I-bob. Bolalarda uchraydigan nutq xatolari va ularni bartaraf etish omillari 5


Maktab yoshidagi bolalarda nutq kamchiliklarini aniqlash va bartaraf etish usullari



Yüklə 315 Kb.
səhifə13/17
tarix27.09.2023
ölçüsü315 Kb.
#149315
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Nutqiy xatolar

1.3 Maktab yoshidagi bolalarda nutq kamchiliklarini aniqlash va bartaraf etish usullari


Mamlakatimizda kadrlarni tayyorlash milliy dasturi, Maxsus ta‘limtarbiya muassasalari xodimlari oldiga muhim vazifani-bolalarni maktabda o`qishga psixologik jihatdan tayyorlash, ya‘ni boshlang‘ich sinflarda muvaffaqiyatli o`qish, boshlang‘ich maktabning dasturni to`la o`zlashtirib olish uchun zarur bo`lgan ruhiy sifatlar, bilim, ko`nikma va malakalari tarkib toptirish vazifasini qo`yadi. Bolaning aqliy rivojlanishida og‘zaki nutqning vujudga kelishi katta ahamiyatga ega. Tarbiyachi bolaning so`z boyligini aniqlaydi, boyitib boradi va faollashtiradi, bolalarni tovushlarni to`g‘ri talaffuz etishga o`rgatadi, og‘zaki nutqning turli shakllarigi – monolog (aytib berish, qayta hikoya qilib berish) va dialogga (so`zlashuv yoki savol – javob nutqiga), so`zlarni grammatik jihatdan to`g‘ri o`zlashtirish va to`g‘ri tuzishga o`rgatadi. Bolalar bog‘chasida ham, maktabda ham olib boriladigan tillar ta‘lim standartlari, dasturida ko`rsatilgan bilim va
malakalarni hosil qilish, shaxsning ba‘zi bir xususiyatlarini, hulq-atvorini tarbiyalashga qaratilgan.
Maxsus ta‘lim muassasasi ta‘lim tizimining eng muhim sohasi bo`lib barkamol avlod asosan ana shu bo`g‘inda shakllanadi. Shunga ko`ra Maxsus ta‘limta‘lim yoshidagi bolalarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashda bog‘lanishli nutqni rivojlantirish ham ta‘limning eng muhim tarkibiy qismlaridan bo`lib hisoblanadi. Maxsus ta‘limta‘lim sohasida bolalarning nutqini rivojlantirish borasida muhim tadqiqotlar olib borilgani xolda bog‘lanishli nutqni rivojlantirish, ayniqsa, bu muammoning bolalarda eng samarali davr sanalgan Maxsus ta‘limtarbiya yoshidagi bolalarda tevarak-atrofni o`rganish jarayonida nutqini rivojlantirish muhim ahamiyatga egadir.
Maxsus ta‘lim muassasadida bolalarning tevarak-atrofni o`rganishda bog‘lanishli nutqini rivojlantirish eng zamonaviy texnologiyalarni qo`llash, fikr va jonli so`z, ona tilining hissiy estetik ma‘no qirralarini anglab olish, uning go`zalligi, sofligi, boyligini his etish orqali amalga oshiriladi.
Bizga ma‘lumki, juda ko`p mashqlar sayr paytida uyushtiriladi. Masalan, sayr paytida bir bola eshak minib gurux bolalari yonidan o`tib qoladi.
Boshqa bir bola tuzatadi: poezdga chiqiladi, samolyotda uchiladi. Bolalar sayr paytida baland binolar oldidan o`tishlari mumkin. Shunda quruvchilik kasbi, qurilishda ishlatiladigan g‘isht, ganch, qum, ohak va boshqa qurilish materiallari, quruvchilik kasbi -ganchkorlik, g‘isht teruvchi, suvoqchi; binolarning balandligi, go`zalligi va hokazolar hakida jumlalar tuzadilar,
Gulzorlar, borlarga sayohatlar davomida tarbiyachi samolyotlar, poezdpar, gullar, favvoralar hak,ida suhbatlar uyushtirishi mumkin. Suhbatlarda predmetlarning rangi, tusi, soni, katta-kichikligi, turi, o`xshash va farqli tomonlari haqida ham mashq qilib boriladi.
"Nima shirin?", "nima uchadi?", "tushirib qoldirilgan so`zlarni toping", "men boshlayman, siz davom ettiring" kabi mashqlar ham grammatik jihatdan jumlalarni to`g‘ri tuzishga yo`llaydi.
Nutqning tovush madaniyatini shakllantirish bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda muhimdir. Bolalar ko`pincha s-z, p-f, t-d, p-b. u-u, x-x„ k-r tovushlarini
