molekulalarning radiodiapazonida joylashgan elektromagnit to'lqinlarning yutilishi spektrini o'rganish yo'lga ko'yildi. Olimlar birinchi marta Eynshteyn aytgan molekulalar tomonidan majburiy yutilish bilan bir qatorda uyg'ongan molekulalarning majburiy nurlanishni kuzatdi. Tajribada molekulalar dastasini xosil qilib bir jinsli bo'lmagan elektr maydonida molekulalarning kvant xolatiga ko'ra saralash imkoniyati yaratildi.