Hisoblab chiqarish Kalorimert doimiyligining topilgan qiymatiga va tajriba natijalariga qarab, suvsiz mis sulfat va uning kristallogidratining erish issiqligi hisoblab chiqariladi. Suvsiz tuzning erish issiqligi qiymatidan tuz kristallogidrati erish issiqligining qiymati ayirib tashlanib, suvsiz tuzdan kristallogidrat hosil bo‘lish issiqligi topiladi.
1-jadval
KNO3
CuSO4
CuSO4*5H2O
Bo‘sh probirkaning 1g
Tuz solingan probirkaning og‘irligi 2g
Tuzning og‘irligi g=2g-1g, g
Bo‘sh kolba(dyuar idish)ning og‘irligi G1, g
Distillangan suv solingan kolbaning
og‘irligi G2, g
Cuvning og‘irligi G=G2-G1
2-jadval
Har 0,5 minutda o‘lchangan tempratura
1
2
3
4
5
6
7
8
9
0
Kalorimetrdagi suvning tempraturasi
KNO3 eritmasining tempraturasi
Kalorimetrdagi suvning tempraturasi
CuSO4 eritmasining tempraturasi
Kalorimetrdagi suvning tempraturasi
CuSO4*5H2O eritmasining tempraturasi
Qilingan ish haqida hisobot. 1. Kаlorimetr sxemasini chizish.
2. Vaqt o‘tishiga qarab temperaturaning o‘zgarish grafigini chizish.
3. Kаlorimetr doimiyligini hisoblab chiqarish.
4. Suvsiz tuzdan kristalogidrat hosil bo‘lish issiqligini hisob-lab chiqarish.
4-laboratoriya ishi Mavzu: Neytrallanish reaksiyasining issiqlik effektini aniqlash Ishdan kuzatilgan maqsad: 1. Sirka kislotaning o‘yuvchi kaliy eritmasi bilan neytrallanish issiqligini topish va uning dissotsiyalanish issiqligini hisoblash.
2. Ishqorni titrlash uchun sarf bo‘lgan xlorid kislota miqdorini (normalligi) hisoblash.
Ish uchun kerakli jihozlar:Issiqlik effektini topish uchun asbob (kalorimetr), ishqor quyish uchun ampula. O‘yuvchi kaliy-ning 10%li eritmasi; xlorid kislotaning 10%li eritmasi; o‘yuvchi natriy; muz sirka kislota.
Neytrallanish issiqligi deb, 1 mol kuchli kislotani 1 mol kuchli asos bilan ta‘sirlanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlikka aytiladi. Neytrallanish jarayonini quyidagicha ionli tenglama orqali ifoda qilsa bo‘ladi:
Tenglamadan ko‘rinib turibdiki, har qanday kuchli kislotani kuchli asos bilan neytrallaganda bir xil miqdorda issiriq ajralib chiqar ekan. Masalan, natriy gidroksideritmasini xlorid kislota eritmasi bilan neytrallash issiqlik effekti shu gidroksid eritmasini sulfat kislotasi eritmasi bilan neytrallash issiqlik effektiga teng.
NaOH eritmasini НСl eritmasi bilan neytrallanish issiqlik effektiniy o‘lchash uchun 3 o‘lchash idishiga taxminan 400 ml 0,15 n NaOH eritmasi quyiladi, eritmaning aniq og‘irligini bo‘sh idish va eritmali idish og‘irliklarini o‘lchash orqali aiiqlanadi. Ishqorni 5 n lik HCl eritmasi bilan neytrallaniladi. (~10ml). Kislotani ampulaga solinib ampula va kislotali ampula og‘irliklarining farqi orqali kislotaning aniq og‘irligi topiladi. Ampulaga 7 shisha tayoqcha asta solinib, o‘lchov idishiga tushiriladi, qopqoqni yopiladi.
Neytrallanish issiqligidan tashqari, ishqor eritmasiga kislota eritmasini qo‘yilganda kislotani ishqor eritmasida suyultirilish issiqliklari chiqadi. Ishqor eritmasining hajmi kislota eritmasining hajmiga nisbatan ancha kattaligini nazarda tutsak, ishqorni kislotada suyultirilish issiqligini hisobga olmasak ham bo‘ladi. Chunki bu issiqlik juda kichik miqdorni tashkil etadi. Lekin kislota eritmasini ishqor eritmasida suyultirilish issiqligi ancha katta qiymatni tashkil etadi. Shu sababli, neytrallanish issiqligini o‘lchanayotganda, bu issiqlikni hisobga olishimiz kerak.
Solishtirma neytrallanish issiqligi quyidagi tenglama orqali topiladi:
bunda - aralashish issiqlik effekti;
- suyultirish issiqlik effekti;
- kislota eritmasi og‘irligi.
1 mol kislotaning neytrallanish issiqligi quyidagiga teng:
bunda М – kislotaning molekulyar og‘irligi;
а – kislotaning protsent konsentratsiyasi.
Yuqoridagi keltirilgan tenglamalarga asosan quyidagini keltirib chiqaramiz:
bunda V va с kislotaning hajmi va molyar konsentratsiyasi.