Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning mavjud texnikaviy asosi saqlanib dolgan holda iqtisodiy resurslar miqdorini ko‘paytirib borish orqadi erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish uchun mavjud korxonalar bilan bir qatorda o‘rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo‘yicha huddi o‘shancha korxonalar ko‘riladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o‘sishning intensiv turisharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish: yanada progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Intensiv yo‘l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o‘sishida, mahsulot sifatining yaxshilanishida o‘z ifodasini topadi. Bunda mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa oshirishga ishlab turgan korxonalarni rekonstruktsiya qilish va texnika bilan qayta qurollantirish mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish hisobiga erishish mumkin. Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda mavjud bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikka, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda ro‘y beradi. Shu sababli ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o‘sish turlari tahlil qilinadi.
Iqtisodiy o‘sishning ko‘rsatkichlari va omillari
Iqtisodiy o‘sish murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lganligi sababli uni baholash uchun qandaydir bitga ko‘rsatkich kifoya qilmaydi, balki muayyan ko‘rsatkichlar tizimi talab qilinadi. Bu ko‘rsatkichlar tizimida o‘lchamdagi va klimat ifodasidagi ko‘rsatkichlar farqlanadi. Iqtisodiy o‘sishning jismoniy o‘lchamdagi ko‘rsatkichlari ancha aniq natija beradi, (chunki ular inflyatsiya ta’siriga berilmaydi), lekin universal emas, ya’ni har xil o‘lchamdagi mahsulot va xizmatlarni ishlab umumiy ko‘rsatkichga keltirish qiyin. Klimat ko‘rsatkichlar keng qo‘llaniladi, ammo har doim ham uni inflyatsiyadan xuliq “tozalash” mumkin bo‘lavermaydi. Shu sababli ko‘pincha iqtisodiy o‘sish sur’atlari qiyosiy yoki doimiy narxlarda hisoblanadi.
Iqtisodiy o‘sish quyidagi qiymat ko‘rsatkichlarida hisoblanadi:
YaMM (YaIM), SMM yoki milliy daromadning mutloq hajmi va ularning o‘sish sur’atlari.
YaMM (YaIM), SMM yoki milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori va uning o‘sish sur’atlari.
Z.YaMM (YaIM), SMM yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga turli keladigan miqdori va uning o‘sish sur’atlari.
Iqtisodiy o‘sishni baholashda har uchala ko‘rsatkichdan ham foydalanish mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha.
Agar diqqat markazida mamlakat iqtisodiy salohiyati muammosi tursa, birinchi ko‘rsatkichdan foydalanish ko‘proq mos keladi. Alohida mamlakat va hududlardagi aholining turmush darajasini taqqoslashda, ko‘proq ikkinchi ko‘rsatkichdan foydalaniladi. Iqtisodiy samaradorlikni baholashda uchinchi ko‘rsatkichga ustuvorlik beriladi.
Odatda iqtisodiy o‘sish sur’ati % (foiz)da joriy yildagi real YaMM (SMM, MD) ni bazis davridagi hajmiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar bir qator kamchiliklarga ham ega.
Birinchidan, ular mahsulot sifatining o‘zgarishini to‘liq aks ettirmaydi va shu sababli farovonlikning xaqiqiy darajasini to‘liq xarakterlab berolmaydi:
Ikkinchidan, real Ya MM va uning aholi jon boshiga o‘sishi bo‘sh vaqtning sezilarli ko‘payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko‘rsatilishiga olib keladi.
Uchinchidan, iqtisodiy o‘sishni qiymat ko‘rsatkichlarda miqdoriy hisoblash boshqa tomonlama uning atrof-muhitga va insonning hayot sharoitiga
salbiy ta’sirini hisobga olmaydi.
Iqtisodiy o‘sishning alohida tomonlarini tavsiflovchi jismoniy ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat bo‘lib, ular ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, mehnat unumdorligi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda miqdori, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi va shu kabilar hisoblanadi.