I-bob. Bolalarda uchraydigan nutq xatolari va ularni bartaraf etish omillari 5



Yüklə 315 Kb.
səhifə12/17
tarix27.09.2023
ölçüsü315 Kb.
#149315
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Nutqiy xatolar

Alaliya - bosh miya qobig’idagi nutq zonalarining bolaning ona kornidagi yoki ilk rivojlanish davrida organik shikastlanishi natijasida nutqning yo`q bo`lishi yoki rivojlanmay qolishi. Ma‘nodoshlari: disfaziya, erta yoshda paydo bo`ladigan bolalar afaziyasi, rivojlanish afaziyasi, gunglik (eskirgan). Nutqning eng murakkab nuqsonlaridan biri, bunda nutqiy bayonning paydo bo`lishi va uni kabul qilishning barcha bosqichlaridagi tanlash va rejalashtirish operasiyalari buzilgan
bo`ladi. Uning natijasida bolaning nutqiy faoliyati rivojlanmay koladi. Nutq harakatlarini boshqarish buziladi, bu tovush chiqarish va so`zning bo`g‘in tarkibiga o`z ta‘sirini ko`rsatadi. Qanday nutq mexanizmlari shakllanmagani va ularning qaysi bosqichlari darajalari) ko`prok xastalanganiga bog‘liq ravishda alaliyaning bir necha turlari uchraydi.
Afaziya - bosh miyaning muayyan joyi shikastlanishi bilan bog’liq holda nutqning to`liq yoki qisman yuqolishi. Ma‘nodoshlari: nutqning buzilishi, yo`qolishi.Bola nutqining bosh miya jarohatlanishi, neyroinfeksiya yoki, miya shishi natijasida yo`qolishi nutqning shakllanib bo`lganidan so`ng yuz beradi. Agar bunday buzilish uch yoshdan so`ng sodir bo`lsa, unda bolalar afaziyasi deb nomlanadi. Agar buzilish kattaroq yoshda yuz bergan bo`lsa, unda afaziya haqida fikr yuritiladi.Yozma nutqning buzilishi. Uning qaysi turi buzilganiga qarab ikki guruxga ajratiladi. Maxsuldor tur buzilganida yozuvning zaiflashuvi, reseptli yozma faoliyat buzilganida - o`qishning zaiflashuvi kayd qilinadi. 1. Disleksiya - o`qish jarayonining qisman o`ziga xos buzilishi.Harflarni idrok etish va tanishdagi qiyinchiliklarda; harflarni bo`g‘inlarga qo`shish va bo`g‘inlardan so`z tuzish borasidagi tutilishlarda (bu so`z shakllarini noto`g‘ri talqin qilishga olib keladi); agrammatizmda va o`qiganlarini buzib tushunishda namoyon bo`ladi.
2. Disgrafiya - yozish jarayonining qisman o`ziga xos ravishda buzilishi.Harfning optik-fazoviy obrazining turg‘un emasligida, harflarning aralashib ketishi yoki tushib qolishida, so`zning so`z-bo`g‘in tarkibini bayon qilish va gap qurilishida. namoyon bo`ladi. O`qitish davomida yozish jarayoni shakllanmagan xollarida agrafiya haqida fikr yuritiladi. Bolalardagi yozish va o`qishning buzilishi bu jarayonlarni to`liq holda amalga oshirish uchun zarur bo`lgan bilim va kunikmalarni uzlashtirishdagi qiyinchiliklar orqali yuzaga keladi. Tadqiqotchilarning ma‘lumotlariga ko`ra, bu qiyinchiliklar og‘zaki nutqdagi nuqsonlar (optik shakllardan tashkari), tovush tahlili ishining shakllanmagani va ixtiyoriy diqqatning bekarorligi bilan bog‘liq bo`ladi. Bolalardagi yozish va o`qishning buzilishini yozish, o`qishdagi bilim va kunikmalarning yuqolishidan, shuningdek afaziya paytida yuzaga keladigan disleksiya (aleksiya) va disgrafiya (agrafiya) day ajrata bilmok lozim. Shunday kilib, logopediyada nutq buzilishlarining 11 ta shakli ajratiladi, ulardan 9 tasi orzaki nutq
natijasi va ishlab chiqarishning turli jarayonlaridagi buzilishlarni tashkil etadi. Qolgan 2 ta shakl esa yozma nutqning buzilish jarayoni bilan bog‘liq holda ajratiladigan buzilishlarni uz ichiga oladi. Og‘zaki nutqning buzilishlari orasida disfoniya (afoniya), taxilaliya, bradilaliya, duduqlanish, dislaliya, rinolaliya, dizartriya (anartriya), alaliya, afaziya ajratiladi; yozma nutqning buzilishlari orasida disleksiya (aleksiya) va disgrafiya (agrafiya) ajratiladi. Psixologik-pedagogik tasnif tibbiy tasniflarni pedagogik jarayonda qo`llanish nuqtai nazaridan tankidiy tahlil qilish natijasida vujudga keldi (bu uslub logopedik ta‘sir etish deyiladi). Bunday tahlil logopediyani nutqiy rivojlanishi buzilgan bolalarni o`qitish va tarbiyalashga jalb etish bilan bog‘liq holda juda muhim buldi. Tadqiqotchilarning e‘tibori bolalar jamoasi (o`quv guruhi, sinf) bilan ishlash uchun zarur bo`lgan logopedik ta‘sir etish metodlarini ishlab chiqishga yo`naltirilgan edi. Buning uchun bolalardagi nutqning nonormal rivojlanishining turli shakllaridagi nuqsonlarning umumiy ko`rinishi, ayniqsa, o`qish jarayonida tuzatish uchun dolzarb hisoblanganlarini topish zarur edi. Bunday yondashuv buzilishlarni guruhlashda boshqacha prinsipni talab kildi. Bu shunday prinsipki, tibbiy tasniflash (umumiydan xususiyga emas, balki xususiydan umumiy-ga bo`lgan) uning asosiga ko`riladi. Bu uni lingvistik va ruhiy mezonlar asosida ko`rishga imkoniyat yaratdi. Ular orasida Nutq sistemasining tuzilish komponenti (tovush tomoni, grammatik tuzilishi, lug‘at zonasi), nutqning funksional jihatlari, nutqiy faoliyat turlarining (og‘zaki va yozma) o`zaro aloqadorligi hisobga olinadi.
Keltirilgan tasnifda nutq buzilishlari ikki guruhga bo`linadi.
Birinchi gurux — muomala vositalarining (nutqning fonetik-fonematik va umumiy rivojlanmay qolishi) buzilishi. 1. Nutqning fonetik-fonematik rivojlanmay qolishi - bolalarda ona tilini talaffuz qilish sistemasi shakllanish jarayonlarining fonemalarini idrok etish va talaffuzdagi nuqsonlar oqibatida turlicha Nutq zaiflashuvlari bilan bog’liq ravishda buzilishidir.2. Nutqningto`liq rivojlanmay qolishi turli xil murakkab Nutqiy kamchilikdir, bunda nutq sistemasining tovush chiqarish va ma’noli tomonlariga taallukli barcha komponentlarining shakllanish jarayoni buzilgan bo`ladi. Umumiy alomatlari sifatida quyidagilar kayd qilinadi: nutq rivojlanishining kech boshlanishi, lug‘at boyligining kamligi, agrammatizm, talaffuzdagi nuqsonlar, (fonemalar tuzilishidagi nuqsonlar. Nutqning bunday
rivojlanmay qolishi turlicha darajalarda aks etishi mumkin: nutqning yuqolishi yoki uniig noaniq bog‘lanishsiz xolatidan mukammal xolatigacha, lekin bunda fonetik va leksik-grammatik rivojlanmay qolish elementlari bo`ladi. Bolada nutq vositalariniig shakllanganlik darajasiga qarab nutq rivojlanmay qolish uch darajag‘a bo`linadi. Ikkinchi gurux — muomala vositalarini qo`llanishdagi buzilish (unga duduqlanish ham kiradi), bu muomala vositalarining to`g‘ri shakllangan xolatidagi Nutqning kommunikativ funksiyalarini buzilishi deb qaraladi. Bir necha xil (kombinasiyalangan) nuqson ham bo`lishi mumkin, bunda duduqlanish Nutqning umumiy rivojlanmay qolishi bilan qo`shilib ketadi.
Yuqoridagi tasnifda yozish va o`qishning buzilishi alohida nutq buzilishi sifatida ajratilmaydi. Tasniflashda sistemali yondashuv prinsipiga izchil tayanish aks etadi, uning asosida ikkita o`zaro bog‘lanish hisobga olinadi: nutqiy faoliyat sistemasidagi buzilishlarning o`zaro bog‘lanishi va bolaning bir ko`rinishdagi ruhiy jarayoni hamda boshqa ruhiy tomonlaridagi buzilishlarning o`zaro aloqadorligi, ularning rivojlanishi nutq bilan uzviy bog‘langandir.

Yüklə 315 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin