2.3. Translyatsiya regulyatsiyasi Biz miRNKlar translyatsiya jarayoniga toʻsqinlik qilishi haqida gapirib oʻtgan edik, lekin hujayrada yana bir qancha iRNK translyatsiyasini boshqarish usullari mavjud. Ulardan eng asosiysi – bu translyatsiya initsiatsiyasi.
Translyatsiya boshlanishi uchun ribosoma va RNK-oqsil kompleksi iRNK bilan bogʻlanishi kerak. Bu jarayonda ribosomalar toʻgʻri joylashganini nazorat qiluvchi “yordamchi" oqsillar qatnashadi. “Yordamchi” oqsillarning faolligi va imkoniyatlari oʻzgarishi orqali translyatsiya keng miqyosda (hujayradagi har bir iRNK uchun) regulyatsiya qilinishi mumkin.
Masalan, translyatsiya boshlanishi uchun eukariot initsiatsiya faktor-2 (eIF-2) deb nomlangan oqsil ribosomaning kichik subbirligiga bogʻlanishi kerak. eIF-2 ning bogʻlanishi fosforillanish, yaʼni oqsilga fosfat guruhi birikishi orqali boshqariladi.
eIF-2 fosforillangan boʻlsa, “oʻchirilgan” boʻladi – shakli oʻzgarib, translyatsiya jarayonidagi oʻz vazifasini bajara olmaydi, natijada translyatsiya boshlanmaydi. Agar eIF-2 fosforillanmagan boʻlsa, u “ishga tushadi” va initsiatsiya bosqichidagi vazifasini bajaradi va translyatsiya boshlanadi.
20 – rasm Rasm manbasi: “Eukariot translyatsion va post-translyatsion gen regulyatsiyasi”, OpenStax College, Biology, CC BY 4.0 Bu vaziyatda eIF-2 ning fosforillanishi translyatsiyani oʻchirib yoquvchi tugma vazifasini bajaradi. Translyatsiya inaktivatsiyasi hujayra yangi oqsil sintez “qila olmaydigan” paytlarda juda yaxshi usul hisoblanadi (masalan, hujayrada oziq moddalar yetishmagan vaqtlarda)55start superscript, 5, end superscript.
Sintezlanishi yakuniga yetgan oqsillar uchun ham regulyator mexanizmlar mavjud. Bu vaziyatlarda, oqsilni “tahrirlash”, yaʼni aminokislotalarni olib tashlash yoki kimyoviy modifikatsiyalarni qoʻshish oqsilning aktivligi va faoliyati oʻzgarishiga olib keladi. Ushbu protsessing va modifikatsiyalar regulyatsiya maqsadida amalga oshirilishi mumkin.
Masalan, ayrim oqsillar aktivlanishi uchun proteolitik yoʻl orqali kesiladi. Qandli diabet bilan ogʻrigan insonlar tomonidan ishlatiladigan insulin bunga bir misol. Boshqa oqsillarga metil, fosfat, atsetil va ubikvitin guruhlari birikishi mumkin. Koʻpincha bu guruhlar oqsil aktivligini nazorat qilish uchun dinamik tarzda biriktiriladi yoki olib tashlanadi.
Kimyoviy guruhlarning birikishi oqsillar aktivligi va qayta ishlov berilishdan oldin ular hujayrada faoliyat koʻrsatadigan vaqtni regulyatsiya qiladi. Ayrim hollarda kimyoviy modifikatsiya oqsilning qayerda joylashishini ham boshqaradi (misol uchun, yadroda, sitoplazmada yoki plazmatik membranaga birikkan holatda boʻlishini).