I bob. Dnk replikatsiyasining molekulyar mexanizmi


Eukariot gen ekspressiya regulyatsiyasi koʻp bosqichlarda amalga oshadi



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə14/20
tarix12.06.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#128876
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Azimjon

Eukariot gen ekspressiya regulyatsiyasi koʻp bosqichlarda amalga oshadi
Keyingi maqolalarda biz eukariotlardagi (biz kabi!) gen regulyatsiyasining turli shakllarini koʻrib chiqamiz. Yaʼni biz eukariot hujayralarda genlarning ekspressiyasini DNKdan iRNK sintez qilinishiga qadar oqsillar translyatsiyasi va oqsil protsessingigacha turli bosqichlarda qanday boshqarish mumkinligini bilib olamiz.
Eukariot hujayra genlarining ekspressiyasi koʻplab bosqichlarni oʻz ichiga oladi va ularning deyarli barchasini regulyatsiya qilish mumkin. Turli xil genlar regulyatsiyasi har xil nuqtalarda amalga oshiriladi va genni (ayniqsa, muhim yoki kuchli gen boʻlsa) bir necha bosqichda regulyatsiya qilish koʻp uchraydigan holat emas.

  • Xromatinning ochiqligi. Xromatin (DNK va unga tuzilish beruvchi oqsillar) strukturasi regulyatsiyasi oson. Ochiq va “yoyilgan” xromatin gen transkripsiyasini qulaylashtiradi.

  • Tanskripsiya. Transkripsiya koʻp genlar uchun asosiy regulyator nuqta hisoblanadi. Transkripsiya faktori oqsillar toʻplami DNK ketma-ketligiga yoki uning yaqinidagi genga bogʻlanadi va uning RNKga transkripsiyalanishini tezlashtiradi yoki toʻxtatib qoʻyadi.

  • RNK protsessing. RNK molekulasi splaysingi, qalpoq va poli-A dum biriktirish jarayonlari ham regulyatsiya qilinadi va shu yoʻl bilan uning yadrodan chiqishi taʼminlanadi. Alternativ splaysing jarayoni orqali bitta pre-iRNKdan turli xil iRNK hosil boʻlishi mumkin.


17 – rasm
Eukariot gen ekspressiyasi bosqichlari (har biri kuchli regulyatsiya qilinishi mumkin).

  1. Xromatin strukturasi. Xromatin kuchli ravishda qisqargan yoki yoyilgan va ochiq boʻlishi mumkin.

  2. Transkripsiya. Mavjud gen (ochiq xromatinga ega boʻlgan) pre-iRNK sintezi uchun transkripsiyalanadi.

  3. Protsessing va yadrodan chiqish. Boshlangʻich transkript protsessingga (splaysing, qalpoq va poli-A dum biriktirish jarayonlari) uchraydi va yadrodan chiqariladi.

  4. iRNK barqarorligi. Sitozolda iRNK uzoq muddat davomida barqaror turishi yoki parchalanib ketishi mumkin.

  5. Translyatsiya. iRNK polipeptid sintez qilish uchun ribosomalar tomonidan koʻp yoki kam/tez-tez translyatsiya qilinishi mumkin.

  6. Oqsil protsessingi. Polipeptidlar proteolitik parchalanish (aminokislotalarga ajralish) va fosfat guruhi birikishi singari turli xil protsessing jarayonlariga uchraydi.

Ushbu bosqichlarning barchasi hujayrada faol (funksional) oqsil hosil boʻlishi uchun berilgan gen ustidan (agar mavjud boʻlsa) bajarilishi kerak.
Reece 11start superscript, 1, end superscript and Purves”dagi diagrammaga asoslangan rasm. 22squared
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin