I bob. Jahon iqtisodiyotini globallashuv muammolari



Yüklə 141,5 Kb.
səhifə1/16
tarix17.04.2023
ölçüsü141,5 Kb.
#99194
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
JAHON IQTISODIYOTINI GLOBALLASHUV MUAMMOLARI VA ULARNING GURUHLANISHI


JAHON IQTISODIYOTINI GLOBALLASHUV MUAMMOLARI VA ULARNING GURUHLANISHI
MUNDARIJA:
KIRISH…………………………………………………………………..………….3
I BOB. JAHON IQTISODIYOTINI GLOBALLASHUV MUAMMOLARI
1.1.Iqtisodiy muammo nima va uning turlari…………………………….……..…….5
1.2.Jahonning iqtisodiy muammolari…………………………………………….…..6
II BOB.FOND BOZORLARIDAGI INQIROZ………………………………….13
2.1.Asosiy global sog’lik muammosi..........................................................................14
2.2.Ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish.................................................................................18
2.3.Jahon moliyaviy inqirozi(2008-2009) uchun ehtimoliy yechimlar.......................22
XULOSA.....................................................................................................................34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR....................................................................35


KIRISH
Mamlakatimizda О‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan bozor iqtisodiyotiga о‘tishning о‘ziga xos yо‘li konsepsiyasiga amal qilib iqtisodiyotda tub institusional va tarkibiy о‘zgarishlar amalga oshirilmoqda, ishlab chiqarishni qayta tashkil etish va davlat tasarrufidagi korxonani xususiylashtirish asosida mulkchilik munosabatlari qayta kо‘rilmoqda, yangi bozor mexanizmlari va bozor infratuzilmasi shakllantirilmoqda. Shu bilan birga respublikaning XXI asrga qadam qо‘yishi milliy tizimlarga yuksak talablar qо‘yuvchi iqtisodiy integratsiya asosida globallashuvning jahon tendensiyalari kuchaygan bir sharoitga tо‘g‘ri keldi.
Mamlakat birinchi Prezidenti Islom Karimov tashqi iqtisodiy aloqalar muammosiga diqqat e’tiborini qaratib quyidagicha ta’kidlagan edi “Shu narsani qayta-qayta takrorlashga tо‘g‘ri kelmoqda: О‘zbekiston iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimi bilan integratsiyalashuviga erishmasdan turib, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirmasdan va mustahkamlamasdan turib, eng muhimi xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb etmasdan turib, bank va moliya sohalarida, real iqtisodiyotda, birinchi galda yetakchi tarmoqlarda chet el kapitalining ishtirokini kengaytirmasdan turib, iqtisodiyotimizning barqaror taraqqiyotini ta’minlash qiyin”.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida respublika oldida jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvni chuqurlashtirish va jahon amaliyoti yutuqlarini ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishga joriy etish, davlatning tashqi iqtisodiy siyosatini takomillashtirish vazifasi turibdi.
Hozirgi paytda iqtisodiyotni erkinlashtirish, uning ochiqligini kengaytirish, milliy va jahon iqtisodiyoti mintaqalari, tarmoqlarining uzviy о‘zaro aloqa va hamkorligini ta’minlash integratsiyalashuvning obyektiv rolini kuchayishi va rivoji orqali yuz berdi.
Hozirgi zamon jahon iqtisodiy rivojlanish amaliyoti milliy iqtisodiyotlarni yuksaltirishda faqat о‘z kuchlariga tayanish kam samara berishini kо‘rsatadi. Bunday yul iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga tо‘sqinlik qiladi, u milliy resurslardan nooqilona foydalanish bilan aloqador va u pirovard natijada bozor iqtisodiyoti shakllanishi jarayonini qiyinlashtiradi.
О‘zbekistonda, bugungi kunda iqtisodiy integratsiyaning nazariy, amaliy, moliyaviy-iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruv jihatlarini tadqiq etuvchi kompleks ishlar hamda xorijiy mamlakatlarda tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bozor mexanizmi amaliyotini qiyosiy tahlil qilishga ma’lumotlar deyarli yetarli. Joriy iqtisodiy muammolarni hal etishning muqobilini aniqlash va О‘zbekiston Respublikasining iqtisodiyotida integratsiyalashuv tendensiyalarini amalga oshirish usullarini ishlab chiqish maqsadida iqtisodiy integratsiyalashuvni rivojlantirishda xorijiy tajribani qо‘llash imkoniyatini tahlil etish zarur.
Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy integratsiyalashuvi rivojlanishining nazariy-metodologik tahlili, zamonaviy globallashuvning о‘ziga xosligi va uning milliy iqtisodiy tizimlar rivojlanishiga ta’sirini aniqlash integratsiyaning amaliy omillariga baho berishda marketing yondoshuvidan foydalanish va jahon xо‘jalik tizimiga integratsiyalashuv jarayonida О‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi tarkibiy о‘zgarishlarni tahlil etish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Yüklə 141,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin