I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o’yin faoliyati haqida 1



Yüklə 118,5 Kb.
səhifə4/8
tarix20.11.2023
ölçüsü118,5 Kb.
#165306
1   2   3   4   5   6   7   8
MUHOKAMA
Syujеtli – rolli o`yinlar va sahnalashtirish markazi uchun ko’rgazmalar tayyorlash.
Guruhlarda xonalarni syujеtli rolli o`yinlar va sahnalashtirish markaziga mos holda jihozlash yo’riqnomasi:
1. Shirma
2. Marionetka-qo‘g‘irchoqlar (ipda o‘ynatadigan)
3. Qo‘lqopli, barmoqli, tayoqchali, soya teatr ertak kaxramonlari
4. Ertak qaxramonlari liboslari
5. Niqoblari
6. Uycha maketi
7. Mazmunli o‘yinchoqlar
8. Rejissyorlik o‘yinlari uchun qaxramonlar (odamchalar, askarlar, multfilm personajlari)
9. Sahna uchun jixozlar (turli daraxtlar, tandir maketi va xokazo)
Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazlari bolalar iqtidorini namoyon bo‘lishi, o‘z mahoratini ko‘rsatishi uchun juda qulay muhitdir. Bu markazni - bolaning “Men”ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar bolalar hayotida uchraydigan jihozlar bo‘lib, o‘yin jarayonida bola ulardan foydalanishni o‘rganadi, kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. O‘yinda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari aks etadi va ular orqali ahloqiy tarbiya olish (tarbiyachi uchun esa oiladagi muhitni o‘rganish) imkoni yaratiladi. Syujetli-rolli o‘yinlar mazmunining o‘ziga xosligi uning eng muhim xususiyatlaridan xisoblanadi. Mashhur pedagog va psixologlardan D.B.Elkonin, D.V. Mendjeritskiy, P.E.Samorukova va boshqalarning fikricha, syujetli–rolli o‘yinlar kattalarning ijtimoiy hayotidagi rang-barang xatti-harakatlari, ko‘rinishlari – bolalar o‘yinlarining asosiy mazmuni bo‘lib xizmat qilib, kattalar ijtimoiy hayotining namunasini oladigan faoliyat turidir.
NATIJA
Syujetli-rolli o‘yinlarga rahbarlik qilish quyidagi asosiy bosqichlarda amalga oshiriladi. 1 - bosqich. Bolalarning qiziqishlarini, ulardagi syujetli o‘yinlar rivojlanishi darajasini o‘rganishning asosiy vositasi quyidagilar:
- bolalar o‘yinlarini kuzatish,
- o‘yin rivojining asosiy yo‘nalishlari, o‘yin mavzusi, o‘yin mazmuni, bola o‘yin faoliyatining rivoji, o‘yinda o‘zaro munosabatlarning rivojlanishi bo‘yicha tavsifnoma tuzish;
- o‘yinga rahbarlik maqsadini aniqlash.
2 – bosqich. Kattalarning o‘yin mavzui va mazmuniga ta’sir etishi:
- o‘yin mavzui bo‘yicha sayohat va maqsadli sayrlar;
- suhbatlar;
- badiiy asarlar va hikoyalar o‘qib berish;
- illyusrativ rasmlar ko‘rsatish;
- mavzu bo‘yicha turli mashg‘ulotlar;
- tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari 3 – bosqich. o‘yinga tayyorgarlik (o‘yin o‘ynash uchun maxsus joy, o‘yinchoqlar va o‘yin materiallari):
- tayyor o‘yinchoqlarni tanlash;
- qo‘lda yasalgan o‘yinchoqlar.
Bunda bolalarning mustaqil shug‘ullanishlari uchun o‘yin zonasini tashkil etish. 4 – bosqich. Bolalarni o‘ynashga o‘rgatish (o‘yin jarayoni va boshqa narsalarni o‘yinda aks ettirish):
- o‘yinchoq va uning o‘rnini bosuvchi buyumlar ta’sirini o‘rganish;
- o‘yinda xayoliy tasavvurlarni aks ettirishga o‘rgatish;
- o‘yinda so‘zlardan foydalanishga o‘rgatish;
- o‘yinda harakatlarni hisobga olish malakalarini shakllantirish;
- so‘z va harakat;
- harakat va o‘yin materiali,
- so‘z, harakat va o‘yin materiali o‘yinning tili xisoblanadi.
5 – bosqich. o‘yinda ahloqiy munosabatlarga ta’sir etish, bolalar jamoasi, xulq-atvor, madaniyat, o‘yin faoliyatida o‘yin madaniyatini shakllantirish:
- ma’lum o‘yin mavzuiga nisbatan bolalarning his-tuyg‘ularini uyg‘otish;
- bolalarga o‘yinni avvaldan rejalashtirish elementlarini o‘rgatish;
- o‘yinda rol va o‘yinchoqlarni oqilona tag‘simlashga o‘rgatish;
- tengdoshlari bilan ahil o‘ynay olish madaniyatini tarbiyalash;
- ahil jamoani shakllantirish: mustaqil o‘ynash va o‘yinni oxiriga yetkazish, o‘yin jarayonidagi kelishmovchilik, bahslarni oqilona hal eta olish malakalarini tarbiyalash;
- kattalarning o‘yinga ta’sir etishi – maslahat berishi, tushunchalarini to‘ldirish, o‘yinga to‘lag‘onli yordam berish;
- bolalarning o‘yin faoliyatlarini, ahloqiy munosabatlarni baholash.


Yüklə 118,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin