I bob. Iqtisodiy o‘sish



Yüklə 142,93 Kb.
səhifə2/7
tarix16.06.2023
ölçüsü142,93 Kb.
#131437
1   2   3   4   5   6   7
1-мавзулар

1.2-rasm. 2019-2021 yillarda YaIM hajmi vatarkibi Manba:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. Shu bilan bir qatorda, 2021 yiilda iqtisodiy o‘sishning asosiy drayverlari sanoat va xizmatlar sohasi bo‘lib, mos ravishda 9,2 va 8,7 foizga o‘sgan. Bundan tashqari, 2021 yilda qishloq xo‘jaligi 4,0 foizga hamda qurilish sohasi 6,8 foizga o‘sgan. Shuningdek, YaIMning 7,4 foizlik o‘sishining 3,3 foiz bandi xizmatlar va 2,2 foiz bandi sanoat sohasi hisobiga to‘g‘ri keladi. 2020 yilda pandemiya sababli, mazkur sohalarning iqtisodiy o‘sishdagi ulushi eng ko‘pkamaygan sohalar bo‘lgan. Qishloq ho‘jaligi iqtisodiyot o‘sishining 1,0 foiz bandini ta’minlagan bo‘lsa, sof soliqlar va qurilishga o‘sishning mos ravishda 0,5 foiz band va 0,4 foiz bandi to‘g‘ri keladi. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda kelgusi besh yilda aholi jon boshiga YaIMni 1,6 baravarga (1750 AQSh dollaridan 2800 dollargacha) ko‘paytirish, 2030 yilga borib aholi jon boshiga daromadlarni 4000 AQSh dollaridan oshirish va O‘zbekistonni “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kiritish yetakchi maqsad sifatida belgilandi.







1.3-rasm. 2019-2021 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarining YaIMo‘sishidagi hissasi va dinamikasi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.

Bunga erishish uchun “O‘rta muddatli daromadlar strategiyasi”ni ishlab chiqish rejalashtirilgan bo‘lib, hujjat loyihasini joriy yilning 1 sentyabriga qadar taqdim etish ko‘zda tutilgan. Strategiyada makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va yillik inflyatsiya darajasini bosqichma-bosqich 5 foizgacha pasaytirish maqsad qilingan. Buning uchun joriy yilda xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda kelgusi 5 yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy prognoz, shuningdek, iqtisodiy o‘sish darajasining o‘rtacha 6,5 foizdan yuqori bo‘lishini va inflyatsiyani 2024 yildan 5 foiz target ko‘rsatkichi darajasida ushlab turishni nazarda tutuvchi 2023- 2025 yillarga mo‘ljallangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi ishlab chiqilmoqda. Bundan tashqari, yil davomida inflyatsiyaning monetar omillarini pasaytirish, jumladan, iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalari o‘sish sur’atlarini (16- 18%) YaIM nominal hajmi o‘sish sur’atlariga mutanosib darajada ushlab turish hamda 2-3 foizlik real ijobiy foiz stavkalari shakllanishini ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘riladi. Monopoliyaga qarshi siyosat,shuningdek, respublika hududlarida savdo infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ham inflyatsiyani jilovlashga qaratiladi va bu raqobatni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.


Oziq- ovqat mahsulotlari narxlarining o‘sishini cheklash maqsadida har yili ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha hududiy ma’muriyatlarning uni ta’minlash bo‘yicha vazifalari aniq belgilab berilgan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanadi. Shuningdek, tashqi qarzning o‘sish darajasini yiliga 4,5 mlrd. AQSh dollari miqdorida ushlab turish ham makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga ko‘mak beradi. Bunga o‘rta muddatli istiqbolda davlat qarzi YaIMga nisbatan 60 foizdan oshmasligini nazarda tutuvchi davlat qarzini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi kafolatlarini berish tartibini takomillashtirish orqali erishiladi va bu ish joriy yilda amalga oshiriladi.
Kelgusi besh yilda iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorni yanada rivojlantirishga qaratilgan islohotlar davom ettiriladi. Strategiyada xususiy sektorning YaIMdagi ulushini 80 foizga, eksportdagi ulushini esa 60 foizga etkazish maqsadi qo‘yilgan bo‘lib, bu jarayon monopoliyaga qarshi faol siyosat bilan birgalikda olib boriladi.
Shu maqsadda joriy yilda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini liberallashtirish davom ettiriladi. Xususan, mashinasozlik, kimyo, neft-gaz, energetika, kon-metallurgiya sanoati, transport sohalaridagi 23 ta yirik korxona joriy yil 21 martga qadar kapital bozorlariga mustaqil chiqish va xalqaro kredit reytinglarini olish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishi kerak. 2022- 2023 yillarda Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda “Farg‘onaazot” AJ va “Dehqonobod kaliy kombinati” AJ xususiylashtiriladi. Xususiy biznesni rivojlantirish uchun respublika bo‘ylab qo‘shimcha 200 ta sanoat zonasi tashkil etilib, bunda zarur infratuzilmani etkazib berish va ularning har birida kamida 15 tadan korxonani joylashtirish ko‘zda tutilgan, buning uchun 2022 yilda byudjetdan 1,5 trln. so‘m ajratiladi. Sharoiti “og‘ir” hududlarda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan biznes subyektlar uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi, Ko‘kdala, Dehqonobod, Kasbi, Mirishkor va Nishon tumanlarida, Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlarida, Toshkent viloyatining Bo‘ka, Piskent, Oqqo‘rg‘on, Bekobod tumanlarida soliq solishning yanada qulay sharoitlari joriy etiladi.
Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash tuzilmalari faoliyatini yaxshilash, ishsizlik va kambag‘allik darajasini pasaytirish sohasida tuman va shaharlarda tadbirkorlikka ko‘maklashadigan tuzilmalar negizida mahallalarda hokimlarning yordamchilari bilan yaqin hamkorlikda ish olib boruvchi Tadbirkorlik kengashlari tashkil etiladi. Avgustda Prezidentning tadbirkorlar bilan an’anaviy “Ochiq muloqot”ini o‘tkazish rejalashtirilgan. Strategiyada 2026 yilga borib eksklyuziv huquqlarni bekor qilish va davlat ishtirokidagi kompaniyalarni xususiylashtirish hisobiga 25 ta faoliyat turlari bo‘yicha monopoliyalarni tugatish ko‘zda tutilgan.
Joriy yilda iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish maqsadida davlat kompaniyalarini xususiylashtirish yo‘li bilan 14 ta iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha mutlaq huquqlarni bekor qilish va bu sohalardagi monopoliyani tugatish rejalashtirilgan (aholi va ijtimoiy obyektlarga suyultirilgan gaz etkazib berish, rangli metall parchalarini ishlab chiqarish va sertifikatlashtirish xizmatlari va boshq). Energetika sohasida elektr energiyasini etkazib berishga monopoliya bekor qilinadi va ijtimoiy himoya kafolatlarini belgilagan holda bozor mexanizmlari joriy etiladi. Shuningdek, neft-gaz sohasida transformatsiya jarayonlari jadallashadi. “O‘ztransgaz” AJ faqat gaz tashish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaga aylantiriladi. “O‘zbekneftgaz” AJ tashkiliy-huquqiy tuzilmasi jahonning yetakchi neft-gaz kompaniyalari standartlariga muvofiqlashtiriladi. “Hududgazta’minot” AJ faoliyatiga, jumladan, iste’molchilarni gaz bilan ta’minlash tizimiga xususiy operatorlar jalb etiladi. Temir yo‘l sohasida xususiy transport operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, asosiy faoliyat turiga taalluqli bo‘lmagan aktivlar optimallashtiriladi va transport xarajatlari kamaytiriladi. “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonunlar birlashtiriladi, davlatning tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish doirasi qonunchilik bilan aniq belgilab qo‘yiladi, tabiiy monopoliyalar holatini va bozordagi ustun mavqega egalikni aniqlash mezonlari kengaytiriladi, davlat ko‘magi shakllari va ularni taqdim etishga nisbatan talablar belgilanadi va raqobatni chegaralash uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Iqtisodiy munosabatlarga erkin bozor tamoyillarini keng joriy etish uchun xomashyo etkazib berish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxlarini shakllantirishda bozor mexanizmlariga to‘liq o‘tish, shuningdek, ayrim tovarlar uchun belgilangan ma’muriy narxlarni bosqichma- bosqich bekor qilish nazarda tutilgan.
Shuningdek, Strategiya doirasida mamlakatdagi investitsiyaviy muhit ham izchil takomillashtirilib, 2026 yilga qadar xorijiy va mahalliy sarmoyalarni jalb etish strategiyasi amalga oshiriladi. Kelgusi besh yilda 120 mlrd. dollar, shu jumladan, 70 mlrd. dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish ko‘zda tutilgan. Davlat-xususiy sheriklik asosida 14 mlrd. dollar miqdoridagi investitsiyalar jalb qilinadi. Joriy yilda Strategiyani amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturida 2026 yilgacha xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish strategiyasini ishlab chiqish, investitsiyalardan samarali foydalanish va “quyidan yuqoriga” tamoyili asosida eksport hajmlarini oshirish bo‘yicha yangi tizimni yaratish ko‘zda tutilgan.
Hududlarning xorijiy davlatlar bilan, xususan, Sirdaryo viloyatining Xitoy bilan, Surxondaryo viloyatining Rossiya bilan, Jizzax viloyatining Hindiston bilan tashqi iqtisodiy aloqalari yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, joriy yilda hududlarda Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish banki, Surxondaryo viloyatida “Investorlarga ko‘mak markazi”, Toshkent shahrida “Ilg‘or loyihalar va injiniring markazi”, Navoiy kon- metallurgiya kombinatida “Biznesga ko‘maklashish markazi” tashkil etiladi. Toshkent shahrida har yili “Toshkent xalqaro investitsiya forumi” o‘tkazib boriladi. Strategiyada raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” – iqtisodiy rivojlanish sohasiga aylantirish, uning hajmini kamida 2,5 baravarga oshirish rejalashtirilgan. 2026 yil yakuniga qadar ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 70 foizga, dasturiy ta’minot industriyasi hajmini 5 baravar, uning eksportini esa 10 baravar oshirib, 500 mln. AQSh dollariga etkazish maqsad qilingan. Bu yo‘nalishda joriy yilda raqamli infratuzilmani rivojlantirish hisobiga barcha turar-joy massivlari, ijtimoiy obyektlar va avtomobil yo‘llarini internetga keng polosali tezkor ulanish tarmoqlari bilan qamrab olish rejalashtirilgan. Iqtisodiyotning real sektori va moliya sohasida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish
bo‘yicha maqsadli dasturni tasdiqlash ko‘zda tutilgan. Maqsadli dastur loyihalarini amalga oshirish hisobiga raqamlashtirish darajasi 30 foizga oshiriladi. Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida IT-klaster tashkil etiladi. Shuningdek, “2023-2030 yillarda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi” ishlab chiqiladi va axborot texnologiyalari sohasida 700 nafar mutaxassis tayyorlanadi.
Eksportga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish orqali 2026 yilda eksport salohiyatini 30 mlrd. dollarga etkazishga alohida e’tibor qaratiladi. Eksportchi korxonalarga ko‘rsatilayotgan tashkiliy va moliyaviy yordam berish tizimi takomillashtiriladi, buning hisobiga eksportchi korxonalar soni 6500 tadan 15000 taga, tovarlar eksporti geografiyasi esa yana 35 ta mamlakatga kengayib, 150 mamlakatga etishi kutilmoqda.
Joriy yilda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Eksportni rivojlantirish dasturi doirasida eksport hajmini 14 mlrd. dollarga etkazish rejalashtirilgan bo‘lib, bunda eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi 32 foizdan 42 foizga ortadi, eksport tarkibida xomashyo resurslari ulushi xomashyoni qayta ishlash quvvatlarini oshirish hisobiga 34 foizdan 24 foizga kamaytiriladi, xizmatlar eksporti hajmi esa 3,3 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Sanoatning har bir sektori uchun eksportni ko‘paytirish bo‘yicha ish rejalari ishlab chiqiladi, “Oyko-teks”, “Sedeks”, “BiEsSiAy”, “GOTS”, “ISO 9001” va boshqa xalqaro talablarga mos standartlar joriy etiladi, “H&M”, “ZARA”, “LC Waikiki”, “PUMA”, “Reebok”, “Uniqlo” kabi dunyoga mashhur brendlar mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun hamkorlikka jalb qilinadi, taniqli poyabzal brendlari buyurtmalarini jalb etish hisobiga 130 mln. dollarlik oyoq kiyimlar eksporti ta’minlanadi. Shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlari eksporti geografiyasi va nomenklaturasini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘riladi. Eksportda xususiy sektor ulushini oshirish maqsadida joriy yildan eksportchi korxonalarga kompensatsiya va kafilliklar hamda qo‘l mehnati mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonlari orqali eksport qilish xarajatlarini qoplash joriy etiladi. Bundan tashqari, yaqin xorij mamlakatlariga eksport qilinayotgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar uchun eksportchi korxonalar transport xarajatlarining bir qismini qoplab berish tizimi ham qo‘llaniladi.
Strategiyada 2026 yilda qishloq xo‘jaligining yillik o‘sish sur’atlarini kamida 5 foizga etkazish va ushbu sektorda band bo‘lganlarning daromadini kamida 2 baravar oshirish ko‘zda tutilgan. Bunga tumanlarni aniq mahsulot turini etishtirishga ixtisoslashtirish, qishloq xo‘jaligida davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, sug‘urtalashning yangi mexanizmlarini joriy etish orqali erishish rejalashtirilgan. 2022 yilda qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish hisobiga mahsulot tannarxini 30-35 foizga pasaytirish, paxtadan har gektardan o‘rtacha 37 tsentner va g‘alladan 70 tsentner hosil olishga erishish ko‘zlanmoqda.
Meva-uzumchilikda “in-vitro” laboratoriyalari va 4 ta zamonaviy ko‘chatxonalar tashkil etish orqali har yili kamida 10 mln. dona virussiz ko‘chatlar etishtirish maqsad qilingan. Meva-sabzavotchilikda intensiv bog‘lar maydonini 1,5 baravar, issiqxonalar maydonini 1,2 baravar ko‘paytirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmini ikki baravar, eksport salohiyatini esa 1 mlrd. dollarga oshirish rejalashtirilgan. 129 ming gektar yangi va foydalanishdan chiqarilgan erlar o‘zlashtiriladi. Hududlarda 110 ta meva- sabzavotchilik kooperatsiyalari va 35 ta g‘allachilik klasterlari tashkil etiladi, 25 ming gektar maydonda intensiv bog‘lar va 50 ming gektarda yangi uzumzorlar barpo etiladi, chorvachilikda o‘sish sur’atini o‘rtacha 6,2 foizga oshirish choralari ko‘riladi. 2022 yilda 2,7 mln. tonna go‘sht, 12,2 mln. tonna sut, 8,2 mlrd. dona tuxum, 468,4 ming tonna parranda go‘shti, 700 ming tonna baliq ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Shuningdek, joriy yilda qishloq xo‘jaligida davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, elektr energiyasi va issiqxonalarda muqobil energiya texnologiyasini joriy etish uchun yillik xarajatlarning bir qismini subsidiyalash ko‘zda tutilgan. Qishloq xo‘jaligida sug‘urtalash tizimi takomillashtiriladi, “Qishloq xo‘jalik sohasidagi tavakkalchiliklarni sug‘urtalash to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinadi.
Qishloq xo‘jaligi xizmatlari tizimini takomillashtirish davom ettiriladi. Farg‘ona, Samarqand, Jizzax, Andijon, Navoiy, Xorazm viloyatlarida agroxizmat markazlari tashkil etiladi va qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning xizmatlar bilan qamrab olish darajasi 30 foizgacha oshiriladi. Agrologistika markazlari soni 73 taga, ularning mahsulot saqlash sig‘imi esa 1,1 mln. tonnaga etkaziladi.
Ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish sohasida Urug‘chilik va ko‘chat etishtirish bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqiladi, “Qishloq xo‘jaligida standartlashtirish markazi” DUK tarkibida Andijon viloyatida, shuningdek, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xalqaro darajada akkreditatsiyaga ega zamonaviy laboratoriyalar yaratiladi. Bundan tashqari, 2022/2023 o‘quv yilida kamida 200 talabani qabul qiladigan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tashkil etiladi.
Hududlarni rivojlantirish sohasida Strategiyada 14 ta hudud bo‘yicha tuman va shaharlar kesimida ishlab chiqilgan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning besh yillik hududiy dasturlarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Kelgusi besh yilda hududlarni mutanosib rivojlantirish orqali hududiy iqtisodiyot hajmining 1,4-1,6 baravarga oshishi kutilmoqda.
Joriy yildan hududlar bilan ishlashning yangi tartibi joriy etilmoqda. Yangi tartib har bir tuman va shaharning muammo va imkoniyatlarini o‘rganib, “o‘sish nuqtalari”ni belgilab olgan holda hududlarni rivojlantirish dasturlaring har yili ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Shuningdek, 2022 yilda statistik ko‘rsatkichlar va so‘rovnomalar natijalari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish reytingi ham joriy etiladi. Reyting ko‘rsatkichlari “qoniqarsiz” bo‘lgan shahar va tumanlar uchun ularni rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora- tadbirlar dasturlari ishlab chiqiladi.
Hududiy rivojlanishda joylarda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash uchun urbanizatsiya siyosatini takomillashtirish katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shaharlardagi aholining turmush tarzi qulayligini baholovchi “Shaharlar qulayligi” indeksi joriy etiladi.
Real YaIM hajmining o‘zgarishi umuman mamlakat iqtisodiyotining muayyan davr oralig‘idagi rivojlanishini ifodalasa, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real YaIM hajmining o‘zgarishi iqtisodiy rivojlanishga kishilar turmush darajasi orqali baho berishga xizmat qiladi.
Mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan YaIM ishlab chiqarish omillari — yer, kapital va mehnat resurslarining o‘zaro ta’sirida shakllanadi. Bular iqtisodiy o‘sishning miqdoriy omillariga kiradi (mas, foydalanilayotgan ekin maydonlarni kengaytirish YaIM o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi). Ushbu omillarni ishlab chiqarish jarayoniga kengroq jalb etish natijasida yuz beradigan iqtisodiy o‘sish ekstensiv o‘sish deb ataladi.
Jamiyatdagi ijtimoiy iqtisodiy va barcha boshqa muammolarni hal qilishning asosiy yo‘li - bu milliy iqtisodiyotning barqaror iqtisodiy rivojlanishidir. Aholi farovonligini oshirib borish ham pirovard natijada iqtisodiy rivojlanish darajasi va sur’atlariga bog‘liq.
Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko‘p omilli va shu bilan birga ziddiyatli jarayon hisoblanadi. Iqtisodiy rivojlanish hech qachon bir tekis, yuqorilab boruvchi chiziq bo‘yicha ro‘y bermaydi. Iqtisodiy rivojlanish o‘z ichiga yuksalish va inqiroz davrlarini iqtisodiyotdagi miqdor va sifat o‘zgarishlarini, ijobiy va salbiy natijalarini olib notekis boradi. Iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo‘lganligi sababli uning mezonlaridan biri bo‘lgan iqtisodiy o‘sish ko‘proq tahlil qilinadi. Iqtisodiy o‘sish iqtisodiy rivojlanishning tarkibiy qismi bo‘lib, o‘z ifodasini real YaMM (YaIM) hajmi va uning aholi jon boshiga ko‘payishida topadi. Iqtisodiy o‘sishga tarixiy jihatdan yondashilganda, u bir xil sur’at va me’yorlarda bormaydi. Tarixda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining jadallashish, jiddiy pasayish va hatto cheklanish davrlari ma’lum. Agar jahon xo‘jaligi va milliy iqtisodiyotda katta tarixiy bosqichlar olib qaraladigan bo‘lsa, barqaror iqtisodiy o‘sish, ishlab chiqarishning har tomonlama taraqqiyot manzarasi hosil bo‘ladi. Shu bilan birga iqtisodiy o‘sish nafaqat miqdor, balki muayyan sifat o‘zgarishlari shaklida ham namoyon bo‘ladi.
Iqtisodiy o‘sish bu yalpi milliy mahulot mutloq hajmning aholi jon boshi va iqtisodiy resurs birligi hisobiga nisbiy miqdorining ko‘payishi hamda sifat o‘lchamlarining borishidir. Ishlab chiqarish natijalarining o‘sish sur’ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining o‘zgarishi o‘rtasidagi nisbat iqtisodiy o‘sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi.

Yüklə 142,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin