3.Ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o‘rni Ma’naviyatshunoslikning mustaqil fan sifatida shakllanib va takomillashib borishi uning jamiyat taraqqiyoti va komil insonni tarbiyalashdagi rolini oshirmoqda.
Ma’naviyat- davlat siyosatida ustivor sohaga ko‘tarildi va u o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsata boshladi.
1-Prezidentimiz Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy majlisning birinchi sessiyasida qilingan ma’ruzasida ham ma’naviyat masalasi XXI asr bo‘sag‘asida ikkinchi ustivor yo‘nalish deb qaraldi. Hozirda yerkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifa ekanligi qayd etildi. Boshqacha aytganda, o‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan voqea – hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondoshadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarni mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan yerkin, har jihatdan barkamol, sog‘lom avlodni tarbiyalashimiz kyerak ekanligi uqtirildi.
Aslini olganda, hozirgi kunda ma’naviyatning ustivor sohaga ko‘tarilishining bir qator sabablari bor. Ular quydagilardan iborat:
Birinchidan, jamiyatda amalga oshiriladigan barcha vazifalarning taqdiri, unda yashaydigan odamlarning tafakkuri, ongi qay darajada o‘sishi bilan bog‘liqdir. Ularning ongi va tafakkurini amalga oshirmoqchi bo‘lgan vazifalar mohiyati va manfaati yo‘nalishidan kelib chiqqan holda o‘zgartirmasdan turib ko‘zlangan maqsadga yerishib bo‘lmaydi. Ana shu ma’noda ham ma’naviyat jamiyat hayotini o‘zgartirishning muhim mexanizmi hisoblanadi va har qanday davlat o‘z maqsadlari va manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni rivojlantirishga ustivorlik bilan qaraydi.
Ikkinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida sobiq Sovet mafkurasidan voz kyechish bayrog‘i ostida umuman har qanday mafkuraga qarshi kurash boshlandi. Bu o‘z navbatida odamlarning ma’naviyatiga, shakllangan qadriyatlariga ham o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkaza boshladi. Ayniqsa, matbuotlarda ba’zi olimlar, birinchi navbatda iqtisodiy tafakkurni shakllantirish zarur, ma’naviyat esa ana shu iqtisodiy tafakkur zaminida yuzaga keladi degan fikrlarni ilgari sura boshladilar. Oqibatda odamlar ruhiyatida yana bir tomonlama ketish turmush tarzida yetakchi o‘rinni egallay boshladi. Bu o‘z navbatida, milliy manfaatlar yoki vatanparvarlik haqida qanchalik gapirmaylik, u o‘zining biz kutayotgan natijalarini byermasdan, balki odamlarda shaxsiy manfaatlarga ustivorlik byerishga xizmat qila boshladi. Bunday salbiy jarayonning yuzaga kelishi yangi jamiyat qurish uchun xatarli.
Uchinchidan, mustaqillikning dastlabki yillarida yuzaga kelgan iqtisodiy muammolar oldida odamlarning aksariyat qismi dovdirab qoldi, ko‘pchilik hollarda yoshlarning ta’lim olish, kasb o‘rganish, san’at va badiiy asarlarga qiziqishdan ko‘ra bozorga chiqish, pul topishga intilish xavfini yuzaga keltirdi. To‘g‘ri, pul topish, o‘z hayotining iqtisodiy imkoniyatini mustahkamlash har bir inson uchun hayotiy ehtiyoj va zarurat hisoblanadi. Ammo bu ehtiyoj shaxs va millat kamoloti manfaatlariga zid bo‘lmasligi, ularning ma’naviy qashshoqlashib ketishiga xizmat qilmasligi lozim. Ana shuyuzaga kelayotgan xavfli jarayonning oldini olish zarur.
To‘rtinchidan, sobiq ittifoq sharoitida fan, texnika, maorif, oliy ta’lim, bir qator sanoat korxonalarini vujudga keltirish va rivojlantirishda ko‘pgina yutuqlar qo‘lga kiritilgan edi. Ammo, ular markaz va qolavyersa «katta og‘a» manfaatlariga xizmat qilgan. Ana shu potensial sobiq Ittifoqdosh Respublikalarga turli bahonalar bilan rus millati vakillarini yuborish, ularni mahalliy xalqni boshqarish, ularga rus turmush tarzi, tili, urf-odatlarini, xaraktyerini singdirish hisobiga mamlakatda rus millati ma’naviyati ustivorligiga tayanuvchi yagona til, ma’naviyat va turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilib kelgan edi. Bunday ayyorona va zo‘ravonlik siyosati oqibatida millatlarning o‘zligini anglashga bo‘lgan intilishiga katta zarb byerildi. Bu sobiq ittifoqda umummilliy inqirozni yuzaga keltirdi.
Bu inqiroz millatning «yo‘q» bo‘lib ketishi xavfini vujudga keltiradi.Bunday salbiy jarayonning oldi olinmasdan, millatning rivojlanishiga yerishib bo‘lmaydi. Uni bartaraf etish faqat milliy ma’naviyatni tiklash va rivojlantirish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Beshinchidan, ma’naviyatning davlat siyosatida ustivor bo‘lishiga yana bir sabab, millat son jihatidan kattami yoki kichikmi bundan qattiy nazar, uning real subuyekt, ma’lum moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchisi, iste’molchisi, boshqalarda uchramaydigan, o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligini va o‘zining mustaqil o‘rniga ega bo‘lishi kabi omillarni, ya’ni chinakam millat sifatidagi maqomini tiklash hayotiy ehtiyoj darajasiga ko‘tarilgan edi. Uni hal etish millat va davlatning kelajagi uchun amaliy ahamiyatga egadir.
Oltinchidan, o‘zbeklar jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan xalqdir. Uning ma’naviyat, fan, madaniyat sohasidagi yerishgan yutuqlari jahon xalqlariga asrlar osha xizmat qilib kelmoqda. Ammo sho‘rolar tuzumi davrida ajdodlari tomonidan yaratilgan ana shuyutuqlarni o‘zbek xalqining ongi va qalbidan «chiqarish» borasida ham katta ishlar amalga oshirilgan edi. Mustaqillik sharoitida esa uni qayta tiklash, jahon sivilizatsiyasidagi munosib va adolatli o‘rnini tiklash zarur edi. Bunga esa faqat ma’naviyatni rivojlantirish orqali yerishish mumkin.
Yettinchidan, ma’naviyat millatni va butun mamlakat aholisini ma’lum maqsadlar sari davlat atrofiga uyushtiruvchi, ularni faollashtiruvchi, yorqin kelajakka ishontiruvchi, inson zotini ulug‘lovchi, uning qadrini anglatuvchi ulkan «mexanizm» hamdir. Xuddi ana shu muhim «mexanizm»dan mustaqillikni mustahkamlash, islohotlarni amalga oshirish, millatimizning qaddini ko‘tarishda foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj davlatimiz, eng avvalo Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan o‘z vaqtida anglab olindi.
Ma’naviyatni rivojlantirish mamlakatimiz va millatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida ayniqsa asosiy vazifa darajasiga ko‘tarilmoqda. Bu faqat mamlakatimizning ichki hayoti bilangina bog‘liq bo‘libgina qolmasdan, balki uning barqaror rivojlanishga tahdid solishga urinayotgan tashqi turli oqimlarning mavjudligi bilan ham bog‘liqdir. Ularning ayniqsa hayot tajribasiga ega bo‘lmagan yoshlarimizning ongini zaharlash borasida olib borayotgan harakatlariga qarshi turaoladigan, yerkin fikrlaydigan, fidoiy Vatanparvarlarni tarbiyalash ma’naviyatni yuksak darajada rivojlantirishini taqazo qilmoqda.
Agar ana shu vazifalardan kelib chiqiladigan bo‘lsa bugun ma’naviyatni rivojlantirishni quydagi yo‘nalishlarda:
Birinchidan, sobiq sovet totalitar tuzumining zo‘ravonlik va tobelik tafakkuri qoldiqlaridan qutilish. Buning uchun har bir insoning ichki ruhiy salohiyatini yuzaga chiqarish, fikr yerkinligini ta’minlash, har birshaxsning o‘z taqdiri va kelajagini o‘zi yaratish imkoniyatini hamda ruhiyatini shakllantirish;
Ikkinchidan, har bir shaxsda mustaqillik tafakkurini rivojlantirish, o‘zbekmillatiga mansubligidan faxrlanish, avlod- ajdodlari tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarni egallash va ularni mamlakat va milliy taraqqiyotiga keng jalb qilishda fidoiylik ko‘rsatish zarurligini anglash ruhiyatini mustahkamlash;
Uchinchidan, har bir shaxsda milliy o‘zligini anglash jarayonini rivojlantirish, Vatan va millat manfaatlari yo‘lida fidoyilik ko‘rsatishi, mamlakat va milliy taraqqiyotga, siyosiy, ijtimoiy hamda millatlararo barqarorlikka, diniy bag‘ri kenglikka putur etkazuvchi har qanday harakatlarga qarshi ma’naviy – siyosiy va fuqarolik salohiyatiga ega bo‘lishiga yerishish;
To‘rtinchidan, har bir shaxsning bilim olishga intilishiga, mamlakatimiz va jahonda fan, texnika, texnologiyasohasida yerishilgan yutuqlardan bahramand bo‘lishiga sharoitlar yaratish, O‘zbekistonning jahonda nufuzining mustahkamlanib borishidan g‘ururlanish kabi ma’naviy-ruhiy salohiyatiga yerishishdir.
Mamlakatimizda yashayotganhar bir fuqaroda, ayniqsa yoshlarimizda ana shunday salohiyatlarni shakllantirishimiz umumma’naviy yuksalish uchun asosiy mezon hisoblanadi.
1-Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Bugungi kunda xalqimizga azaldan xos bo‘lgan hamjihatlik va bag‘rikenglik, mehr-oqibat, mehmondo‘stlik va saxovatkabi insoniy fazilatlar yanada yorqin namoyon bo‘lmoqda va bunday ma’naviy muhit odamlarning ruhiyati va kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda»11.
Bunday ijobiy ko‘rsatgichlarga mamlakatimizda ma’naviy yuksalishga qaratilgan siyosatning olib borilayotganligi asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlarining “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalishsari” deb nomlangan to‘rtinchi jildi o‘zbek va rus tillarida “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyida nashrdan chiqdi. Kitob to‘rt bo‘limdan iborat bo‘lib, uning birinchi bo‘limi “Xalqimizning hayot darajasi va sifatini yangi bosqichga ko‘tarish – eng muhim vazifamiz” deb nomlangan. Unga davlat rahbarining O‘zbekistonning siyosiy - ijtimoiy hayotidagi eng muhim voqealar munosabati bilan so‘zlagan nutq va ma’ruzalari kiritilgan.
“El-yurtimizning mustahkam irodasi va matonatiga tayanib, sinovlardan munosib o‘tamiz” deb nomlangan ikkinchi bo‘limdan esa koronavirusga qarshi kurashga bag‘ishlangan ma’ruza, nutq va murojaatlar joy olgan.
Kitobning “Do‘stona amaliy hamkorlik – barqaror rivojlanish kafolati” deb nomlangan uchinchi bo‘limining xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashuvlardagi nutq va ma’ruzalardan iboratligi qayd etilgan.
Kitobning to‘rtinchi – “Tabrik va qutlovlar” bo‘limiga esa O‘zbekistonda keng nishonlanib kelayotgan umumxalq bayramlari, tarixiy sanalar, turli xalqaro anjumanlar, tadbir va marosimlar munosabati bilan yo‘llangan tabrik va qutlovlar kiritilgan.
Bugungacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 3 jiltlik shu jumladan “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom yettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz”, “Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga byerilgan eng oliy bahodir”, “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi” asari yana o‘zbek va rus tillarida “O‘zbekiston” nashriyot - matbaa ijodiy uyida nashrdan chiqqandi.
Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, Kutubxonalar va nashriyotlar bosh boshqarmasi va Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasining Madaniyat va Targ‘ibot boshqarmasining tashabbusi bilan professor doktor Firat Purtash boshchiligidagi guruh shu jumladan matnlarni o‘zbek tilidan turk tiliga professor doktor Firat Purtash bilan doktorantura (Phd) talabasi Saida Burhonidinova o‘girar ekan tahrir qilish ishlarini dotsent doktor O‘g‘uzxon Aydin o‘z zimmasiga olgan kitob, eng avvalo Turkiya Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xalq kutubxonasi ochilish marosimida (20 – fevral 2020) yagona faxrli mehmon sifatida ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Prezident Yerdo‘g‘an tomonidan sovg‘a qilingandi.