Jadal rivojlanib borayotgan zamonaviy dunyoda, axborot hajmining doimiy ravishda oshib borishi va mavjud cheklangan vaqt tufayli ta'limni kuchaytirish zarurati paydo bo‘lmoqda. Bu omil har xil turdagi va murakkablikda zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan foydalangan holda, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib nostandart o‘qitish texnologiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi. O‘quv jarayonini faollashtirish, talabalarning bilim olish va ta'lim jarayonida faolligini oshiradigan tizimlar, texnikalar, texnologiyalarni aniqlash - bu zamonaviy o‘qitish usullarini joriy etishning asosiy vazifalaridir.
Har bir talabaning bilim ehtiyojlarini shakllantirish, o‘quv jarayonini va ijodiy faoliyatlarini chuqur o‘rganish orqali amalga oshiriladi. Bu materialni o‘rganish jarayonida qobiliyatlarni qidiribgina qolmay, balki maxsus elektron o‘quv resurslarni yaratish yo‘li bilan amalga oshiriladi [3].
Bitiruv malakaviy ishining mavzusini tanlash turli fanlarni elektron o‘quv qo‘llanmalari orqali turli ta'lim sohalarini o‘rganish jarayonida talabalarning kasbiy tayyorgarligini tashkil etish muammosiga yordam beradi.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi interfaol usullar va masofadan o‘qitish texnologiyalarini joriy qilishni sinab ko‘rish uchun yangi imkoniyat yaratdi[13]. Buning natijasida talabaning o‘quv materialni o‘rganishlari uchun zarur vaqt va qulay joyni tanlashi va jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar uchun an'anaviy ta'lim olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilmoqda.
Ta’limda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ta'lim olish uchun sarflanadigan xarajatlari sezilarli darajada kamayadi. Masofadan turib o‘qitish ta'limni jarayonida mustaqil ishlashni tashkil etish uchun imkoniyatlarni yaratib beradi. Elektron resurslar ko‘pincha masofaviy ta'limda
qo‘llaniladi. Ushbu resurslarning asosiy afzalliklari quyidagilardir: mobillik,
internet texnologiyalaridan samarali foydalanish imkoniyati, ilg‘or ilmiy bilimlarni rivojlantirish darajasining etarliligi.
Elektron resurslarning paydo bo‘lishi bilan, axborotni yangilash va unga kirish imkoniyati osonroq bo‘ladi. Ko‘p sonli masalalar, topshiriq, test tizimlari va illyustratsiya yangi turdagi ma'lumotlarni yangi shaklda taqdim etishga yordam beradi. Bu omillar tufayli masofaviy ta'lim turli xil dunyo ta'lim shakllarida yuqori o‘rinlarga ega bo‘ldi. Butun dunyo bo‘ylab turli universitetlar, kollejlar, maktablar trening mashg‘ulotlari masofadan turib o‘tkazilmoqdalar.