I bob. Boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’qitishning nazariy asoslari



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə4/13
tarix25.12.2022
ölçüsü0,81 Mb.
#77817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
I bob Boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’qitishning

Tadqiqot ob'yekti: Umumta'lim maktab boshlang’ich sinf matematika darslari jarayoni.

Tadqiqot predmeti: Boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’qitish.

Tadqiqotning ilmiy farazi: Matematika darslarida geometrik materiallarni o’rganishda tadqiqot ishida tavsiya etilgan didaktik materiallidan foydalanilsa, o'quvchilar nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan bog’lab oladilar, tasavvuri kengayadi, mantiqiy fikrlashi rivojlanadi, o’qitish samaradorligi oshadi.

Tadqiqot maqsadi: Boshlang’ich sinflarda geometrik materialni o’qitishning didaktik ta’minotini ishlab chiqish.

Tadqiqotni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar hal etiladi:

- Boshlang’ich sinflarda geometriya elementlarini o’qitishning maqsadi, vazifalari, o’rnini aniqlash, geometrik materiallarning mazmunini yoritish;

- Geometriya elementlariga oid standart va dastur talablarini o’rganish;

- Geometriya elementlariga oid didaktik materiallarning turi va mazmunini aniqlash;

- Tajriba -sinov ishlarini o’tkazish va natijalarini tahlil qilish.

Tadqiqot metodlari: Ilmiy tadqiqot va ilmiy-pedagogik adabiyotlar hamda me’yoriy, o’quv-dasturiy hujjatlarni tahlil qilish, o’quv jarayonini kuzatish, so’rovnoma, testlar o’tkazish, eksperiment uslublari, pedagogik tajriba-sinov natijalariga matematik-statistik uslublaridan foydalanib ishlov berish va umumlashtirish.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Tadqiqotda ko’rsatilgan geometrik materialni o’rgatishda qo’llaniladigan metodik ko’rsatmalardan boshlang’ich sinf o’qituvchilari foydalansa bo’ladi.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi:


  • Boshlang’ich sinflarda geometrik materiallarni o’rgatishning didaktik ta’minoti mazmuni, turlari qo’llash metodikasi asoslandi va izchil bayon etildi;


  • Geometrik mazmundagi diktantlar, qiziqarli geometrik masalalar, geometrik material bo’yicha testlar, didaktik o’yinlar jamlandi, tuzildi va ishga kiritildi.


Magistrlik dissertatsiyasi kirish, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.





Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin