I bob maktabgacha ta`lim tashkilotlarida matematik tasavvurlarni shakllantirish umumiy masalalari


I BOB MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH UMUMIY MASALALARI



Yüklə 28,87 Kb.
səhifə2/3
tarix15.04.2023
ölçüsü28,87 Kb.
#98428
1   2   3
Madaminova Maxliyoxon

I BOB MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARIDA MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH UMUMIY MASALALARI
1.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishda ta‘limning asosiy didaktik prinsplari va tamoyillari
Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirishda ta’limning asosiy didaktik prinsiplari. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik taasavvurlarni shakllantirishda pedagogikadagi asosiy prinsplaridan foydalanamiz. Ular quyidagilardan iborat. Ilmiylik prinsipi maktabgacha ta`lim tashkilotiga o`rganiladigan faktlarni ular fanda qanday yoritiladigan bo`lsa, shunga moslab yoritishni talab qiladi, ya'ni biz ilmiylik to`g`risida gapirar ekanmiz, birinchi navbatda berilayotgan bilim mazmuni ilmiylik asosida tuzilgan bo’lishi kerak.
M: 2 + 2 = 4 ilmiy asosida. 2+2=5lar ham uchrab turadi, lekin bu ilmiy asosda emas.
M: 3=7
Isboti.
15-15 = 35-35
3*(5-5) = 7*(5-5):(5-5)
3=7
Isbotdagi xatoni toping.Javob: 5-5 = 0, biz bilamizki nolga bo’lish mumkin emas.
Tarbiyaviylik prinsipi maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tassavvurlarni shakllantirishda fanga bo’lgan qiziqishni uyg’otish ya‘ni bilimlarni o’zlashtirishga harakatini, ularni egallash va mustaqil kengaytira olishga o’rgatishni o’z ichiga oladi shu bilan birga ularda tafakkurni shakllantirish, matematik tushuncha va tasavvurlar bilan boyitish, xotira va diqqatni rivojlantirish, ijodiy tafakkurni tarbiyalash kabi ishlarni amalga oshirishni talab etadi. Bu prinsip maktabgacha yoshdagi bolalarda ziyraklik, topqirlik, aqllilik xislatlari bilan birga Vatanga muhabbatni hamda rostgo’ylik, mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlarni tarbiyalash ham matematika mashg’ulotlarida amalga oshirish imkoniyatlari mavjudligini ifodalaydi.
Nazariya va amaliyotning birlik prinsipi. Bu prinsip berilgan nazariy bilimlarning hayotga, amaliyotga bog’lanishini butun choralar bilan kengaytira borishni talab qiladi. Matematika nazariyadan bevosita har-xil mashq va masalalarni yechishga o’tish yo’li bilan bu prinsip keng suratda amalga oshiriladi. Haqiqatdan ham yosh bolalarga har kuni k o’zi bilan ko’rib yurgan xonada, ko’chada, uydagi narsalar bilan bog’langan holda mashg’ulot o’tish, ya'ni bilim berish lozim, chunki bu bolalarning tez tushunib olishiga, o’zlashtirishiga yordam beradi. Ko’rgazmalilik prinsipi. Bolalar tafakkurining aniqlikdan abstraktlikka qarab rivojlanish xususiyatlariga bog’liqdir.



Yüklə 28,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin