Bosh barmoq bilan ko`rsatgich barmoq birlash. Teshi)
Teshikchadan par chiqar (Par chiqarda qo`llar harakatlanib yuqoriga
ko`taril).
O`yin inson faoliyatining ko`rinishlaridan biridir. Tadqiqotchilar o`yinning qadrini bola xulqini shakllantirishdagi kishining muomala chog‘idagi xatti – harakatini aniqlab olishdagi ahamiyatini ta‘kidladilar. O`yin bola hayotining uzviy qismidir. Bolalarning o`yin dunyosi boy va xilma – xildir. Nutq kamchiligiga ega bo`lgan bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarda o`yin usullari hamda elementlaridan foydalanish samarali natija beradi va shu sababdan keng qo`llaniladi. Shu sababli o`yin faoliyatidan keng foydalanish orqali bolaga har tomonlama ta‘sir etish mumkin. O`yin bolaning aqliy rivojlanish vositasidir. O`yin vaqtida xilma – xil aqliy jarayonlar faollashadi, o`yinning vazifa va shartlari esa diqqatni to`plash, analizatorlarni farqlash, taqqoslash, umumlashtirish jarayonlarining faollashuvini talab etadi. Bir xildagi harakat va so`zlarning ko`p takrorlanishi bola ongida narsa va hodisalar haqidagi mustahkam bog‘lanishlar hosil qiladi, muayyan fikr, xatti – harakatlarning tarkib topishiga yordam beradi.
―O`yin – sinchkovlik va qiziquvchanlik olovini o`t oldiruvchi uchqundir‖, degan edi
A. Suxomlinskiy.
O`yin bolalarning har tomonlama kamol topishida kata ahamiyatga ega bo`lib, o`yin vaqtida bolalarning sezgi, idrok, tafakkur, hayol, xotira, diqqat, iroda, xissiyot va boshqa ruhiy jarayonlari ishtirok etadi. O`yinlar bolalarning aqliy faoliyatini o`stirishga, ularning fikriy tashabbuskorligini oshirishga xizmat qiladi. Bolalarning xis tuyg‘ularini shakllantirishga, ayniqsa, ularning sezgi a‘zolari (ko`rish, sezish, tinglash va .b) faoliyatini faollashtirishga yordam beradi. Didaktik o`yinlar xilma – xil materialllar asosida tashkil qilinadi. Masalan: qo`g‘irchoqlar, o`yinchoqlar, rang – barang rasm va kartochkalar, turli geometrik shakllar, tabiiy materiallar shular jumlasidandir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarda didaktik o`yinlarning ag‘amiyati katta, bu o`yinlarni keng qo`llash bola tafakkuri, idroki, zehni, xotirasi, irodasi, bilim olishga bo`lgan qiziqishi va ehtiyojining rivojlanishiga ijobiy ta‘sir ko`rsatadi. Bolada atrof olamni bilishga bo`lgan qiziqish ortadi, ziyrakligi, ixtiyoriy diqqati, topqirligi tashabbuskorligi mustahkamlanadi. Bolalarda o`yin orqali, kattalarning xatti – harakati orqali voqe‘likka munosabat shakllanadi, dunyoqarash, aqliy, axloqiy va jismoniy tomondan tarbiyalanadilar. O`yinlar o`z mazmuniga ko`ra bir necha turlarga bo`linadi: Didaktik o`yinlar; dramalashtirilgan o`yinlar; syujetli – roli; harakatli o`yinlar.
Didaktik o`yinlarda bolalarning aqliy jixatdan o`stirish uchun kerakli bo`lgan muhim sifatlar hosil bo`ladi. O`yinlar bolalarning yoshiga va ruhiy rivojlanishiga qarab tanlanadi. Ta‘limiy o`yinlar orqali bolada mustaqillik, faollik, ijodkorlik masalaga ongli yondoshish malakasi o`stirib boriladi. O`yin ko`rgazmalilik, oddiydan murakkabga o`tish usullari orqali olib boriladi. Tarbiyachi va logopedlar ta‘limiy o`yinlarni o`tkazish davomida bola harakatini faollashtiradi, mustaqil harakat qilish qobiliyatini shakllantiradi, o`yindan to`g‘ri foydalanilsa bolaning tafakkuri, nutqi, xotirasi ya‘ni, aqliy tarbiyasiga asos solinadi. Ta‘limiy o`yinlar orqali bolalar eshitish, ko`rish, sezish a‘zolari orqali turli narsalar va ularni yasashda ishlatiladigin materiallarning xossalarini, ularni bir - biriga taqqoslashni, guruhlarga ajratishni o`rganadilar. Ta‘limiy o`yinlar guruhlarda quyidagi xilda o`tkaziladi.
O`yinchoqlar bilan o`ynaladigan o`yinlar-"Ayiqlarga nima kerak?", "Jajji oyoqchalarimiz", "Zumrad uchun ko`ylaklar" .
Stol ustiga qo`yib o`ynaladigan o`yinlar- "Nima qaerda yuradi?", "Men aytgan narsani ko`rsat", "Kimning qo`lida nima bor?".
Og‘zaki usuldagi ta‘limiy o`yinlar- "Qo`g‘irchoq Lolaxonni cho`miltiramiz", "Qo`g‘irchoq Lolaxon mehmonga keldi", "Ajoyib xaltacha", "Shaklini top", "Rangini top" kabi o`yinlar kiradi.
Eshitish va ko`rish a‘zolarini faollashtirish uchun "Xilini top", "Qaysi daraxtning mevasi?", "Nimaning pati", "Mevasini top", "Onasini top", "Mevalar va barglar", "Domino", "Yovvoyi va uy xayvonlari", "Ishlash uchun nima zarur", "Bu uychada kanday xayvon yashaydi","Bu kim yoki nima?" singari O`yinlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi. Bu o`yinlar orqali bolalarda meva va sabzavotlar, hayvonlar va parrandalar, yil fasllari, kiyim - kechak va boshkalar, kabi tasavvurlar boyitilib, kengaytirilib, ko`rish va eshitish, esda saqlab qolish xususiyatlari rivojlantirilib boriladi. Katta guruhlarda o`ynaladigan "Ayting biz topamiz", "Topgan topag‘on", "Oshqovoq pishdi", "Loy o`yini", "Bog‘bonlar" o`yinlari orqali bolalarda mehnatga muhabbat ruhi tarbiyalanib boradi.
Mazkur o`yin jarayonida nutq muhim ahamiyat kasb etadi: u orqali bolalar fikr, his tuyg‘u va kechinmalar bilan almashinishadi, o`zaro do`stona munosabatlar o`rnatishadi. Nutq bolalarga tevarak – atrofdagi hayot voqealari va faktlariga bir xil munosabatda bo`lishga yordam beradi. Nutqida nuqsoni bo`lgan bolalar Bilan olib boriladigan didaktik o`yinlar so`z va gaplarni tahlil qilishga, so`zlarda tovush va harflarning o`rnini aniqlash, jumlalarni to`g‘ri tuzishga o`rgatadi. Quyida bolalar bilan tarbiyaviy mashg‘ulotlarda, oila sharoitida, o`yin faoliyatida olib boriladigan didaktik o`yinlardan misollar keltiramiz:
―Jonli so`zlar ‖ o`yini.
O`yin guruh Bilan o`ynashga mo`ljallangan bo`lib, tarbiyachi dastlab doskaga uchta bolani chiqaradi va o`yin qoidasini tushuntiradi:
Hozir siz bilan ―Jonli so`zlar ‖ o`yinini o`ynaymiz. Bu bolalar so`z bo`ladilar. Demak, uch so`zdan iborat bo`lgan gap tuzamiz. Bolalar gap tuzadilar. Masalan, Lola -
―bog‘da‖, Jasur -― pishdi‖, Aziz - ―mevalar‖ degan so`zni ifodalaydilar. Keyin tarbiyachi bolalarni chapdan o`ngga qarata ketma - ket joylashtirib, gap ―yozishlarini ‖ taklif qiladi. Vazifa bajarib bo`lingach, jonli so`zlar o`z so`zlarini aytadilar, bolalar esa aytilgan gapni eshitadilar.
O`yin gap va ―Jonli so`zlar ‖ni almashtirish orqali davom etadi.
O`yinning 2 – turi
O`yinning ikkinchi turi ham birinchi turga o`xshab, bolalar Bilan bigalikda avval gap tuziladi, so`ngra bolalarga gapning so`zlarini bo`lib beriladi. ―Jonli so`zlar ‖ o`z so`zlarini bilib olganlaridan so`ng tarbiyachi
―jonli so`zlarga‖ murojaat qiladi:
- Hozir siz o`z joylaringizni aniqlab, ketma – ket turgan holda aytilgan gapni
―yozasiz‖, qolgan bolalar sizlarni kuzatib turadilar, - deydi.
Bolalar tezda ketma – ket turib aytilgan gapni yozishlari kerak, so`ngra har bir bola o`z so`zini ovoz Bilan aytib, gap hosil qiladilar.
O`yin shu tarzda bolalarni va gapni almashtirish orqali davom ettiriladi. O`yinda o`z qatorini adashtirmay to`g‘ri topib turgan holda so`zni aniq talaffuz qilgan bola g‘olib sanaladi va rag‘batlantiriladi.
―Sehrli qalamchalar‖ o`yini
O`yin uchun bir necha rangli qalamchalar va ular yordamida chizilgan turli narsa va buyumlar rasmi kerak bo`lib, ular doskaning o`rtasiga joylashtiriladi. O`yinni yakka holda yoki guruh bilan o`ynash mumkin.
Tarbiyachi bolalar diqqatini doskaga qo`yilgan jihozga qaratib :
Bolalar, siz ko`rayotgan mana bu qalamchalar oddiy qalamchalar emas, balki ular ―sehrli‖ qalamchalardir. Ular mana bu rasmni bir zumda chiza oladilar. Keling, hozir ular nimalarning rasmini chizganliklarini aniqlaymiz.
Tarbiyachi birin – ketin ko`rsatadi, bolalar esa ularni nomlaydilar. Tarbiyachi bolalar diqqatini maqsadda ko`zlagan bir tovushlarning (masalan s, b, rva h.k.) o`rnini so`z boshida, o`rtasida, oxirida) aniqlashga qaratadi. Tarbiyachi:
Bolalar, endi har bir qalamcha qaysi rasmni chizganini aniqlaymiz.
Hozir har biringiz o`zingizga yoqqan rangdagi qalamchani tanlab olasiz. Qalamchangiz qaysi rasmni chizganini ular qoldirgan izdan yurib aniqlaysiz va nomlaysiz. Agar siz rasmda nima aks ettirilganini to`g‘ri topsangiz uni aniq, ravon talaffuz qilsangiz rasmni o`zingizga olishingiz mumkin. Shu tartibda bolalar qalamchalar chizgan rasmlarni aniqlaydilar. O`yin doskadagi jihozni almashtirish orqali davom ettirilishi mumkin. O`yinda kim ko`p rasm to`play olsa, o`sha bola g‘olib sanaladi.
O`yinning 2 - turi
O`yinning 2 – turi ikki farqlanayotgan tovush ustida o`tkaziladi (b-p, s-sh, r-l, a-o, d-t va h.k). Masalan, q-g . Mazkur o`yinning 1-turi uchun zarur jihozlar qisman o`zgartiriladi. Jumladan, rasmlar ikki farqlanayotgan tovushga mos ravishda tayyorlanib, ularning yoniga kerakli harfni yozish uchun bo`sh katakcha qo`yiladi.
Tarbiyachi bolalarga o`yin shartini tushuntiradi:
- Bolalar, rasmdagi qalamchalardan birini o`zingizga tanlang. Qalamchalaringizning chizgan rasmini aniqlashda ular qoldirgan izlar bizga yordam beradi. Ana shu izlardan yurib qalamchalaringiz rasmini aniqlaysiz va uni nomlaysiz. Bizga kerakli bo`lgan ―g‖ yoki ―q‖ tovushini ajratib, aniqlab, uni bo`sh katakchaga yozasiz. Agar siz shu vazifani to`g‘ri bajarsangiz rasmni o`zingizga olasiz.
O`yin rasmlarni almashtirish orqali davom ettirilishi mumkin. O`yinning bu turida ham ko`p rasm yig‘ib, topshiriqni to`g‘ri bajargan bola g‘olib sanaladi.
―Hayvonot bog’i‖ o`yini
O`yin uchun ―Hayvonot bog‘i‖ deb atalgan maxsus jadval zarur bo`lib, jadvalda
―qafaslar‖ to`rt qatorga (1, 2, 3, 4) joylashtiriladi (cho`ntaklar yopishtiriladi).
Bundan tashqari, o`yin uchun hayvonlarning rasmlari aks ettirilgan varaqlar (birinchi qator uchun: ot, it, qo`y, kit; ikkinchi qator uchun: bo`ri, ayiq, yo`lbars, tulki; uchinchi qator uchun: olmaxon, jirafa, kenguru, qo`zichoq; to`rtinchi qatorga: tipratikan, kaltakesak va h.k ) ham zarur bo`ladi. O`yin jadvalni doskaga osish va
hayvonlarning rasmlari ifodalangan varaqlarni bolalarga tarqatish bilan boshlanadi. Tarbiyachi bolalarga hayvonat bog‘iga keltirilgan hayvonlarni nomlab, ularni bo`g‘inlarga ajratgan holda ma‘lum qatorlardagi qafaslarga joylashtirish kerakligini tushuntiradi. Masalan, ―ot‖ – bo`g‘indan, demak uni birinchi qatordagi qafasga, ―bo`ri‖- ikki bo`g‘inli, shuning uchun ikkinchi qatordagi qafasga joylashtiriladi va hakozo.
2.2 Nutq nuqsonlarini bartaraf etishda xalq og’zaki ijodidan foydalanish.
Hayot shunday hamma narsa zamon, davr bilan bog‘liq bo`ladi. Xalq og‘zaki ijodimi, yozuvchilar tomonidan yaratilgan badiiy asarlarmi bari bir zamonga, davrga xizmat qiladi. Xalq poetik asarlarni o`qib, o`z hayot yo`lini to`g‘ri, noto`g‘ri ekanligini bilib, suyanib, xulosa chiqarib yashaydi, yutuqlardan quvonadi, kamchiliklardan azob chekadi. Bu hol ko`proq yosh avlodda ko`rinadi. O`rta Osiyo xalqlarining eng qadimgi namunalari bazi tarixiy yodgorliklar, ilmiy asar va yodnomalardagina saqlanib qolgan. Eng qadimgi folpklyor asarlari miflar, jangnoma tipidagi afsonalar qaxramonlik va paxlavonlik eposlari, qo`shiq va maqolalardan tashkil topgan.
Kishi dunyoga mukammal inson bo`lib kelmaydi. U tug‘iliboq ertak yoki dostonlardagi qahramonlardek aqlli, dono, bilimdon bo`lib qolmaydi. Inson tevarak atrofdagi narsa va hodisalarga, odamlar orasida, tabiatning go`zal qo`ynida, hayvonot dunyosi, parranda-yu hashoratlar, turli-tuman voqea-hodisalar qurshovida, ular bilan muloqotda bo`ladi, o`sib ulg‘ayadi va kamol topadi. Yaxshilardan ibrat oladi, yomonlardan nafratlanadi. Shuning uchun inson yaxshilik, ezgulik sari intiladi. Bu intilishlarni bola ilk va kichik yoshligidan boshlab o`ziga o`zlashtirishga intiladi.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar ko`ngil ochishni, ermakni hohlaydilar. Chunki bu narsalar ular xayoti davomida tabiiy vosita bo`lib xizmat qiladi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar hamma narsani o`yin va so`zlar orqali o`zlashtiradilar. Tarbiyachi bolalar bilan muloqot qilganida ularga o`z ona tillarining har tomonini ya‘ni nozik taraflarini ham o`rgatib boradi. Chunki so`z orqali bola hayoti borasida muloqot qiladi, fikrlash doirasi kengayadi va tili ravon, aniq so`zlashga moslashib boradi. Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar so`z, ibora va gaplarni qiziqib o`rganadilar hamda osongina eslab qoladilar. Bu yoshdagi bolalarning xotirasi endi shakllanib borayotgan paytda bunday mashg‘ulotlar ularning xayotiga yo`l ochib beradi. Kichik yoshdagi bolalarga tarbiyachi so`zlarni o`rgatayotganida o`yinlar orqali murojaat qilish ayni muddao hisoblanadi. O`yin orqali bola o`zining lug‘at boyligini kengaytirib to`playdi. Lekin kichik yoshdagi hamma bolalar ham o`rganayotgan so`zlarning ma‘nosini to`g‘ri tushunmaydilar. Ularni tushuntirish ota-onalar bilan tarbiyachining vazifasiga kiradi.
Kichik yoshdagi bolalar uchun sodda va qiziqarli o`yinlar, tez aytishlar, ertaklar aytib berish yoki suratlarga qarab ertak o`ylab topish, she‘r va ashulalarni yod olish ham katta samara beradi. Tarbiyachi o`z mashg‘ulotlarini shunday o`tish kerak-ki, bolaning o`z tasavvur olamlarida bu narsalarni xayolan hosil qilishlari kerak. Kichik yoshdagi bolalar uchun chiqarilgan ertak kitoblar turli-tuman rangli va qiziqarli suratlarga boy bo`lishi darkor. Bunday kitoblarni ko`rgan har qanday bolaning adabiyotga qiziqishi ortadi hamda talab ham kuchayadi. Bolalar uchun yaratilgan kitoblarda atrofimizdagi bizni o`rab turgan yashil va jumboqli tabiatni asrab- avaylashga, hayovonot dunyosini bilishga va sevishga, murg‘ak qalblarini mehrga to`ldiradi, onglarini rivojlantiradi. Shular asosida bolaning lug‘at boyligi ortadi va nutqini o`stiradi.
Qiziqarli ertak va hikoyalar bolaga yaxshi ta‘sir qiladi va yaxshi-yomonni farqlashga o`rgatadi. Yod olingan kichik xajmdagi she‘r va qo`shiqlar bolaning nutqini ravon, aniq va sodda qilib ifoda etishni shakllantiradi. Tarbiyai bolalarda tabiatga mehr uyg‘otishda daraxtlar qushlar yoki boshqa narsalar haqidagi kichik xajmdagi she‘rlarni yod oldirishi va ularning mazmunini tushuntirishlari maqsadga muvofiqdir. Qushlarning insonlarga foyda keltirishi shu kichik she‘r orqali ifodalanganini aytish zarur. She‘rni yoki qo`shiqni aytishdan oldin ular haqidagi rangli rasmlarni ko`rsatib o`tish va suhbatlashish shart. Shundagina bolaning tasavvuri, hayolot olami kengayib boradi.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarning og‘zaki nutqini rivojlantirish yoki o`stirishda ertak, afsona, dostonlarning roli katta. Bunday asarlarda so`zlar aniq, sermazmun, to`g‘ri, jumlasi sodda va bola xotirasiga qabu qila olishiga mo`ljallangan qilib yoziladi. Tarbiyachi nutq o`stirish mashg‘ulotlarida shunday adabiyotlardan foydalanishlari darkor. Hozirgi chop etilayotgan deyarli barcha kitoblar bolaning qanday yoshda ekanligini hisobga olgan holda tuzilgan hamda ertakning mazmunini tushunishga yordam berish bilan birga nutq madaniyatining tarkib topishida ham o`z ta‘sirini ko`rsatadi.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarning nutqini o`stirish yuzasidan xalq tomonidan yaratilgan maqollar, topishmoqlar, tez aytishlarni tarbiyachi o`z mashg‘uloti orqali bolaga etkazadi. Tarbiyachining o`zi ham qanday mashg‘ulot o`tishidan qat‘iy nazar aniq, ravon, ifodali, sodda va bola tushunadigan ohangda so`zlashi darkor.
O`yinlar orqali bolaning xotirasida yaxshi ta‘ssurot qoldirish mumkin. Bunday mashg‘ulotlarni o`tishda tarbiyachining bilim va mahoratiga ham bog‘liq. O`yinni ham boshidan oxirigacha tarbiyachi so`zlarini to`g‘ri va ravon qilib so`zlaydi. Bola o`zining tilida emas balki kattalarga taqlid qilgan holda muloqot qilishga harakat qiladi. Og‘zaki nutqi rivojlangan bolakay o`z fikrini ham to`g‘ri ifodalay oladi. Nutqining boy, sermazmun bo`lishidagi asosiy shartlaridan biri aytilgan so`zning to`g‘ri talaffuz qilishidir. Agar bolakay so`zlardagi ba‘zi xarflarni ayta olmasa bunday bola bilan maxsus mutaxassis (logoped, defektolog) shug‘ullanishi zarur. Masalan sh, r, j, yo, ch, z, g‘, s, q harflarni to`g‘ri talaffuz eta olmaslik. Tarbiyai bunday hollarga befarq qaramasligi kerak. Aksincha tarbiyachi mashg‘ulot davomida og‘zaki nutqida kamchiligi uchraydigan bolalarning xatosini bartaraf etish va ota-onasi bilan birga yaqindan yondashib ishlashi zarur.
Tarbiyachi mashg‘ulotdan tashqari muomala qilganida ham o`z so`zlariga katta e‘tibor qaratgan holda gaplashishi kerak. Mashg‘ulotlardan tashqari sayr vaqtida, didaktik o`yinlar o`ynayotgan paytda bola bilan yakka tartibda ishlashga to`g‘ri keladi. So`zlarni bo`g‘inlarga bo`lib yoki tovushning baland-pastligiga, agar parranda yoki hayvonlarning nomlarini aytishga qiynalsa ularning ovozlariga taqlid qilish, takror- takror mashq bajartirishga e‘tibor qaratib ish olib boradi va yaxshi samara beradi.
Tarbiyachi ertak yoki hikoya o`qiyotganida asarning badiiyligini ham inobatga olish darkor. Chunki O`zbekiston xalqi ko`p millatli xalq hisoblanadi va turli xalq vakillarining bolalari maktabgacha ta‘lim muassasalarida (maktab, kollej, lisey va oliygohlarda) tarbiyalanadilar, bilim oladilar. Boshqa millat bolalarining ham davlat tili bo`lgan o`zbek tilini egallashlariga harakat qilishi, tilimizga muxabbat uyg‘otishi zarur.
Nutqni rivojlantirish uchun tarbiyachi tez aytishlarni turli xil ovoz balandliklarida, turli sur‘atlarda talaffuzqilishni talab etiladi, so`roq gaplarni so`roq ohangida, jarangdor so`zlarini (undov) jarangli ohangda aytishi kerak. Tarbiyachi mashg‘ulotida jarangli va jarangsiz so`zlarning farqini tushutirishi, qaysi, qaerda, qanday ishlatilishi haqida ham aytadi. Bolalar ham o`z ovozlarini o`zgartirib yoki o`xshatib talaffuz qiladilar. O`yin va mashg‘ulotda bolalar tovushlarini qanday chiqarayotganiga e‘tibor qaratishi zarur. O`yin (milliy o`yinlarga ahamiyat berish) jarayonida bolalarning shaxsi takomillashib kishilar bilan muomala, o`quv va mehnat jarayonida tayyorlanish kabi turli xil ruhiyholatlarni shakllantiradi. Maktabgacha ta‘lim muassasalarida tarbiyalanayotganlar orasidagi ko`pgina bolalar oddiy o`yinlar mayl bo`ladilar. Buning sababi: birinchidan, o`yin o`tkazish usul va metodlarining yaxshi ishlanmaganligi bo`lsa, ikkinchidan, o`yin bolalar xayoti bilan etarlicha bog‘lanmagan. Asosan o`yin jarayonining birinchi bosqichida o`yin bilan tanishtiriladi, ikkinchi bosqichida esa tanlab, saralab, ajaratib oluvchi o`yin bo`ladi. Tarbiyachi o`yinni bu xilda olib borishi bolalarning har tomonlama etuk rivojlanishiga yordam beradi. Har bir o`yin bola xayotiga yaqin bo`lsa, ularning xayotdan lavxalar ifodalashga qaratilgan bo`lsa, o`yinchoqlar esa ular xayotida uchrab turadigan narsa, byyumlarni ko`rsatsa va o`yinchoqlar bilan o`ynash natijasida bolala qiziqishi ortadai. Aks holda o`yindan kuzatilgan maqsadga erishish qiyin. Bunda tarbiyachi bolaga yangi predmetning nomi va mohiyatini tushuntirishi lozim. Shu o`yin yoki o`yinchoqni o`ynash usullari bilan bolani tanishtirish zarur hisoblanadi. Tarbiyachi o`yin mashg‘ulotlarini o`tkazishda dasturda (―Uchinchi ming yillikning bolasi‖ tayanch dasturi) berilganidek o`rgatib, mustahkamlab borishi shart. O`yinni rollarga bo`lib bajarish, bir-birlari bilan dialog asosida suhbatlashib, o`yinchoqlari bilan muloqotda bo`lib, o`zlariga yaqin bo`lgan odamlarning ismlarini aytib, buyumlarning qanday ishlatilishi haqida gapirib bajarishsa, og‘zaki nutqlari rivojlanib lug‘at boyliklarini ko`paytiradilar. Bolalar so`zlarini bir- biriga moslashtirib tuzadilar, o`z o`rnida qanday qo`llashni o`rganadilar. Bunda fikrlash his qilish idrok ham birga rivojlanib boradi.
Tarbiyai bolalarni surtalarga qarab so`z birikmalari va gap tuzishga o`rgatishi muhim ahamiyatga ega. Tarbiyachi bunga ham ma‘suldir hamda oldimizga qo`yilgan maqsadga shundagina erishishimiz mumkin. Tarbiyachi oldingi nutq o`stirish mashg‘ulotlari bo`yicha berilgan materiallarni yangi o`tiladigan mashg‘ulotlar boshida takrorlab olishi kerak. Bolalarda shundagina olgan bilimlarini mustahkamlab olib, ko`nikma hosil qiladilar.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar nutqini o`stirishda so`zlarni to`g‘ri talaffuz etish, yangi so`zlar bilan bolaning lug‘atini boyitib, kengaytirishga alohida e‘tibor beradilar. Bu bolalarni so`z birikmalari va gap tuzishda muhim ahamiyatga ega. Chunki bolalar u yoki bu narsa, voqea-hodisalar haqidagi o`z fikrlarini gap orqali bildiradilar. Tarbiyachi mashg‘ulot davomida bolalarda o`tilganlar yuzasidan hosil bo`lgan savllarga javob beradilar, fikr almashadilar, tushunmagan joylariga tushuntirish kiritib izoh beradilar. Shundagina bolaning nutqidagi kamchiliklarning oldi olinadi.
Bolalar har kuni o`z xayotlarida turli hodisa va voqea, narsalarga duch keladilar. Tarbiyachi yoki ota-ona bu haqida farzandlariga to`g‘ri tushuncha va maslahatlar berishi, ularning nomlarini, nima uchun kerakligi yoki nmaga ishlatilishi haqida albatta to`liq tushuncha berishi shart. Bu bolaning og‘zaki nutqidagi kamchiliklarni chiqarmaslikka, xatolarini tuzatishga imkon beradi, bolalar yangi bilim va tasavvurlarga ega bo`ladilar, hodisalar va buyumlarning nomlari, sifat va xususiyatlarni o`rganadilar.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalar lug‘atini boyitish, nutqining ravon, silliq va ta‘sirchanligini ta‘minlashda bolalar adabiyoti ustida ishlash juda yaxshi natija beradi. Tarbiyachi biror bir hikoya yoki ertakni o`qishda uning mazmunini, bolaning yoshiga mosligini, so`zlarning soddaligiga va bolaning ongiga qanday ta‘sir qilishini inobatga olmog‘i shart. Bunda o`qitilayotgan ertakdagi ayrim so`z va iboralar bilan ishlash, bir tmondan, ertakning mazmunini oson hamda to`liq o`zlashtirishga yordam bersa, ikkinchi tomondan bolalar lug‘atini boyitish, undagi hodisalarni anglash ko`nikmalarini tarbiyalaydi, so`z va gaplarni o`zida o`zlashtirishga imkon yaratadi.
Inson olamga kelishi bilanoq onaning allasi, qo`shig‘i, hatto, o`zini-o`zi ovutish uchun aytgan ertagini ham tushunadi. Bu fikrimiz ming bor sinab ko`rilgan. Yana qo`shimcha qilib ruhshunos olima Oygul Yo`ldoshevaning «Toshkent oqshomi» gazetasi sahifasida bir qator yosh onalarga bergan javoblari ham fikrimizga to`la-to`kis asos bo`ladi:
So`zlashishni o`rganamiz
«O`g‘lim olti oylik bo`ldi. Negadir buvisining u bilan qilgan muomalasi menga unchalik yoqmayapti. O`zim esa hali yosh bo`lganim uchun bola tarbiyalashda tajribam yo`q. Menga maslahat bersangiz, bolaning tili tezroq chiqishi va hech bir kamchiliklarsiz gapirishi uchun u bilan qanday muomalada bo`lishim kerak?
Ko`krak suti emadigan bolalar og‘zingizdan chiqayotgan tovushlarni, ularning talaffuzini juda yaxshi qabul qiladi va o`zlashtirib oladi. Unga bolalar qo`shiqlaridan kuylab bering, ertaklar aytib bering. Sokin va tantanavor, tinchlantiruvchi va yurak o`ynatadigan, past va baland ovozlarda ayting, albatta, ma‘nosidan kelib chiqib. Va, albatta, bola sizning gapirayotganingizdagi qosh, ko`z harakatlaringizni, so`zlarni talaffuz qilayotganda og‘zingiz qanday qimirlashini ko`rishi shart.
Siz uchun juda mas‘uliyatli topshiriq: bola bilan gaplashganda shunchaki emas, kattalar bilan qilinadigan madaniyatli muomalangizni qilishga odatlaning.
So`zlarni, harflarni o`z o`rnida qo`llashga, to`g‘ri talaffuz qilishga harakat qiling. Unutmang, bola o`z ona tilidagi so`zlarga qo`yilayotgan urg‘ularni, fonetik qoidalarni bir yoshgacha bo`lgan davrda o`rganadi va juda uzoq vaqt xotirasida saqlab qoladi. Agar bu davrda u bilan tilingizni burab (ya‘ni bolaga taqlid qilib) gaplashsangiz yoki bari-bir tushunmaydi, deb o`ylab, jimlik bilan parvarish qilsangiz, bolangiz maktabga bora boshlaganida muammolar tug‘ilishi mumkin. Gapirganda tutilish, tez-tez nafas olish, keraksiz tovushlar chiqarishlar, o`z fikrini ifodalab berishga xalal beradi va bu uning o`qishiga jiddiy ta‘sir ko`rsatishi mumkin.
Kuzatishlarga qaraganda, ko`krak suti emib katta bo`lgan bolalarning nutqi sun‘iy sut bilan parvarishlangan bolalarnikiga nisbatan ertaroq rivojlanadi. Bundan tashqari bolaning ongi, tili yaxshi rivojlanishi uning to`g‘ri ovqatlanishiga, ya‘ni har kuni nimalar eyishiga ham bog‘liq. Bu borada esa bolalar asab kasalliklari shifokori va logoped bilan maslahatlashish zarur.
Darvoqe, shifokorlarning «Bolangiz birinchi marta necha yoshida yoki necha oyligida gapirgan?» degan savoliga javob topish ham oson emas. Mabodo ularga kechroq murojaat qilib shunday savolga duch kelib qolsangiz, bolangizning biror so`zni o`zi tushungan holda talaffuz qilgan kunni belgilab qo`ying. Qandaydir bo`g‘inlar yoki so`zlarni bilib-bilmay talaffuz qilganida, bu hali uning tili chiqqani emas. Yoki boladan o`zingiz kabi to`liq gapirishni kutib, hali gapirishni bilmaydi, degan javobni bermang. Deylik, u sizdan «buv bey», ya‘ni «suv ber» deya so`radimi, mana shu kun bolangizning tili chiqqan kuni hisoblanadi.
Topishmoqlar aytish, eshitish hamisha maktabgacha ta‘lim yoshidagi kichkintoylarning ezgu niyatlari bilan hamohang bo`lgan. Xar bir topilishi kerak bo`lgan jumboq - bu davr bolalarini ham o`ylashga, fikr yuritishga, o`zlariga xos yo`sinda izlanishga, sezgir, jiddiy, topqir bo`lishga nisbatan mayllarini uyg‘otgan. Chunki ko`p predmetli topishmoqlar bog‘cha bolalari uchun yanada qiziqarli bo`lgan. Bu holni butun mamlakatimiz bo`ylab bolalariga, nabiralariga, qo`shni bolakaylarga alla-qo`shiq, ertak, maqol, topishmoq aytib berib yurgan ota-onalar, buvi-bobolar, mahalla ertakchilari huzurida bo`lganimizda aniq sezdik. Bu ish o`z-o`zidan yoki birdaniga ko`ngildagidek chiqmaydi. Tinimsiz izlanish, bolakaylarni qiziqtirish, ularni topqirlikda bir-birlariga o`rnak, ibrat qilib ko`rsatish tufayli erishiladi. Takrorlash, takrorlashlardan keyin bola jumboqlarni echishga, bu haqda o`ylashga havasi keladigan bo`ladi. Bu erda shu narsani ham ta‘kidlab o`tish lozimki, bolalarga aytib beriladigan topishmoqlarning mavzusi yoshlarning yoshiga, qiziqishlariga yaqin bo`lsa yana nur ustiga a‘lo nur bo`ladi.
Bolalarda uchraydigan nutq nuqsonlarini bartaraf etishda biz ertak, topishmoq, tez aytish, maqollardan unumli foydalansak maqsadga muvofiq bo`ladi. Shubhasiz, ular bolalarga xushkayfiyat va tetiklik bag‘ishlaydi. Logopedik mashg‘ulotlar va o`yinlarda tez aytish, topishmoq va she‘rlardan keng foydalanish natijasida, bolalarning nutqi o`sadi, shu bilan birga nutqning ravon bo`lishida, to`g‘ri ohangning shakllanishida katta ahamiyatga ega. Milliy adabiyotimiz namunalari bo`lishi sanama, chorlashma, qiqillama, aytishuv, cheklashmachoq, aytishma o`yin va yarashtirgich kabi xalq og‘zaki ijodi, nafaqat bolaning nutqini o`stirishda, balki ularni milliy ruhda tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni hurmat qilish va vatanparvarlik hissini uyg‘otishda asosiy omil bo`lib xizmat qiladi. Quyida biz, o`zbek tilimizning xususiyatlaridan kelib chiqib, (bolalarni
to`g‘ri talaffuzga o`rgatishda logopedik o`yinlardan foydalanish yo`llarini takomillashtirish borasida boy adabiy merosimizdan namunalar keltiramiz.
TEZ AYTIShLAR.
Tubsiz dengiz dengizmi? Dengiz tengsiz dedingizmi?
Novvoy non yopar, Nonni novvot deb sotar.
G‘ani g‘ildirakni g‘izillatib g‘ildiratdi, G‘ildirakni G‘ani g‘ildiratib g‘izillatdi.
Qo`sh qo`lqop
Qo`shog‘i ham bo`sh qulqop
Qurilishda burilish, Burilishda qurilish.
Olma shoxida olmaxon, Olmaxonni olma Olimaxon.
Otini nima qo`yibdi?
Tohir, Zuhra qo`yibdi.
ChEKLAShMAChOQLAR.
Ona, ona, kim ona?
Men ona (biz ona).
Sizga osmondagi oy kerakmi? Kishnab turgan toy kerakmi?
Kishnab turgan toy menman. O`t, bizdan ekansan!
Biz ikki gulu-lola, Kimga gul, kimga lola? Kimga olma, kimga nok? Kimga ot, kimga arava?
Kimga oftob, kimga yulduz? Daraxtmi, gul? Olchami, gilos?
TOPIShMOQLAR.
Bir parcha patir. Olamga tatir (Oy)
To`rtdir uning oyog‘i, Temir mixli tuyog‘i, Manzilga etishtirar, Toshdan qattiq tuyog‘i. (Ot)
Kelib og‘zin ochar, tishlab qochar. (Ombir)
G‘it-g‘it deydi, ishlaydi, Yerga kukun tashlaydi. (Arra)
Ish jarayonida xalq ohzaki ijodidan namunali foydalansak, biz bolalarda uchraydigan nuqsonlarni bartaraf etishimiz yanada qulay kechadi. Logopedik mashg‘ulotning farqlash (differensasiya) va mustahkamlash (avtomatizasiya) davrlarida bolalarga ular talaffuz va nutq kamchiliklari turlariga qarab tez aytishlardan, topishmoqlardan, kundalik bola hayotida tanish sanama va aytishmachoqlarni o`rgatib borsak, maqsadimizga erishamiz.
XULOSA
Bolada nutq kamchiliklarining kelib chiqishi sabablarini oilada har bir ota-ona, Maxsus ta‘limtarbiya muassasalarida tarbiyachilar, maktabda esa o`qituvchilar bilishlari zarur. Chunki nutq kishilarning til vositasi orqali aloqa jarayonining tarixan tarkib topgan formasidir. Shuningdek, nutq rang-barang ifodali tovushlarning majmuasidan iborat. Bu tovushlar oliy nerv sistemasining signallari vositasida nutq organlarining turlicha shakllanishi yoki harakati natijasida paydo bo`ladi. Shuning uchun nutq tovushlarini vujudga keltiruvchi manbalarini organlar fiziologiyasini, ularning faoliyatini o`rganish talaffuzdagi nuqsonlarning kelib chiqish sababini aniqlash, to`g‘ri va ravon talaffuzni ta‘minlovchi omillardan biridir. Nutq bolalarda asta-sekin shakllanadi, bola o`sib rivojlanib boradi. Aslida bola nutqning o`sib borishidagi hal qiluvchi bosqich bir yarim yoshdan besh yoshgacha bo`lgan davrga to`g‘ri keladi. Bu davrda bolaning nutqi muayyan sur‘atda, besh yoshdan keyin esa nutq intensiv ravishda xilma-xil o`sib boradi. Biroq ayrim bolalarning nutqiy rivojlanishida bir qator kamchiliklar uchraydi va ma‘lum bir sababga bog‘liq bo`ladiMamlakatimizda fan- texnika yuksak sur‘at bilan rivojlanib borayotgan bir paytda yosh avlod zimmasidagi mas‘uliyat ham ortmoqda. Ularga berilishi lozim bo`lgan bilimning hajmi yil sayin oshmoqda.
Tadqiqotlarga asoslanib biz nutq nuqsonlarini bartaraf etishda turli logopedik ta‘sir metodlardan foydalansak ko`zlagan maqsadga erishamiz. Logopedik ishda: amaliy, ko`rgazmali va og‘zaki metodlardan foydalanilsa yoki nutqiy nuqsonlar korreksiyasi yaxshi natija beradi. Logopedik ish jarayonda quyidagi metodlarni qo`llasak ishimiz sermahzulligi oshib boradi.
Mashqlar - bu berilgan amaliy va aqliy harakatlarning ma‘lum ketma-ketlikda bola tomonidan takrorlanishidir. Artikulyasion mashqlarni sistemali ravishda bajarib turish, tovushni nutqka qo`yish va to`g‘ri talaffuz etish uchun zamin tayyorlaydi. Mashqlar taqlidiy-bajariluvchi, konstruktiv va ijodiy turlarga bo`linadi.
O`yin metodi o`yin faoliyatini boshqa usullar: namoyish qilish, tushuntirish, savollar bilan birgalikda olib borishni nazarda tutiladi.
Maxsus ta‘limyoshdagi bolalar bilan turli xil o`yinlar olib boriladi: ashulali, didaktik, harakatli, ijodiy, saxnalashtirilgan va x.k. Modellashtirish - bu modellarni yaratish, kullash va obektlarin tuzilishi haqidagi tasavvurlarni shakllantirishga mo`ljallangan jarayondir.
Ko`rgazmali metodlar - bu bilim ko`nikma va malakalarni egallashda kurgazmali kurollar va texnik vositalar yordamida beriladigan ma‘lumotlardir.
Kurgazmali metodlarga kuzatish, rasmlarni ko`rish, maketlar, diafilm, kinofilmlarni ko`rish, plastinka, magnitafonlarni eshitish, hamda topshirik namunasini, harakat usulini kursatish kabilar kiradi.
Logopedik ishda og‘zaki metodlardan bolaning yosh xususiyatlari, nutqiy nuqson tuzilishi, korreksion ta‘sirning maqsadi, vazifasi, bosqichini xisobga olgan holda foydalaniladi.
Logopedik ta‘sir quyidagi shakllarda amalga oshirilganda: frontal, guruxli, individual mashg‘ulotlar va dars natija ko`ngildagidek bo`ladi..
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak nutq kamchiliklarini bartaraf etishda differensiallashga metodlardan foydalanishning axamiyati katta ekan. Biz bo`lg‘usi defektolog – logopedlar sifatida hamda barkamol avlod tarbiyachisi sifatida buni yaxshi bilmog‘imiz va tarbiyaviy ish jarayonini va o`qitishni shu asosda tashkil etishni o`rganmog‘miz lozim.
Bundan tashqari ota –onalar bilan ishlash, mustaxkam aloqa o`rnatish, logoped tomonidan berilgan topshiriqlarni uyda takrorlanishiga e‘tibor qaratish ishlari ham to`g‘ri tashkillashtirilishi kerak. Logoped ish faoliyatida didaktik o`yinlar, harakatli o`yinlar, so`z o`yinlaridan unumli foydalanish, xalq og‘zaki ijodi namunalarini ish faoliyatimizda unumli qo`llash ham bolalarda uchraydigan nutq kamchiliklarini bartaraf etishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |