Mavzuni takrorlash uchun savollar:
Ma’naviyat tushunchasining mohiyatini izohlab byering?
Ma’naviyatning asosiy tushunchalariganimalar kiradi?
Ma’naviyat taraqqiyotining qanday asosiy qonunlarini bilasiz?
Ma’naviyatni rivojlantirish davlat siyosatida ustivor soha ekanligi?
Madaniyat nima? Uning qanday turlarini bilasiz?
Madaniy va ma’naviy myeros nima? Ularning farqi.
O‘zbek xalqining boy madaniy va ma’naviy myerosi haqida nimalarni bilasiz?
Mafkura va ma’naviyat munosabatlarini qanday tushunasiz?
Qadriyatlar va uning qanday turlarini bilasiz?
Ma’naviy qadriyatlar va ularning inson kamolotidagi ahamiyatini izohlang.
TARQATMA MATYERIALLAR
Ma’naviyatning ta’rifi to‘g‘risida mulohazalar
va uning falsafiy tahlili
1-ilova
«Ma’naviyat» tushunchasining falsafiy tahlili
Ma’naviyat – insonning ruhiyatini, uning o‘z-o‘zini anglashi,
didi, farosati, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan
yomonlikni, go‘zallik bilan xunuklikni, vazminlik bilan
johillikni ajrata bilish qobiliyatini, aql-zakovatini,
yuksak maqsad va g‘oyalarni qo‘ya bilish, ularni amalga
oshirish uchun harakat qilish va intilish salohiyatidir.
I.Karimov
Ma’naviyat – inson faoliyatining ruhiy mazmuni bo‘lib,
kishilar uning vositasida o‘zlarini anglaydilar, jamiyatni,
tabiatni, ularning mavjudligi hamda taraqqiyoti
xususiyatlarini o‘rganadilar, qonunlarini kashf etadilar
va ularga tayanib, o‘z turmush sharoitlari, amaliy
faoliyatlari muammolarini hal etadilar
A.Jalolov
Ma’naviyat – jamiyatning, millatning yoki ayrim bir
kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati,
idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha.
Dostları ilə paylaş: |