to`g‘ri talaffuz qila olmaydilar. Nutq jarayonida ketappan - ketayapman, Hojaxon - Shoxjaxon, Yustam - Rustam, qaga - qarg‘a kabi talaffuz etishda yo`l qo`yadigan xatoliklarning oldini olish, ya‘ni to`g‘ri talaffuz etishga yo`llash, ovoz balandligiga, tovush sur‘atiga e‘tibor berish metodik jihatdan muhim ahamiyatga ega. Ba‘zi bolalar o`zidan kichiklarni jerkib, ovozini ko`tarib muomala qiladilar. Shunda ular talaffuziga e‘tibor qaratish, nutq madaniyatiga, me‘yorda so`zlab, muomala qilishga o`rgatish zarur. Chunki bolalikda tarkib topgan muomala madaniyati inson umrining oxirigacha muxrlanib qoladi.
Samimiy muomala me‘yori, hatto muomalada ko`z qarashlari, boshqalar oldida o`zini tuta bilish -muomala madaniyatining oddiy talablaridir.
So`zlashuv (dialogik) nutqni shakllantirish, bog‘lanishli nutqni tarkib toptirishda eng muhim talablardan sanaladi. So`zlashuv nutqi bolaning lugat boyligiga boglik, bo`ladi.
Bunda bola o`ziga murojaat kilganlarida suhbatdoshini eshita olish, tushunish, savollarga to`g‘ri javob bera olish bilan birga, so`zlashuv madaniyatini egallay borishi ham taqozo etiladi. Bolalar bilan suhbat jarayonida ko`proq yo`naltiruvchi savollar beriladi.
Masalan, tabiatga sayohat paytida:
Hozir yilning qaysi fasli?
Bahorda tabiatda qanday o`zgarishlar yuz beradi?
Bahorda qanday qushlar uchib keladi?
kabi savollarning berilishi bolalarning dialogik nutqining rivojlanishiga yordam beradi.
Bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda monologik nutq; (hikoya qilib berish) ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi. Monologik nutqda yuqorida sanab o`tilgan bog‘lanishli nutq talablarining barchasi jamlangan bo`ladi.
Bolalarning monologik nutqining shakllanishi ularni maktabga tayyorlashning asosiy shartlaridan biridir. Zero, bog‘lanishli nutq bolalar tafakkurini va unga bog‘liq bo‘lgan zehnni o‘tkirlash, zukkolik kabi hislatlarni ham tarkib toptiradi.
Bolalarda hikoya qilish ko`nikmasi uning lug‘at boyligi, jumla tuzish malakasi bilan ham ahamiyatlidir.
Maxsus ta‘limbolalarga muayyan mavzular bo`yicha ertaklar. rasmlar asosida hikoya tuzish topshirig‘i ham berilishi mumkin. Bundaytopshiriq ustida ishlash orqali ularda mustakillik, ijodiy faollik rivojlantiriladi. "Bizning oila", "Bahor fasli", "yoz - ugar soz", "qaldirg‘ochlar uchib keldi", "qo`g‘irchoq teatrida", "qish", "kor", "qorboboning sovg‘asi", "qushlar bizning do`stimiz", "Mening to`tilarim", "Hayvonot bogida", "Ertaklar mamlakatida", "Sirkda", "qo`g‘irchoqlarim -ovunchoqlarim", "Uch ayiq", "quyonlar", "qovoqpolvon" va boshqa mavzularda hikoya tuzishni tavsiya etish bolalarni nihoyatda qiziqtiradi.
Hikoya qilish bolalarning jumlalarni grammatik jihatdan to`g‘ri tuzish, tovushlarni, qo`shimchalarni to`g‘ri talaffuz etish, yoshiga mos darajada tasviriy vositalardan to`g‘ri foydalana olishiga yordam berib boriladi.
Kattalarning mehnat jarayonini kuzatish, tabiatga, ishlab chiqarish korxonalariga, dars, cho`l, dalalarga sayohatlar asosida hikoyalar tuzishni tavsiya etish ham bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda eng qulay usullar sanaladi.
"Maxsus ta‘lim dasturi"ga binoan muayyan mavzular bo`yicha mustaqil jumlalar tuzish, ona tiliga xos tovush, so`zlarni to`g‘ri talaffuz qilish, nutqning ta‘sirchanligiga erishish, rasmlar asosida hikoya tuzish, kichik xajmli badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berish, manzarali rasmlar asosida hikoyalar tuzish talab etiladi. Lekin, kuzatishlar bu talablarning to`liq bajarilmayotganini ko`rsatadi. Vaxolangki, bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda badiiy adabiyotning imkoniyatlari kattadir.
Maxsus ta‘limtarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari badiiy adabiyotning eng yorqin namunalari bilan har kuni tanishtirilib boriladi. Hikoyatlar, rivoyatlar, ertaklar, maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar va qo`shiqlar ular nutqining ifodaliligini ta‘minlab qo`ya qolmaydi, balki so`z zaxirasini ham boyitadi, adabiy til imkoniyatlaridan bahramand qiladi.
Maxsus ta‘limdasturi"da badiiy adabiyot namunalari bilan tanishish uchun tavsiya etilgan ro`yxatdan mashg‘ulotlar o`tkazishda keng foydalaniladi.
Dasturda qo`shimcha adabiyotlar ham tavsiya etilgan bo`lib, bular asosiy adabiyotlar vositasida o`tiladigan mavzularni to`ldirishga va mashg‘ulotlarni yanada boyitishga yordam beradi. Bolalarda bog‘lanishli nutqni rivojlantirish ularni savodxonlikka o`rgatish bilan davom ettiriladi. Bu jarayon eshitganini anglab olishga
ko`nikma hosil qilish, o`z fikrini ifodali, aniq, tushunarli, grammatik jihatdan to`g‘ri ifodalay olish bilan bog‘liq bo`ladi.
Demak yuqoridagilardan xulosa qilib aytganda, bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda ularni o`rab olgan tevarak-atrof, mehnat jarayoni, badiiy adabiyot asosiy manba bo`lib hisoblanadi.
Shuningdek, Ona-Vatan haqidagi tushunchalar, buyuk siymolar, an‘anaviy bayramlar, o`zbek xalkining urf-odatlari, marosimlari, mashhur sarkardalar haqidagi hikoyalar, rivoyatlar, xalq amaliy san‘ati namunalari, transport va aloqa vositalari, kundalik buyumlar ham bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi Bolalarning bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda eng muhim vazifalar sifatida ularning lug‘atini boyitish va faollashtirish, nutqining grammatik tuzilishini, tovush madaniyatini, dialogik va monologik nutqni shakllantirish, badiiy adabiyot namunalaridan foydalanish hamda savod o`rgatishga tayyorgarlik kabilarni kiritish mumkin. Bolalarning tevarak-atrofni o`rganishda bog‘lanishli nutqini rivojlantirishda umumiy masalalar bilan bir qatorda, ikkinchi darajali masalalarni ham ajratib olish va shu asosda uning asosiy yo`nalishlari hamda o`ziga xos xususiyatlarini ishlab chikish ilm-fan oldidagi dolzarb masalalardandir. Shuning uchun ham Maxsus ta‘limyoshdagi bolalarning tevarak-atrofni o`rganishda bog‘lanishli nutqini rivojlantirish mazmuni va tashkiliy-metodik xususiyatlarini belgilab olish eng muhim vazifalardan hisoblanadiDastur talablarini to`laqonli bajarish uchun tarbiyachi va o`qituvchilar o`z tarbiyalanuvchilarining barcha xususiyatlarini, ayniqsa, nutqiy rivojlanishini har tomonlama tekshirib, kamchiliklarini aniqlashlari, bularni bartaraf etish yoki bolani tegishli mutaxassislarga, ular esa tegishli muassasalarga yuborishlari talab etiladi. Logopedik tekshirishlar ta‘lim-tarbiya usullari va prinsiplari asosida olib boriladi va bunda bola har tomonlama tekshirib ko`riladi. Logopedik tekshirishlar ikki shaklda olib boriladi: induvidual va frontal tekshirishlar. Induvidual tekshirishlar o`quv yilining boshida tarbiyachi yoki o`qituvchining har bir bolani kamida ikki hafta davomida kuzatib borishidan iborat bo`ladi. Frontal tekshirish vaqtida bolalar bog‘cha gruppasi yoki sinfda she‘r, hikoya aytib beradilar, savollarga javob qaytaradilar yoki rasmga qarab hikoya tuzadilar. Bu vaqtda bolalar nutqining umumiy holati, artikulyasiyasi, nutq sur‘ati, tovushlar talaffuzi, ovoz kuchi, sifati kuzatib borilib, ular nutqidagi kamchiliklar
aniqlanadi. Shundan so`ng nutqida kamchiligi bo`lgan bolalar alohida ro`yxatga olinadi, gruppaning nutq kartasi tuziladi.
Nutqida kamchiligi bo`lgan har bir bola uchun induvidual nutq kartasi to`ldiriladi. Nutq kamchiligiga ega bolani xar tomonlama tekshirish, uning (tug‘uruqqacha, tug‘uruq vaqtidagi va tug‘uruqdan keyingi davri to`g‘risidagi, shaxsining rivojlanishi haqidagi zarur ma‘lumotlarni bilish zarur.
Maxsus tekshirishning asosiy bosqichida logoped bola haqidagi anamnez ma‘lumotlarini aniqlash maqsadida ota-onalar bilan suhbat o`tkazadi. Ota-onalar bilan suhbatda logoped oilada bo`lib utgan alohida ahamiyatga ega hodisalarni va shunga bog‘liq holda bolalarning umumiy nutq tarakkiyotining o`ziga xos tomonlarini aniqlaydi.
Ko‘p xollarda bolaning tug‘uruqqacha, tug‘uruq vaqti va tug‘uruqdan keyingi davrlardagi rivojlanishining o`ziga xos tomonlari aniqlandi. Bu quyidagi taxminiy tartib asosida olib boriladi:
tug‘uruqqacha bo`lgan davr.
Ona bilan suhbatda logoped ba‘zi nasliy omillarni belgilaydi: ota-onalarning bola tug‘ilgunga qadar salomatligining axvoli, ularda asab-ruhiy, teri-tanosil kasalliklari, nutqiy patalogiya bo`lganmi, ota-onadan biri alkogolizm, yuqumli va boshqa kasalliklarga uchraganmi?
Shuningdek, bolaning tug‘uruqqacha bo`lgan rivojlanishiga oid quyidagi asosiy jihatlar aniqlanadi?
onaning bola tug‘ilayotgan vaqtdagi yoshi;
onaning homiladorlikning birinchi va ikkinchi yarmida boshdan kechirgan kasalliklari (Qizilcha, gripp, toksoplazmoz, kandli diabet, jigar, buyrak kasalliklari, angina, anemiya);
homiladorlikning birinchi va nkkinchi yarmida shikastlanishlar, qorin yuzasida lat eyishlar, yurak-tomir kasalliklari, toksikozlar, bolaning tushish xavfi bo`lganmi?;
homiladorlik davrida dorilar bilan davolanganmi yoki yo`qmi?;
homioadorlik davrida rentgenologik tekshiruvdan o`tganmi yoki qandaydir radioaktiv nurlanish bo`lganmi va boshqalar.
Homilddorlik davridagi noqulay omillarni aniqlash logopedga bu omillarni bolaning keyingi nutqiy taraqqiyotiga bevosita ta‘sirini aniqlashda yordam beradi.
tug‘uruq davri.
Har bir logoped ona bilan suhbatda tug‘uruq o`tishining tavsifi va o`ziga xos xususiyatlarini aniqlaydi: tug‘uruqning boshlanishi vaqti - o`z vaqtida, homiladorlikning 8 - oyida, 7 - oyida suvning barvaqt ketishi bo`lganmi, tug‘uruqning uzoq davom etishi, qisqichlarning qo`llanishi, vakuum-ekstraktorning qo`llanishi, tug‘uruq faoliyatining muvofiq ta‘minlovchi dorilar qo`llash, homilani qo`l bilan yoki kessar operasiyani qo`llab ajratib olish.
Bu suhbatda bolaning tug‘ilgan paytidagi holati aniqlanishi zarur: darrov yig‘laganmi yoki yo`qmi, ko`k, oq asfiksiya, og‘irligi (1500 kg dan ko`p yoki kam), bo`yi, turli shikastlar, sinishlar, qon quyilishi, tug‘uruq shishi, boshqa jaroxatlanishlar bo`lganmi?;
v) tug‘uruqdan keyingi davr.
Bolaning tug‘ilgandan keyingi davrdagi somatik rivojlanishi haqidagi ma‘lumotlarni logoped ona bilan olib boriladigan suhbat jarayonida aniqlaydi:
bolani onaga tug‘ilgandan keyin necha soat o`tgach olib kelingan, bola ko`krakni qanday olgan va emgan (faol, faol emas, tezda charchab uxlashi);
bola uyg‘oq vaqtida o`zini qanday tutar edi: tinch yoki notinch, baqirok, yig‘loq va boshqalar;
hayotining birinchi yilida - 3 yoshgacha; pnevmoniya: ko`k yo`tal, dispepsiya, dizentriya kasalliklari bilan og‘riganmi?
Shuningdek, bolada qandaydir tug‘ma kasalliklar bor yoki yo`qligi aniqlanadi - yurak porogi, maymoqlik va bosh jaroxatlanishi bo`lganmi?
Bolaning ichki nutqni tekshirishda uning tashqi tomon bilan o`zaro bog‘liqligini e‘tiborga olish kerakligini ta‘kidlaydi. A.R.Luriya shu bilan tushuntiriladiki, nutqni eshitishning buzilishi nutq artikulyasiyalari va tashqi nutqning ikkilamchi buzilishiga olib keladi. Artikulyator jarayonlar va ichki nutqning buzilishi nutq tovushlarini idrok qilish va nutq mazmunini tushunish kabi jarayonlarga ta‘sir qiladi.
Bundan ilgari ichki nutqning murakkabligi haqida L.S.Vigotskiy ham yozgan edi. Uning fikricha, nutqni tushunish - tovush signali bo`yicha reaksiyani bajarishdan ko`ra ko`prok va boshqacharoq narsadir.

Bolaning fonematik eshitishni tekshirish.


Fonematik eshitish bolada bevosita nutqiy aloqa asosida shakllanadi.
Maxsus ta‘limyoshdagi bolalar bir-biridan bir tovush bilan farq qiladigan so`zlarni ajrata olmaydilar, shuning uchun bolalarga bir tovush bilan farq qiladigan so`zlarni beramiz:
gul - ko`l soch - qoch
ko`z - tuz oz - och
sim - shim baxor - naxor
va shu so`zlarga mos rasmlarni topish va ko`rsatish ko`nikmasi aniqlanadi.

So`zlarning tushunishni tekshirish


Tekshirish shundan boshlanadiki, bolaga narsalarning nomi aytiladi va ularni ko`rsatib berish so`raladi. Masalan, tana qismlari - ko`z, peshona, yuz, burun, soch, daxan, qo`l, oyoq va boshqalar.
Keyin bolaga uy jihozlarini: stol, stul, shkaf, qandil, ko`zgu; o`yinchoqlardan - qo`g‘irchoq, mashina, koptoklarni ko`rsatish taklif qilinadi.
So`zlarni tushunishni tekshirishning keyingi bosqichi rasmda tasvirlangan narsalarni tanish ko`nikmasini aniqlashdan iborat bo`ladi. Bunda bolaga turli mavzuli guruxlarga kiruvchi va bir-biridan shakli, rangi, hajmi va son jihatidan farq kiluvchi narsalar tasvirlangan rasmlar ko`rsatiladi. Bu rasmlarda uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar, o`yinchoqlar, sabzavotlar, mevalar, idish-tovoqlar, transport, shuningdek yil fasllari tasvirlangan bo`ladi.
Bu didaktik material bolalar bog‘chasining dastur talablariga muvofiq keladi va ularning yoshiga qarab ajratiladi.

Sodda gaplarni tushunishni tekshirish Bolaga vaziyatli rasmlar ko`rsatiladi va bir qator quyidagi ko`rinishli sodda gaplar aytiladi: «Qiz o`tiribdi», «Qizda qizil koptok bor», «Bola yuguryapti», «Bolada mashina bor», «Kuchuk yuguryapti» va hokazo.


Shundan so`ng bola aytilayotgan hodisa tasvirlangan rasmni ko`rsatishi lozim. Bundan tashqari quyidagilarni ko`rsatish so`raladi: olmaxonning momik dumi, Qiz qaerda sakrayapti, yuguryapti,yozyapti, sirpanchiq uchyapti va hokazolar.
Keyin bitta gapda kelgan 1,2,3 ta izchil xususiyatlarni bajarishni o`z ichiga oluvchi so`z shaklidagi buyruqlarni bajarish usulidan foydalaniladi. Masalan: «Tur, stol yoniga bor, o`yinchoqlarni ol va polga kuy. Koptokni ol, polga ur va menga ber».
So`ng bolalarning grammatik qurilishlarni tushunishlari aniqlanadi.

Yüklə 315 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin