Markaziybuzilishlar:markaziy nerv sistemasini u yoki bu qismlarining buzilishi, zararlanishi natijasida kelib chiqadi. Markaziy xarakterdagi organik nutq buzilishlariga: alaliya, afaziya, dizartriya nutq kamchiliklari kiradi.
Periferikbuzilishlar:artikulyasion apparatning noto`g‘ri to`zilishi yoki buzilishi va periferik nerv artikulyasion organlar inervasiyasining buzilishidan kelib chiqadi.
Periferik xarakterdagi organik nutq buzilishlariga: rinolaliya, prognatiya, progeniya kiradi.
Funksionalbuzilishlar—bunda nutq jarayonida ishtirok etadigan a‘zolar tuzilishida xech qanday o`zgarishlar bo`lmaydi. Funksional xarakterdagi nutq Turli nutq buzilishlarining rivojlanishini oldindan aniqlash katta ahamiyatga egadir. Agarda nutqiy nuqson bolaning maktabga kelgan vaqtida ilk bor aniqlansa, u holda uni tuzatish qiyinchiliklari kuzatilib, uzlashtirishga salbiy ta‘sir ko`rsatadi. Agarda bolaning nutq nuqsoni maktabgacha yoki yasli yoshida aniqlansa, tibbiy va pedagogik tuzatish maktabda to`laqonli ta‘lim olish imkonini beradi.
Hozirda logopediyada nutq buzilishlarining ikkita tasnifi o`rin olgan; bittasi- tibbiypedagogik, ikkinchisi psixolog-pedagogikyokipedagogik (R. Ye. Levina bo`yicha).
Buzilishlarning ruhiy-lingvistik mezonlar asosida nutqning qaysi turi buzilganiga qarab ikkita guruxga bo`lish mumkin: og’zaki yoki yozma. Og’zakinutqningbuzilishi, o`z navbatida ikkita turga bo`linishi mumkin:
1) bayon qilishning fonasion (tashqi) ta‘minlanishi, ular nutqning talaffuz tomonining buzilishi, deb ataladi va 2) bayon qilishning semantik-struktura (ichki) jihatdan ta‘minlanishi, ular logopediyada nutqning uzluksiz yoki ko`p tovushli buzilishi, deb ataladi.
1. Bayon qilishdagi fonasion ta‘minlashning zaiflashuvi buzilgan bo`g‘inga bog‘liq holda tabaqalanishi mumkin:
a) tovush shakllanishi, b) bayon qilishning sur‘at-oxang jihatdan tashkil etilishi,
v) intonasion melodik,
g) tovush chiqarishning namoyon bo`lishi.
Bu zaiflashuvlar turli jarayonlarda mavhum xolida kuzatilishi mumkin, logopediyada ularga bog‘liq bo`lgan buzilishning quyidagi turlari ajratiladi (ularni belgilash uchun an‘anaviy bo`lib qolgan atamalar mavjud):
1. Disfoniya(afoniya) – tovush apparatining patologik o`zgarishlari oqibatidafanasiyaningyo`qbo`lishiyokizaiflashuvi.Ma‘nodoshlari: tovushning buzilishi, fonasiyaning buzilishi, fonotor buzilishlar, vokal buzilishlar.Tovush yuqoriligi va yo`g‘on-ingichkaligi (disfoniya) goho fonasiya (afoniya) ning yo`q bo`lishida, goho quvvatning buzilishida namoyon bo`ladi.
U markaziy yoki sirtqi to`xtalish tovush chiqarish mexanizmining organik yoki funksional zaiflashuvi bilan bog‘liq bo`lishi va bola rivojlanishining xar qanday bosqichida yuzaga chiqishi mumkin. U alohida bo`ladi yoki nutq buzilishlarining qator boshqa turlari tarkibiga kiradi. 2.Bradilaliya - nutqningpatologiksekinlashgansur’ati. Ma‘nodoshi: bradifraziya.Artikulyar nutq dasturining sekinlashgan ishlab chiqarishda namoyon bo`ladi, markaziy bog‘langan va uz tabiatiga ko`ra organik yoki funksional bo`lishi mumkin. 3. Taxilaliya- Nutqning patologiktezlashgan sur’ati. Ma‘nodoshi: taxifraziya. Artikulyar nutq dasturining tezlashgan holda amalga
oshirilishida namoyon bo`ladi, uz tabiatiga ko`ra, markaziy bog‘langan, organik yoki funksional hisoblanadi. Sekinlashgan sur‘atdagi nutq cho`zik tortilgan, bir oxangda bo`ladi. Tezlashgan sur‘atda - shoshilinch, intiluvchan, shiddatli ekanligi ko`zga tashlanadi. Nutqning tezlashuvi agromatizmlar bilan birga sodir bo`lishi mumkin. Bunday xolatlar ayrim paytlarda battarizm, parafraziya atamalari bilan ataluvchi mustaqil buzilishlar sifatida ajratiladi. Patologik tezlashgan nutqning asoslanmagan bo`linishlar, tutilish, to`xtab qolishlar bilan uchraydigan xollarda u poltern atamasi bilan ataladi. Bradilaliya va taxilaliya-nutq sur‘atining buzilishi degan umumiy nomi ostida birlashadi nutq sur‘atining buzilishi-nutq jarayonining ravonligi, nutqning oxang va melodik-intonasion ifodaliligining buzilishi oqibati hisoblanadi.