I BOB. MA’NAVIYATSHUNOSLIKKA KIRISH
1-MAVZU: “MA’NAVIYATSHUNOSLIK” FANINING PREDMETI, MAQSADI, VAZIFALARI
1-Mavzu:“Ma’naviyatshunoslik” fanining ob’ekti, predmeti vama’naviyatning jamiyat hayotidagi o‘rni
Reja:
1.Ma’naviyat tushunshasi mazmun-mohiyati. “Ma’naviyatshunoslik” fanining predmeti.
2. Fanni o’rganishning maqsad va vazifalari.Fanning kategoriyalari va rivojlanish qonuniyatlari
3. Ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o‘rni.
4. “Ma’naviyatshunoslik” fanining metodologik asosi.
5.“Ma’naviyatshunoslik” tarixiy-nazariy fan sifatida.
Tayanch tushunchalar: axloq, odob, inson ma’naviyati, Vatanparvarlik, insonparvarlik, millatiga sadoqat, shaxs ma’naviyati, mezonlar, iymon, diyonat, adolat, mehr-shafqat, e’tiqod, poklik, halollik va vafodorlik, shaxs ma’naviy fazilatlari, milliy o‘zlikni anglash, milliy va diniy bag‘rikenglik, huquqiy savodxonlik, qonunga itoatkorlik, davlat tizimiga hurmat, fuqarolik burchiga sadoqat, shaxs ma’naviy barkamolligi mezonlari.
1.Ma’naviyat tushunshasi mazmun-mohiyati. “Ma’naviyatshunoslik” fanining predmeti
Ma’naviyat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va shaxs barkamolligini belgilab byeruvchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi. Chunki ma’naviyat rivojlangandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik vujudga keladi hamda mamlakat va millat taraqqiy etadi. Bu o‘z navbatida shaxsning barkamol rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan asosiy zamin bo‘lib xizmat qiladi.
Xo’sh, jamiyat, mamlakat va millat taraqqiyoti, shaxsning barkamol rivojlanishi uchun zarur zamin bo‘lib xizmat qiluvchi ma’naviyat o’zi nima?
«Ma’naviyat» arabcha so’z bolib, uning lug’aviy ma’nosi “ma’nolar majmui” demakdir. Bugunga qadar «Ma’naviyat» tushunchasiga byerilgan ta’riflar soni 100 dan ortiqni tashkil etadi. Quyida ushbu ta’riflardan ayrimlarini keltirib o’tamiz.
Taniqli faylasuf A.Jalolov «Mustaqillik ma’suliyati» nomli asarida «Ma’naviyat»tushunchasiga «Ma’naviyat - insonning zot belgisi, uning faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi, ongi, aql-zakovatining mahsuli»1,- deb ta’rif byeradi va «Hayot falsafasi va falsafa hayoti» maqolasida bu ta’rifni yanada kengaytirib, shunday yozadi: «Ma’naviyat – inson faoliyatining ruhiy mazmuni bo‘lib, kishilar uning vositasida o‘zlarini anglaydilar, jamiyatni, tabiatni, ularning mavjudligi hamda taraqqiyoti xususiyatlarini o‘rganadilar, qonunlarini kashf etadilar va ularga tayanib, o‘z turmushsharoitlari, amaliy faoliyatlari muammolarini hal etadilar»2. Muallif o‘z fikrini davom yettirib, ma’naviyatsiz hayotni qorong‘i bir xonaga o‘xshatadi.
Ko‘rinadiki, bir muallifning o‘zi ma’naviyatni ta’riflashga turlicha yondashmoqda, bu ham ma’naviyatning ko‘p qamrovli tushuncha ekanligini ko‘rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |