I-bob. Bolalarda uchraydigan nutq xatolari va ularni bartaraf etish omillari 5



Yüklə 315 Kb.
səhifə11/17
tarix27.09.2023
ölçüsü315 Kb.
#149315
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Nutqiy xatolar

Rinolaliya - tovush tembri va talaffuzining Nutq apparatidagi anatomik-fiziologik
nuqsonlar bilan bog’liq holdagi buzilishdir. Ma‘nodoshlari: dimog` bilan gapirish
(eskirgan), palatolaliya.
Tovush tembrining patologik o`zgarishida namoyon bo`ladi. Bu xolat chiqarilayotgan nafas oqimining barcha nutq so`zlarini talaffuz qilish paytida burun bo`shlig‘iga utishi va unda aks-sado berishi oqibatidir. Rinolaliya paytida bundan tashkari barcha nutq tovushlarining (dislaliya xolatidagi kabi alohida tovushlarni emas), buzib talaffuz etilishi kuzatiladi. Bunday nuqsonda prosodik buzilishlar ham tez-tez uchrab turadi, rinolaliya paytidagi nutq kam tushunarsiz (noaniq), bir oxangli bo`ladi.
7. Dizartriya - nutq talaffuzi tomonining nutq apparati innervasiyasidagi etishmovchilik bilan bog’liq holdagi buzilishidir. Ma‘nodoshi: tili chuchuklik (eskirgan). Bunda fonasion turlanishdagi bayonning murakkab mexanizmlari barcha bo`g‘inlarning shakllanadagani kuzatiladi. Buning natijasida tovush nuqsonlari, prosodik va artikulyasion-fonetik nuqsonlari paydo bo`ladi. Tovushli nutqni ishlab chiqarishning imkoni bo`lmagan paytda paydo bo`ladigan anartriya dizartriyaning og‘ir darajasi hisoblanadi. Yengil dizartriya paytida, qachonki nuqson ko`prok artikulyar- fonetik buzilishlarda namoyon bo`lganida, uning uncha bilinmaydigan shakli haqida so`z yuritiladi. Bunday xolatlarni dislaliyadan ajratish lozimdir. Dizartriya markaziy xarakterdagi organik buzilishining oqibati hisoblanadi. Markaziy asab sistemasi buzilishini lokalizasiyalashda dizartriyaning turli shakllari ajratib ko`rsatiladi. Buzilishning og‘irligiga qarab esa dizartriyaning paydo bo`lish darajalari farq qilinadi.
Dizartriya ko`pincha bosh miyaning erta falajlanishi natijasida paydo bo`ladi, lekin u bola rivojlanishining xar qanday bosqichida, neyroinfeksiya va miyaning boshqa kasalliklari oqibatida paydo bo`lishi ham mumkin.
Bayon qilishning strukturali-semantik (ichki) turlanishidagi buzilishi ikki tur: alaliya va afaziya bilan ko`rsatiladi.

Yüklə 315 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin