I bob. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari 4


Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə3/9
tarix13.05.2022
ölçüsü0,71 Mb.
#57829
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ijtimoiy ishlab chiqarish natikalari

1.2.Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi.


Inson yashamog’i uchun ovqatlanishi, kiyinishi, shuningdek, uy-joy, ro’zg’or buyumlari, turli jihozlarga ega bo’lmog’i zarurdir. Bu zarur hayotiy vositalarning barchasi inson mehnati bilan yaratiladi. Kimdir g’alla etishtiradi, kimdir un tayyorlaydi, kimdir bu undan non ishlab chiqaradi, kimdir ‘axta xom ashyosi etishtiradi, kimdir ‘axtadan tola ishlab chiqaradi, yana kimdir toladan i’ qilib to’qiydi, kimdir kiyim-kechak tikadi va hakazo.Shunday qilib, insoniyat iste’mol qilmasa yashay olmaganidek, ishlab chiqarmasdan ham tura olmaydi. Shuning uchun insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida va barcha zamonlarda, barcha mamlakatlarda inson hayotining asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish tashkil etadi. Lekin ming afsuslar bo’lsinki, ko’’gina iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida, ayniqsa keyingi vaqtlarda nashrdan chiqqan darslik va o’quv qo’llanmalarida ishlab chiqarish jarayonini yoritish e’tibordan chetda qolib ketmoqda. Bu bir tomondan, talabalarning mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) qaerda, kim tomonidan, qanday ishlab chiqarilishini, texnika va texnologiyalarning qaerda qo’llanilishini va qanday bo’lishini tushunmaslikka olib kelsa, ikkinchi tomondan, butun ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’layotgan ishlab chiqarish munosabatlaridan bexabar qolishiga sabab bo’lmoqda. Xolbuki, ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlar ayirboshlash, taqsimot va iste’mol jarayonlarida bo’ladigan munosabatlarga yo’nalish beradi va ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish bo’lmasa ayirboshlanadigan, taqsimlanadigan narsaning o’zi bo’lmaydi. Chunki ishlab chiqarish jarayonida qanday shakldagi munosabatlar sodir bo’lsa, boshqa fazalardagi munosabatlar ham shunday shaklda sodir bo’ladi. Shuning uchun ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlarni bilmaslik ko’’gina chalkashliklarga olib keladi.

Ayrim adabiyotlarda daromadlar yaratiladi va ishlab chiqariladi degan fikrlarning uchrab qolishining sababi ham ishlab chiqarish jarayonidagi munosabatlarni bilmaslikdan deb o’ylaymiz. Ma’lumki, ishlab chiqarishda faqat mahsulot ishlab chiqariladi, ular sotilib taqsimlangandan keyingina turli ko’rinishdagi daromadlar shakllanadi. Shuning uchun biz ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlarni o’rganish ilmiy va uslubiy ahamiyatga ega deb o’ylaymiz va, shunga ko’ra, bu jarayonni batafsil ko’rib chiqish zarur deb hisoblaymiz.Bu bobda bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish omillari va ishlab chiqarish jarayoniga tegishli muammolar qarab chiqiladi. Dastlab ishlab chiqarishning omillari tavsiflanadi, ishlab chiqarishning maqsadi va mazmuni ochib beriladi, so’ngra uning natijalari va samaradorligi bilan bog’liq masalalar bayoni beriladi. Tahlilda «ishlab chiqarish imkoniyati» tushunchasiga ham o’rin ajratiladi. Bobning oxirida keyingi qo’shilgan mahsulot va uning kamayib borishi, keyingi qo’shilgan mehnat va ka’ital unumdorligining ‘asayib borishi qonunining mazmuniga tegishli marjinalistik g’oyalar bilan tanishtiriladi.

Moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratish, xizmatlar ko’rsatish inson hayoti, uning yashashi va kamol to’ishi uchun moddiy asosdir. Shuning uchun ishlab chiqarishning to’xtovsiz takrorlanishi va uni rivojlantirish har doim eng muhim iqtisodiy qonuniyat va ob’ektiv zaruriyatdir.Har qanday jamiyatda ishlab chiqarishning amalga oshishi, eng avvalo uning ro’y berishi uchun bu jarayonda qatnashadigan omillar mavjud bo’lmog’i lozim. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishning hamma sohalari uchun umumiy bo’lgan uchta omil: ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat ‘redmetlari bo’lishi shart
Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o’zi emas yoki uning mehnati ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir.
Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat ‘redmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar). Mehnat ‘redmetlari esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir (er-suv, xom ashyo va boshqa turli materiallar). Mehnat ‘redmetlari tabiatda tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, ya’ni xom ashyo bo’lishi mumkin. Mehnat qurollari va mehnat ‘redmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi; shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari hamma ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir.Mehnat vositalarini mehnat ‘redmetlariga ta’sir etish xususiyatiga ko’ra bir nechta katta guruhlarga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga mashinalar, mexanizmlar, stanoklar, uskunalar, turli xil a’’aratlar va boshqalardan iborat mehnat qurollarini kiritish mumkin. Ularning yordamida ishchi tabiat ashyolari va kuchlariga bevosita ta’sir qiladi va bu ashyolarni o’zining iste’moli uchun zarur bo’lgan shaklga keltiradi.

Ikkinchi guruhga materiallarni saqlash uchun mo’ljallangan mehnat vositalari (stisternalar, turli xil bochkalar, quvurlar, omborlar va boshqalar) kiritiladi.


Uchinchi guruhga ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashmaydigan, lekin unga shart-sharoit yaratib beradigan mehnat vositalari kiradi. Lekin bu vositalarsiz ishlab chiqarish jarayonining amalga oshishi mumkin emas yoki to’la va samarali amalga oshmasligi mumkin. Bularga binolar, yo’llar va boshqalar misol bo’la oladi.
Hozirgi fan-texnika inqilobi davrida ishlab chiqarishning rivojlanishida mehnat ‘redmetlarining ahamiyati oshib bormoqda. Materiallarning tabiatda tayyor holda uchramaydigan yangi turlari yaratilmoqda. Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun umumiy bo’lsada, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta’rif berishadi va ularni turlicha tushuntirishadi.

Jumladan, «Siyosiy iqtisod» darsliklarida ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy omillari mavjudligi tan olinadi. Bunda mehnat qurollari va mehnat ‘redmetlari (er-suv, er osti boyliklari kabi tabiiy boyliklar ham) ishlab chiqarish vositalari deyiladi va ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi, ishchi kuchi esa uning shaxsiy omili deb yuritiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir ko’’chilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to’rt omili: mehnat, ka’ital, er-suv, tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi.

Bu erda ishchi kuchi bilan mehnat o’rtasidagi farqni anglab olish juda muhimdir. Chunki, mehnat insonning to’g’rirog’i ishchi kuchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni bo’lib, ishchi kuchi tushunchasidan tamomila boshqa tushunchadir. Ko’’gina adabiyotlarda esa ularni sinonim (bir xil tushuncha) deb qarashadi va ko’’gina chalkashliklar keltirib chiqaradi. Bizga ma’lumki, mehnat turli omillarning birikib, amal qiladigan jarayonidir. Ishchi kuchi, yuqorida aytganimizdek, insonning mehnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyati, uning bilim, malaka darajasi bilan birgalikda ishlab chiqarishga qatnashishiga tayyor turgan omil bo’lib xizmat qiladi, mehnat esa ishchi kuchining ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi natijasida sodir bo’ladigan va ma’lum samara olishga qaratilgan faoliyatdir.Shuning uchun biz mehnat degan tushunchani emas, balki ishchi kuchi degan tushunchani ishlab chiqarishning omili deb bilamiz va ishlab chiqarish omillari ishchi kuchi, ka’ital, er-suv va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat deb ta’kidlaymiz

Ishlab chiqarish omillarining turkumlanishi.


Ishchi kuchi insonning mehnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig’indisi bo’lganligi uchun bozor iqtisodiyoti davrida inson emas, mehnat jarayoni ham emas, balki ishchi kuchi tovar sifatida sotiladi, uning boshqa tovarlar kabi qiymati va nafliligi mavjuddir va binobarin, uning bozori bo’ladi. Shuning uchun hozirgi kunda keng qo’llanilayotgan mehnat bozori tushunchasi o’rniga ishchi kuchi bozori, mehnat resurslari o’rniga ishchi kuchi resurslari deyilsa to’g’ri va tushunarli bo’lar edi. Ishchi kuchi faol asosiy ishlab chiqaruvchi kuchdir. Chunki u hamma moddiy vositalarni va ‘ul mablag’larini harakatga keltiradi, ulardan unumli foydalanadi.Ka’ital tushunchasi ham turli adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi. Ko’’chilik ka’ital tushunchasini tarixiy tushuncha deb qarab, uning ka’italizmga xosligini isbotlaydi va ka’italni o’z egasiga qo’shimcha qiymat keltiruvchi qiymat, o’z-o’zidan ko’’ayuvchi, o’suvchi qiymat deb hisoblaydi. Ayrim g’arb iqtisodchilari ham, masalan, J.Klark, L.Valras, I.Fisherlar ka’italga daromad keltiruvchi, foyda keltiruvchi, foiz keltiruvchi qiymat deb qaraydilar.

Qator g’arb iqtisodchilarining, jumladan D.Xayman, ‘.Xeyne, E.Dolon, J.Robinson, R.Dornbush va boshqalarning fikrini keltirib va ularni umumlashtirib, ‘rof. V.D.Kamaev o’zining rahbarligida yozilgan darsligida «haqiqatdan ham — ka’ital o’zidan o’zi ko’’ayuvchi qiymat»7 deb yozadi. Bunday fikr D.D.Moskvin, V.Ya.Ioxin, A.G.Gryaznova, E.F.Borisov va boshqalarning rahbarligida nashr etilgan qator iqtisodiyot nazariyasi kitoblarida ham aytiladi. Lekin Amerika va Evro’a mamlakatlaridan kirib kelgan «Ekonomiks» darsliklari va boshqa ayrim adabiyotlarda ka’italni hamma ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida qo’llaniladigan moddiy vositalardan, ya’ni hamma turdagi mashinalar, asbob-uskunalar, inshootlar, zavod-fabrikalar, omborlar, trans’ort vositalari va boshqa shu kabilardan iborat deb ko’rsatadi, unga ‘ul va tovarni kiritmaydi. Bundan ko’rinib turibdiki, ayrim iqtisodchilar ka’italistik iqtisodiy tuzumning sostial mohiyatini ochish uchun masalaga bir tomonlama qarab, ishlab chiqarish omillarining qiymatiga e’tiborni kuchaytirgan. G’arbdagi kasbdoshlarimizning ayrimlari ham ka’italni bir tomonlama, ya’ni uning qiymat tarafini e’tiborga olgan bo’lsa, boshqalari esa iqtisodiy tushunchalarning tarixiyligini e’tibordan chetda qoldirib, uning moddiy ob’ektini, narsa va hodisalarning ashyoviy tomonini ko’rsatadilar, shuning uchun ular ka’italni doimiy, o’zgarmas tushuncha deb, ishlab chiqarish vositalarini ka’ital deb ataydilar. Biz bu ikki xil tushunchani bir tanganing ikki tomoni, bir tushunchaning, ya’ni ka’ital tushunchasining ikki tomoni: uning bir tomoni moddiy va ashyoviy ko’rinishi, ikkinchi tomoni esa uning qiymat ko’rinishi ekanligini e’tiborga olamiz va uni bozor iqtisodiyoti sharoitida ka’ital deb ishlatamiz. Biz ka’ital deganda o’z egalariga daromad keltiradigan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning hamma sohalarida ishlatiladigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga tayyor turgan tovarlarni, yangi vositalar va ishchi kuchini sotib olishga mo’ljallangan ‘ul mablag’larini, ularning ashyoviy tomoni va qiymatining birligini tushunamiz. Boshqacha qilib aytganda «ka’ital» ham qiymatga, ham naflilikka ega bo’lgan, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish jarayonida foydalaniladigan vositalardir.

Bu erda ka’ital turli shaklda: ‘ul, ishlab chiqarish vositalari, tovar va boshqa moddiy vositalar shaklida bo’lishi mumkin.

Hamma adabiyotlarda erga deyarli bir xil tushuncha beriladi, ya’ni er-suv deganda tu’roq unumdorligi, o’tloqlar, yaylovlar, suv, havo, o’rmon, qazilma boyliklar, umuman tabiiy resurslar tushuniladi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e’tibor beriladigan omillardan biri tadbirkorlik qobiliyatidir.Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qo’shilishini ta’minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo’rqmaydigan dovyurak kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi. Hozirgi davrda ayrim adabiyotlarda axborot va uning vositalarini, ekologiyani ham alohida omil deb ko’rsatadilar. Bizning fikrimizcha, ular er va ka’italda o’z ifodasini to’adi. Ishlab chiqarish jarayonida biz yuqorida sanab o’tgan omillarning hammasi qatnashadi, ular bir-birini to’ldiradi, bir-biriga ta’sir qiladi. Ulardan biri bo’lmasa ishlab chiqarish bo’lmaydi yoki samarasiz bo’ladi, ko’zlangan maqsadga erishib bo’lmaydi. Ikki yoki bir nechta ishlab chiqarish omillarining bir-biriga o’zaro ta’siri natijasida vujudga kelgan mahsulot (tovar yoki xizmat) hajmining o’zgarishi ishlab chiqarish funkstiyasi deyiladi. Ishlab chiqarishning omillari doimo bir xil bo’lib turmaydi, ular sifat va miqdor jihatdan o’zgarishda, rivojlanishda bo’ladi. Ishlab chiqarish vositalari rivojlanib, borgan sari murakkab mashinalar, asbob-uskunalar, stanoklar vujudga keladi. Shuningdek ishchi kuchi ham ongi, malakasi oshgan, yangi mashinalarni yaratadigan, ulardan unumli foydalanadigan bo’lib boradi.

Ishlab chiqarish omillari bir-biriga bog’liq va o’zaro ta’sirda bo’ladi, birining o’zgarishi ikkinchisiga ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish omillarining o’zaro ta’sir usuli texnologiyada o’z ifodasini to’adi. Kishilar buyumlarning ilgari ma’lum bo’lmagan xususiyatlarini anglab, tovar va xizmatlarning yangi turlarini tayyorlash sirlarini bilib oladilar, ilg’or texnologiyani qo’llaydilar, yangi materiallardan, energiya turlaridan foydalanadilar. Ishlab chiqarish omillarining va texnologiyaning o’zgarishi ishlab chiqarishni tashkil etishning mazmuni va shaklining o’zgarishiga, uning takomillashuviga sabab bo’ladi.





Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin