I-bob. Bolalarda uchraydigan nutq xatolari va ularni bartaraf etish omillari 5



Yüklə 315 Kb.
səhifə10/17
tarix27.09.2023
ölçüsü315 Kb.
#149315
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Nutqiy xatolar

4. Duduqlanish - nutq apparati mushaklarining va ixtiyoriy pay tortishish natijasida sur’at-oxangning buzilishidir.Ma‘nodoshi: logonevroz;
Markaziy bog‘langan bo`ladi, funksional yoki organik ko`rinishga ega, ko`prok bola nutqining rivojlanishida paydo bo`ladi. 5. Dislaliya - tovush talaffuz qilishning normal eshitish va nutq apparatining saqlangan innervasiyasi paytida buzilishi. Ma‘nodoshlari: tili chuchuklik (eskirgan), tovush talaffuzidagi nuqsonlar, fonetik nuqsonlar, fonemalarni talaffuz qilishdagi notekisliklar.
Nutqning noto`g‘ri tovushli (fonemali) turlanishida: tovushlarni buzib talaffuz qilishda, tovushlarning almashinuvi yoki ularning yo`qligida namoyon bo`ladi. Nuqson shuning bilan bog‘liq, bo`lishi mumkinki, bunday paytda bolada artikulyar baza shakllanmaydi (artikulyar tomonning tovush talaffuz etish uchun zarur bo`lgan barcha jihatlari o`zlashtirilmaydi) yoki artikulyar tomon noto`g‘ri shakllanadi. Buning oqibatida nomuvofiq tovushlar hosil bo`ladi. Artikulyasion apparatning anatomik nuqsonlari bilan bog‘langan buzilishlar alohida guruxni tashkil etadi. Talaffuzning buzilishi psixolingvistik jihatdan yo fonemalarni ajratish va anglash operasiyalarining shakllanmaganligi oqibati (ya‘ni idrok etishdagi nuqsonlar), yoki saralash va ishlab chiqarish (shuningdek, unumlilik nuqsoni) vazifasining shakllanmaganligi, yoxud tovushlarni ishlab chiqarish shartlarining buzilganligi deb qaraladi.olimlarning kuzatishlaridan ayon bo‘lishicha, dislaliya maktabgacha yoshdagi bolalarning 20-30 foizida uchraydi. Avvalo , bu haqda pedagogning yetarli ma‘lumotga ega bo‘lishini nazarda tutib, dislaliyaning mexanik va funksional turlari haqida to‘xtalamiz.
Periferik nutq apparati 9 tik, jag‘, tish, tanglay0 dagi buzilishlardan so‘ng mexanik dislaliya paydo bo‘ladi. Til tagidagi yuganchaning kaltaligi uning harakatini qiyinlashtiradi..bu mexanik dislaliya kelib chiqishining birinchi sababidir. Jag‘ tuzilishidagi kamchiliklar, masalan, yuqori jag‘ oldinga chiqqan bo‘lib, pastki old tishlari yuqori tishlar bilan birlashmasligi, yoki pastki jag‘ oldinga chiqqan bo‘lishi va yuqori hamda pastki jag‘lar birlashganda ular orasida oraliq masofa qolishi singari holatlar mexanik dislaliyani keltirib chiqaradi.
Shuningdek, tish qatorlarining qing‘ir-qiyshiqligi va tanglayning noto‘g‘ri tuzilishi ham talaffuz qilishga halal beradi yoki past, yassi bo‘lganida ham bola tovushlarni aniq-tiniq talaffuz etolmasligi mumkin.
Funksional dislaliyaning keng tarqalishi sabablaridan yana biri oilada bola nutqi noto‘g‘ri shakllanganligidir. Ko‘pchilik xonadonlarda kattalar kichik farzandlari bilan
,,bola tili‖da so‘zlashadi. Erkalab-suyib, chuchuk tilde bola bilan gaplashish yoqimli, lekin bu odat kelajakda bolakay nutqiga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi ham ehtimoldan holi emas. Bir ota o‘g‘ilchasini ,,shoko o‘g‘lim, shiyingina yashshi o‘g‘lim‖ deya erkalaydi va bu odat tusiga kiradi. Qarabsizki, bola ulg‘ayganida ham otasiga taqlid qilib shokoladni,,shoko‖. ,,shirin‖ so‘zini ,,shiyin‖. Yaxshi demoqchi bo‘lsa nuqul ,,yashshi‖ deyaveradi.
Bundan tashqari, ayrim bolalar nutqidagi ksmchiliklarga, ularning tovushlarni buzib talaffuz qilishiga kattlar e‘tibor bermaydilar, o‘z vaqtida to‘g‘irlanmagan bunday xatolar bolada nutq nusoni rivojlanishiga olib keladi. Masalan, bola ,,tarvuz‖ so‘zini
,,tavuz‖, ,,qor‖ so‘zini ,,qo‖, ,,randa ― so‘zini ,,anda‖ deb talaffuz qiladi. Yo bo‘lmasa tovushlarni almashtirib qo‘llaydi, masalan, ..kitob‖ni ,,titob‖, ,,gul‖ ni ,,dul‖, ,,soat‖ni
,,toat‖ deydi.
Anatomik nuqsonlarda buzilishlar organik xususiyatga, ularning ishtirokisiz esa funksional xususiyatga ega bo`ladi. Buzilishlar odatda bola nutqining rivojlanishi jarayonida; periferik apparatning jaroxatlanish xollarida esa u xar qanday yoshda paydo bo`lishi mumkin. Ammo shundaylari ham uchraydiki, ularda tovushni bayon qilishning fonasion turlanishlari murakkab mexanizmidagi bir necha bo`g‘inlarining bir paytning o`zida xastalashuvi kuzatiladi. Bundaylarga rinolaliya va dizartriya kiradi. 6.

Yüklə 315 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin