I bob. Ma’naviyatshunoslikka kirish 1-mavzu: “MA’naviyatshunoslik” fanining predmeti, maqsadi, vazifalari


“Ma’naviyatshunoslik” fanining metodologik asosi



Yüklə 307,79 Kb.
səhifə5/12
tarix22.12.2023
ölçüsü307,79 Kb.
#189086
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
1-Mavzu

4.“Ma’naviyatshunoslik” fanining metodologik asosi

«Ma’naviyatshunoslik» ham boshqa fanlar kabi o‘zining mustaqil tarkibiy qismlariga ega. Ular madaniyat, madaniy myeros, mafkura, qadriyatlardir.


Ma’naviyat va madaniyat bir-biriga yaqin tushunchalardir. Ammo ular bitta narsa emas, biri ikkinchisidan farq qiladi. Shuning bilan birga ular bir-birini to‘ldirib turadilar. Madaniyat har doim ma’lum bir ma’naviyatning timsolini ifodalaydi. O‘z navbatida ma’naviyat ham qaysidir narsa, belgi, tasvir, ramzlar moddiyligida namoyon bo‘ladi.
Madaniyat deyilganda, mehnat qurollarini yaratish va ulardan foydalanish, fan-texnika yutuqlari va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish, kishilarning ishlab chiqarish va ijtimoiy ko‘nikmalari, mehnatni ijtimoiy tashkil etish, salomatlikni saqlash, aholi o‘rtasida bilimlarning yoyilish darajasi va ma’lumot, umumiy majburiy va oliy ta’limni amalga oshirish, adabiyot va san’at asarlari, ijtimoiy, falsafiy, diniy g‘oyalar va shu kabilar. Boshqacha aytganda, madaniyat-bu insonning tabiat, jamiyat bilan birgalikdagi yaratgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar dunyosidir. Uning tadqiqot manbaiga:
• inson yaratgan san’at sohasi;
• kishilarning muomala vositasi bo‘lgan til;
• jamiyat boyligi va mezoni bo‘lmish bilim;
• ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy tashkilotlar;
•jamiyatda sodir bo‘luvchi demografik va etnik jarayon kabilar kiradi.
Madaniyat bir butun ikki sohadan iborat: Moddiy va ma’naviy madaniyat . Uzoq vaqtlar fanda madaniyat deganda faqat ma’naviy madaniyat nazarda tutilgan. Negaki, borliqni haqiqat, yaxshilik, go‘zallik belgilaydi deb hisoblashgan.
Industrial jamiyatining vujudga kelishi, uning texnikaviy taraqqiyoti va texnologiyalarini tezda almashishi madaniyatshunoslarni insoniyatning barcha moddiy madaniyatini o‘rganishga majbur qildi.
Moddiy madaniyat bir butun uchsohadan iborat: 1-sohasi bu mehnat qurollari ishlab chiqarishning barcha vositalari, turar joylar, aloqa vositalari, texnika qurilmalarga, bu jamiyat hayotining moddiy texnika asosi deb ataladi.
2-sohasiga ijtimoiy hayot va uning barcha tarmoklarining me’yoriy harakatini ta’minlovchi ko‘plab ijtimoiy institutlar, tashkilot va muassasalar faoliyati bilan bog‘liq. Bunga turli hokimiyat tuzilmalari va unga munosib boshqaruv shakllari, ijtimoiy tashkilotlar, ta’lim, yosh avlodni tarbiyalash va ta’lim byerish, sog‘liqni saqlash va dam olish, bush vaqt va ko‘ngil ochish muassasalari tizimi kabi barcha ijtimoiy institutlar amalda jamiyat madaniyatini saqlaydi, o‘zgartiradi va qayta shakllantiradi.
Moddiy madaniyatning uchinchi sohasi (ishlab chiqaruvchi va qayta ishlab chiqaruvchi) insonning o‘zi hisoblanadi. Moddiy madaniyatning bu sohasi nafaqat insoniyatni shunchaki biomavjudotlik muammolarini tadqiq qilmasdan, balki avlodlarning o‘zaro munosabatlari muammolarini ham tahlil qiladi.
Umuman, moddiy madaniyatga mexnat madaniyati, ishlab chikarish madaniyati, turmush madaniyati, ekologik madaniyatlar kiradi.
Ma’naviy madaniyat kishilar ma’naviy ijodkorligi faoliyatlari natijalari- tasavvurlar, g‘oyalar, ilmiy bilimlar, diniy qarashlar, san’at sohalari, axlokiy va huquqiy me’yorlarni ishlab chiqarishdan hosil bo‘ladi.
Ma’naviy madaniyatning aniq sohalariga falsafa, huquq, axloq, estetika va umuman ijtimoiy gumanitar fan sohalari kiradi.
Madaniyatning ikkinchi turi-bu ma’naviy madaniyatdir. Ma’naviy madaniyatga insonning aqli va ma’nan yaratuvchanlik faoliyatlari va ularning natijalari kiradi. Ma’naviy madaniyat tushunchasi ko‘p qirrali bo‘lib insoniyat o‘z-o‘zini, avlodlarini saqlab qolishda, hayotda paydo bo‘lib turadigan ijtimoiy –ma’naviy inqirozlarni engib, yangi sharoitlar yaratishda va uni o‘rganishda, taraqqiyot yo‘llariga o‘tishning eng to‘g‘ri yo‘llarini kashf etishda xizmat qiladigan bilim, tajriba, dunyoqarash,an’analar va urf-odatlar majmuini ifodalaydi. Ma’naviy madaniyat ilm-fan, falsafa, san’at, adabiyot, axloq, huquq, siyosat, maorif, ma’rifat, ommaviy axborot vositalari, urf-odatlar, an’analar hamda din va diniy amaliyot-ibodat, diniy marosimlar, diniy adabiyot, san’at kabi ko‘plab tarixiy va zamonaviy qadriyatlar yig‘indisidan tashkil topadigan insonning zohiriy va botiniy ma’naviyati, ruhiyati olamidir.Yuqoridagilar ma’naviy madaniyatning inson va jamiyat faoliyatida namoyon bo‘luvchi ko‘rinish va shakllaridir.
Ma’naviy boyliklar olimlar, musavvirlar, bastakorlar, shoir va yozuvchilar, nazariyotchilar, xullas, xalq tomonidan yaratiladi. Ma’naviy madaniyatni yaratish, o‘zlashtirish va rivojlantirish jarayonida jamiyat taraqqiy etadi, mehnat unumdorligi ortadi, ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanadi, kishilarning ma’naviy qiyofasi shakllanadi, axloq odobi, did va farosati, estetik zavqi, ijodiy kuchi va qobiliyatlari taraqqiy etadi.
Umuman kishilik jamiyatini madaniyatsiz, xususan ma’naviy madaniyatsiz tasavvur qilish qiyin. Jamiyat, inson bor ekan u ma’lum madaniyatga ega, busiz bo‘lishi mumkin emas.
Madaniyatning barcha turlari dialektik birlikda, o‘zaro aloqadorlikdadir. Moddiy madaniyatni ma’naviy madaniyatdan batamom ajratib qarash mumkin emas. Moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonida moddiy va ma’naviy madaniyat organik ravishda birikadi. Birorta mehnat qurolini, moddiy boylikning biror turini inson aql-idrokisiz, tafakkurisiz, aqliy mehnatisiz yaratib va takomillashtirib bo‘lmaydi. Boshqacha qilib aytsak, moddiy madaniyatni barpo etish zamirida ham ma’naviyat yotadi. Har qanday moddiy va ma’naviy madaniyat durdonalari inson aqliy va jismoniy mehnati sintezi asosida yuzaga keladi. Ma’naviy madaniyat voqe’likni badiiy aks yettirish va o‘zlashtirish vositasidir.
Madaniyat – umuminsoniy hodisa. U barchaga baravardir. Masalan, maqomlar, adabiyot, me’morchilik durdonalari, fan-texnika yutuqlari, transport va aloqa vositalari barchaga tegishlidir. Ammo, bu madaniyatning milliy shakli bo‘lmaydi, degan ma’noni anglatmaydi. Chunkiu qanchalik umuminsoniy bo‘lmasin, bari-bir uning zaminlari milliylikka borib taqaladi. Umuminsoniyat mulkiga aylangan har qanday madaniyat ham u yoki bu millat tomonidan yaratiladi, u madaniyatga o‘ziga xos bo‘lgan tomonlarini singdiradi. Masalan, umuminsoniyat mulkiga aylangan Samarqand, Buxoro va Hiva shaharlaridagi xunarmandchilik va arxitektura durdonalari, eng avvalo O‘zbeklarniki, ularga O‘zbeklarning avlod-ajdodlari o‘zlariga xos milliy jilo byerganlar. O‘zbekona bunday san’at asarlari dunyoning boshqa xalqlarida uchramaydi. Xuddi ana shu xususiyati bilanular milliy hisoblanadi.
1-Prezidentimiz milliy ma’naviyat haqida to‘xtab: “Har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, ma’naviy myeros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi”, - deb ta’kidlagan edi.
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent va boshqa qadimiy shaharlarimizdagi xalqimiz moddiy va ma’naviy madaniyatini o‘zida ifoda etgan Sharq memorchilik san’atining durdonalari bo‘lmish tarixiy obidalarini saqlash, ularni qayta tiklash va ta’mirlash ishlariga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Chunonchi,mustaqillik yillari Samarqanddagi Imom Buxoriy va Imom Moturudiy ziyoratgohlari, Buxorodagi Abduholiq G‘ijduvoniy va Bahouddin Naqishband, Minorai Kalon, va Masjidi Kalon majmualari, Farg‘onadagi Ahmad Farg‘oniy va Burhonuddin Marg‘iloniy yodgorliklari, Surxondaryodagi Hakim Tyermiziy va Imom Tyermiziy, Hivadagi Ichan qal’a, Shahrisabzdagi Dorut – tilovat, Qarshi shahridagi Odina va Ko‘kgumbaz obidalari, Karmana shahridagi Qosim shayh maqbarasi, Toshkentdagi Hazrati Imom (Hastimom) majmuasi singari o‘nlab qadamjolarni obod etish bo‘yicha keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari olib borildi.
Sobiq sho‘ro davrida boy ilmiy-madaniy myerosni o‘zida jamlagan tarixiy – ma’naviy qo‘lyozmalar maxsus fondlarda saqlab kelinar va ulardan faqat tor doiradagi mutaxassislar ilmiy maqsaddagina foydalana olardi. Bu ma’naviy myerosimizni asl insoniy mohiyatiga mos ravishda chuqur o‘rganish, ma’naviy hayotimizning uzviy bir qismi sifatida talqin va targ‘ib qilishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmasdi. Bunga jur’at qilgan odamlarning qanday tazyiq va xavf-xatarlarga uchrashi muqararligini yaqin o‘tmishimiz bilan tanish bo‘lgan har qaysi o‘rta va keksa avlod yaxshi biladi. Tarixiy madaniy – me’moriy madaniyat yodgorliklari –masjid va madrasalar, maqbaralar qarovsiz, xaroba holga kelib qolgan edi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq diniy ma’naviy-madaniy myerosimizga bo‘lgan bunday salbiy munosabatga chek qo‘yildi, ajdodlarimiz tamonidan yaratilgan boy ma’naviy va madaniy myerosga voris xalq ekanligimizni anglash va bu bilan faxrlanish yo‘lida qator tadbirlar amalga oshirildi. Ulug‘ ajdodlarimiz yaratgan bebaho ilmlar, jahon fani va madaniyatiga beqiyos katta hissa bo‘lib qo‘shilgan asarlarni tyeranroq o‘rganish imkoniyati yuzaga keladi. Yurtdoshlarimiz Imom at-Tyermiziy, Ahmad Yassaviy, Imom al-Buxoriy, Baxouddin Naqshbandiy, Mahmud Zamaxshariy, Burxoniddin Marg‘inoniy, Abu Mansur Moturudiy va boshqa islom olamining allomalari hayoti va ijodi o‘rganilib, ularning o‘lmas asarlari xalqimiz ma’naviy hazinasiga qaytarildi. Mazkur ulug‘ zotlar mangu qo‘nim topgan joylar obodonlashtirilib xalqimizning ziyoratgohlariga aylantirildi. Zotan bu buyuk siymolar odamlar ongiga poklik, halollik, diyonat, adolat, insonparvarlik kabi umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarni singdirishib, kishilik jamiyatining ezgulik yo‘lidan taraqqiy topishiga ulkan hissa qo‘shdilar.
Allomalar qoldirib ketgan ma’naviy myeros bugungi kunda diniy qadriyatlarimizni tiklashimizning asosi bo‘lmoqda, ma’naviyatimizni, qalbimiz va ruhiyatimizni boyitmoqda. Ularning asarlari o‘zbek xalqining moddiy va ma’naviy boyligi bo‘lishi bilan birga butun dunyo xalqlarining mulkiga aylangandir.
Avlod-ajdodlarimizdan qoldirilgan ana shu moddiy va ma’naviy myeros mustaqillik sharoitida ma’naviy tiklanish, ma’naviy poklanish, ma’naviy rivojlanishimiz uchun asosiy manba bo‘lib kelayotganligi, ruhiyatimizni boyitib borayotganligi madaniyat va ma’naviyatning har doim uyg‘un rivojlanishini tasdiqlovchi yorqin misol bo‘la oladi. Ular har doim bir-birlariga ijobiy ta’sir o‘tkazib o‘zaro bir-birlarini boyitib kelganlar. Ularning uzviyligi umummilliy ma’naviyatimizni rivojlantirishga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

«Ma’naviyatshunoslik» fanini o‘rganish va o‘qitish uslublari. Ma’naviyat ko‘ngil ko‘zgusidan taralgan nur, u inson qalbida yashiringan. Demak, «Ma’naviyatshunoslik» fanining asosiy vazifasi ham ruh tarbiyasi, ko‘ngil ko‘zgusiga sayqal byerishda har bir shaxsga ko‘maklashuvdir. «Ma’naviyatshunoslik» fani insonning Oliy haqiqatga nisbatini o‘rganadi. Buning uchun ma’naviyat muallimi, faylasufdan farqli o‘laroq, o‘z mulohazalarini sof mantiqiy mulohazalar tarzida emas, balki ma’naviy myerosga, bu sohada ajdodlarimiz yerishgan beqiyosyutuqlarga asoslangan holda olib boradi, ya’ni bu fan, ma’lum ma’noda, tarixiy-nazariy fandir. Uning tyeranligi va ko‘lami ajdodlarimizning ming yillar davomida to‘plagan yaxlit tarixiy-ma’naviy tajribasi bilan belgilanadi, shu bilan birga xalq donishmandligining turli suratlarda. zuhur etishi ham undagi nazariy xulosalarning manbayi bo‘lib xizmat qiladi.


Milliy ma’naviyat o‘tmishnigina emas, ham bugun, ham kelajakni o‘zida mujassam etadi. Buning uchun uning manbayi sifatida biz faqat ajdodlarimizning yozma myerosiga tayanib qolmay, balki ushbu myerosdan anglaganimizni bir paytning o‘zida xalqning tirik xotirasi bilan, uning ma’naviy qadriyatlari bilan qiyoslab, ularning uyg‘un jihatlariga e’tibor qaratishimiz lozim bo‘ladi. Shu bilan birga tarix tajribasi va sinovlaridan o‘tgan qiymatlarni umumbashariy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirib, hozir va kelajak uchun ahamiyati nuqtai nazaridan baholash ko‘zda tutiladi. Xullas, milliy ma’naviyat nazariyasi voqelikni faqat ong bilan, aql bilan tushunib etish tajribasiga emas, Haqiqatni anglab etishning barcha vositalari, e’tiqod, ibrat, taqvo, riyozat, irfon, mehr, did-farosat, amaliy yaratuvchilik faoliyatining barcha turlariga e’tibor qaratib, millatning barcha amaliy va nazariy tajribasini o‘rganishga intiladi, ushbu tajribani ongli o‘zlashtirishda har bir insonga ko‘maklashadi, maqsad bitta, ko‘ngil ko‘zgusiga sayqal byerishda har bir shaxsga iloji boricha yordam byerish.
Inson ruhida tabiatga nisbatan, o‘zgalarga nisbatan mehr va adolat tuyg‘ulari shakllanishiga uning moddiyligi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan nafsi ammorasi, ya’ni g‘aflat, shahvat va kibr kabi qusurlar doimo xalaqit byerib turadi, shuning uchun har bir kishi hayotga, o‘z faoliyatiga syergak boqishi lozim. Ushbu illatlar har bir inson fitrati bilan bog‘liq bo‘lgani tufayli inson moddiy mavjudot sifatida tirik ekan, ulardan butkul qutulish umidi xom xayol, faqat ulami muvozanatlovchi kuch kerak. Ayni shu kuch ma’naviyatdir.
«Ma’naviyatshunoslik»tushunchasi faqat ba’zi hollarda «madaniyat» tushunchasining tarkibida «ma’naviy madaniyat» («duxovnaya kultura») sifatida olib qaralgan. Bugungi kunda bu masalaga yangicha qarashshakllanib kelmoqda. Bu qarashga binoan ma’naviyat moddiy ehtiyojlar hosilasi sifatida emas, inson va jamiyat hayotining asosini tashkil etuvchi mustaqil uch yo‘nalish (iqtisod, siyosat, ma’naviyat)ning biri sifatida olib qaralmoqda. Shunday yondoshuvdan kelib chiqqanimizda, aksincha, «madaniyat» inson ma’naviy faoliyatining hosilasi, boshqa so‘z bilan aytganda, inson ma’naviyatining moddiy voqelikdagi izlari sifatida namoyon bo‘ladi. «Milliy ma’naviyat asoslari» fani dasturiy tizimini belgilashda ushbu yangicha yondoshuvga tayanildi.
Ma’naviyat insondagi yaratuvchilik qudratidir, insonda shu qudratni uyg‘otish va harakatga keltirishga muvaffaq bo‘linsa, barcha ulug‘vor rejalarni amalga oshirish uchun voqe imkon vujudga keladi. Masalaga bugungi jahon taraqqiyotining ilg‘or tamoyillari darajasida yondoshilsa, milliy ta’limning eng muhim vazifasi ham ana shu imkonni shakllantirish, ya’ni yosh avlod ruhida yaratuvchilik qudratini uyg‘otib, uni bashariyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi muayyan o‘zanlar sari yo‘naltira bilish bilan belgilanadi.
Ma’naviyat poydevori baquvvat bo‘lmasa, unday insonning butun g‘ayrati, jo‘shqin faoliyati, oxir natijada, xalq va vatan uchun, bashariyat kelajagi uchun, qolavyersa, uning o‘z shaxsi uchun qanday xulosaga olib keladi, aytish qiyin. Imom G‘azzoliy o‘z davrida bekorga aytmaganlar. «Shuni bilsinlarki, odamzodni azbaroyi o‘yin uchun yaratmishlar, aning amali ulug‘dir va uning uchun buyuk xatar bordir». Ana shu«ulug‘ amal» va «buyuk xatar» oralig‘ida yo‘nalishni to‘g‘ri belgilab olmoq ko‘p jihatdan ma’naviy ogohlik va kamolotga bog‘liq. «Milliy ma’naviyat asoslari» fanini o‘qitish jarayonida asosiy e’tibor ushbu «ma’naviy ogohlik» masalasiga qaratiladi, shu bosh maqsaddan kelib chiqqan holda, imkon darajasida yosh avlodni milliy ma’naviyatimizning asosiy tamoyillari, uning mingyillik ildizlari, takomil bosqichlari, bosh qadriyatlari va tayanch nuqtalari, kelib chiqish manbalaridan ogoh etiladi.
«Milliy ma’naviyat asoslari» fanining asosiy obekti-mustaqil O‘zbekiston uchun eng dolzarb muammolardan biri bo‘lgan shaxs va millat ma’naviyatining takomili, asosiy qadriyatlari, shakllanish yo‘llari xususidagi milliy ma’naviy myerosimiz an’analariga tayanuvchi nazariy xulosalar va qarashlar tizimidan iboratdir. Ma’lumki, jahon madaniyatiga bizning ajdodlarimiz qo‘shgan hissa ozmuncha emas. «Milliy ma’naviyat asoslari»ning maxsus fan sifatida o‘rganilishi, shu ma’noda, bugungi kunda ham jahon madaniyati rivojiga muayyan ijobiy natijalar keltirish ehtimolini nazardan qochirib bo‘lmaydi. Demak, milliy ma’naviyat doimo umumbashariy miqyosni nazarda tutgan holda o‘rganiladi.
Fanning o‘qitish uslublari 1) uning maqsad va vazifalaridan 2) ta’lim qaysi tinglovchilar (talabalar, o‘quvchilar) uchun mo‘ljallanayotganligidan kelib chiqib belgilanadi: ma’ruzalar, suhbatlar, turli xil amaliy mashg‘ulotlar tizimi har bir o‘quv yurti ixtisos yo‘nalishiga muvofiq ravishda ishlab chiqilib, ular nafaqat ushbu o‘quv yurti professor o‘qituvchilari, balki mavzu taqozosiga ko‘ra, respublikaning muayyan sohadagi etakchi olimlari va mutaxassislarini taklif qilingan holda tashkil etiladi. Darslar, ayniqsa, suhbatlar faqat darsxonalarida emas, mavzuga muvofiq ravishda turli madaniyat muassasalari, jumladan, muzeylar, teatrlar, ilmiy tadqiqot institutlari va h.k.larda ham tashkil etilishi yaxshi samara byeradi.
Ma’naviyatshunoslik” tarixiy-nazariy fan sifatida. Myeros insoniyatning har bir tarixiy bosqichda yashagan ajdodlari tomonidan yaratilgan va keyingisiga etib kelgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklari majmuidir. Madaniy myeros ham myeros doirasiga kiradi, ammo undan biroz farq qiladi. O‘tmishdagi barcha madaniyat yodgorliklari myerossifatida saqlanib qolishi mumkin, lekin ularni hammasi ham madaniy qadriyatga ega bo‘lavyermaydi. Madaniy myerosda kishilikning kelgusi taraqqiyotiga, ma’naviy yuksalishga xizmat qiladigan, unga ijobiy ta’sir qiladigan, qadriyat ahamiyatiga ega bo‘lgan tomonlar hisobga olinadi.
O‘tmish avlodlar yaratgan madaniy yodgorliklarning hammasi ham madaniy myeros bo‘lavyermaydi, chunki o‘tmishdan qolgan narsalarning hammasi ham qadriyat ahamiyatiga ega bo‘lavyermasligi hammamizga ma’lum. Masalan, Sho‘rolar davrida yaratilib, uning siyosati, mafkurasini targ‘ib etgan, endilikda o‘z umrini yashab o‘tgan kitoblarning bugun uchun ham, kelajak uchun ham qadriyati, ahamiyati yo‘q. To‘g‘ri, ular myeros, lekin madaniy myeros emas, ularni tarixiy fakt sifatida saqlab qo‘yish mumkin.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, madaniy myeros deb, o‘tmish avloddan keyingi avlodga vorislik asosida qoldirilgan, zamonda barqarorlik sinovidan o‘tgan, saralangan, insoniyatning hozirgi va kelgusi taraqqiyotiga xizmat qiladigan moddiy va ma’naviy madaniyat majmuiga aytishimiz mumkin.
Kishilikning har bir avlodi ajdodlari tomonidan yaratilgan madaniy boyliklarni myerossifatida qabul qilib oladi. Tarixiy vorislik – jamiyat va uning madaniyati ravnaqi shartidir. Ming afsuslar bo‘lsinkim, Sho‘rolar davrida madaniy myerosga to‘g‘ri munosabatda bo‘linmadi. «Boy-u zamindorlarga, hokim sinf tabaqalariga xizmat qilgano‘tmish madaniyatining bizga kyeragi yo‘q, yangi proletar (yo‘qsil) madaniyatni yaratamiz» degan shior ostida sobiq Sovet Ittifoqixalqlarining, jumladan o‘zbek xalqining moddiy va ma’naviy madaniyatiga qiron keltirildi, saroylar, masjid va madrasalar buzib tashlandi, qarovsiz xaroba holiga keltirildi, nodir asarlar yondirildi. Bu siyosat tufayli madaniy myerosimiz toptaldi.
Madaniy va ma’naviy myeros o‘zaro bir-biridan farq qilsa-da, ularning o‘rtasiga o‘tib bo‘lmas«Xitoy» devorini qo‘yish ham mumkin emas, madaniy myerosni barpo etishning zamirida ham ma’naviyat – ya’ni insonning ma’naviy–ruhiy bilimlari, qobiliyati, iste’dodi, aqli, empirik va nazariy bilim tajribalari, mehnat malakasi kabi boshqa ma’naviy faoliyatlari yotadi. Madaniy va ma’naviy myeros o‘rtasida umumiylik ham, farqli tomonlar ham mavjud. Ayni payitda ular o‘rtasida yuqorida aytilgan aloqadorlik, bog‘liqlik, o‘zaro munosabat, ta’sir bor. Shuningdek, madaniy myeros o‘z ko‘lami jihatidan ma’naviy myeros tushunchasidan kengroq.
Madaniy myerosda ko‘proq umumiylik ustunlik qilsa, ma’naviy myerosda xususiylik ustunlik qiladi. Madaniy myeros umuman madaniyat yutuqlarini o‘z ichiga qamrab olsa, ma’naviy myeros ma’naviy madaniyat yutuqlarini o‘z ichiga qamrab olishi bilan farqlanadi. Madaniy myerosning qadri abadul – abad tushmaydigan qismiga milliy qadriyat deyiladi. Ma’naviy boyliklar avloddan avlodga, bir tuzumdan ikkinchi tuzumga myerossifatida o‘tadi va jamiyat, uning ma’naviy taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ma’naviy myeros deb uzoq va yaqin o‘tmishdagi, hozirgi davrdagi ma’naviy jihatdan g‘oyat qimmatli, o‘chmas iz qoldiradigan, mangu yashaydigan, butun ijtimoiy manfaati va ehtiyojiga, ezgulikka xizmat qiladigan umuminsoniy ma’naviy boyliklarga aytiladi. Ma’naviy myeros ma’naviy qadriyat sifatida namoyon bo‘lib, unga ilm-fan, jumladan falsafa, adabiyot, san’at, axloq, diniy va dunyoviy ta’limotlar, hurfikrlik va boshqalar kiradi.
Ma’naviy myeros zamonlar o‘tishi bilan o‘z qadrini yo‘qotmaydi, balki sifat jihatdan yangicha mazmun va ahamiyat kasb etadi. Ma’naviy myeros kishilar ongiga, ichki dunyosiga, his-tuyg‘usiga ta’sir etib, ular ongini boyitadi, axloq odobni ezgulik sari yetaklaydi.
Ma’naviy myeros biror xalq, millat, uning vakillari tomonidan yaratilib, so‘ng umuminsoniyatning ma’naviy boyligiga, myerosiga aylanib qoladi. Markaziy Osiyo xalqlarining o‘tmish avlodlari qoldirgan ma’naviy myeros bungayaqqol misol bo‘la oladi. Ma’naviy myerosimiz jihatidan jahondagi oldingi o‘rinlardan birini egallaymiz. 1-Prezidentimiz Islom Karimov qayd etganidek, «Beshafqat davr sinovlaridan omon qolgan, eng qadimgi toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan 20 mingdan ortiq qo‘lyozma, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa,tibbiyot, matematika, fizika, ximiya, astronomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid o‘n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta myerosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kam topiladi. Shuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin»13. Bularning hammasi Turon zaminida yashagan ajdodlarimizning biz avlodlariga qoldirgan ma’naviy, tarixiy myerosidirkim, endi bu nodir ma’naviy myerosimizni jiddiy o‘rganish, xalqimizga etkazish davri keldi. Milliy-ma’naviy myerosimiz jihatdan Prezidentimiz ta’kidlaganidek jahon xalqlari orasida oldingi o‘rinlardan birida turamiz, ammo ana shuboy myerosimizni o‘rganish, o‘zlashtirish, idrok etish jihatidan jahon xalqlari orasida 57 o‘rinda turishimiz achinarli holdir. Milliy – ma’naviy myerosimiz bilan uni o‘rganish va idrok etish orasidagi masofa ancha olis.
Mazkur boy milliy – ma’naviy myerosimizni har tomonlama chuqur o‘rganish, idrok etishimiz uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bu imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish uchun tarixchi, olim, adabiyotchi, san’atkorlarimizdan, qo‘yingki milliy ma’naviyatimiz jonkuyarlaridan g‘ayrat –shijoat, qunt bilan ishlash, izlanish talab etiladi. Prezidentimiz aytganlaridek, xalqimizning tayanchi ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy myerosning o‘zi katta bir xazina. Bu xazinadan mustaqilligimizni mustahkamlashda, ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashda oqilona foydalanishimiz lozim. Qadimiy yozuvlar, bitiklar, xalq og‘zaki ijodi namunalari, ulug‘ shoir va mutafakkirlarimiz yaratgan dunyoviy bilim va badiiy asarlar, Qur’oni karim, xadislar, Yassaviy va Boqirg‘oniylar yaratgan diniy-axloqiy ruhdagi asarlar, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojiblar yaratgan axloqiy, pand-nasihat tipidagi asarlar, Najimiddin Kubro, Bahouddin Naqishbandiylar yaratgan, inson ichki dunyosi, ruhiyatiga qaratilgan ta’limotlar, Navoiyning o‘lmas badiiy ijod xazinasi va boshqalar bizning boy ma’naviy myerosimiz hisoblanadi. Ular inson ichki dunyosini, ruhiyatini, ma’naviyatni sayqal topishiga qaratilgan. “Muqaddaskitoblarimiz va qadriyatlarimiz, buyuq mutafakkir ajdodlarimiz myerosi bizni doimo halol mehnat bilan yashashga, mardlik, saxovat va kamtarlikka chaqiradi”14. Ularda insonlar ma’rifatga, ilm-bilim olishga, yuksak axloq – odobga, olijanob fazilatlarga, yaxshilikka da’vat etiladi; yomonlik, yovuzlik qoralanib undan saqlanishga chaqiradigan pand-nasihatlar, o‘gitlar juda ko‘p. Ular kishilarni ma’nan tarbiyalaydi. Ma’naviyatsizlik, ma’naviyatdan mahrum bo‘lish insonni o‘g‘irlik, yulg‘ichlik, poraxo‘rlik kabi illatlar sari yo‘llaydi. Bundan Allohning o‘zi asrasin!
Madaniyat, ma’naviy va madaniy myeros, ma’naviyat rivoji insoniyat sivilizatsiyasi bilan bog‘lanib ketadi. Ammo ularni bir-biri bilan aralashtirib yuborish ham to‘g‘ri bo‘lmaydi. Sivilizatsiyaning o‘zi insoniyatning madaniyati va ma’naviyati taraqqiyoti bosqichlarida ro‘y byeruvchi sifat jihatidan yangi bosqichi bo‘lib, kishilik jamiyati tarixida chuqur iz qoldiradi. Sivilizatsiya – ma’lum bir tarixiy bosqichda insoniyatning madaniy taraqqiyotida yaratgan, yerishgan, qo‘lga kiritgan sifat jihatidan yangi, yuqori yutuqlari majmui.
Ma’rifatparvarallomaAbdullaAvloniyinsonma’naviyyuksalishidabilimvailmningahamiyatiustidato‘xtabshundayyozganedi: «Ilmdunyoningizzati, oxiratningsharofatidur. Ilminsonuchung‘oyatoliyvamuqaddasbirfazilatdur. Zyerokiilmbizgao‘zahvolimizni, harakotimiznioyinakabiko‘rsatur. Zehnimizni, fikrimizniqilichkabio‘tkurqilur... Ilmsizinsonmevasizdaraxtkabidur»15.
IngilizfaylasufiF.Bekonta’kidlashicha«Bilimkuch, kuchesabilimdadir», Rudakiyesa«Bilim – barchakulfatlargaqalqon»debbilimninginsonhayotidamuhimahamiyatgaegaekanliginiizohlaydi. Ma’rifatliinsonbilimlidir. Biliminsonningfazilatiniulug‘lovchixususiyatlardanbiridir. Bilimolish, ma’rifatlibo‘lish, insonlarturlisohalardaqiyinchillikkaduchkelgandamoddiyvama’naviyjihatdang‘alabaqilishiuchunzarur. Bilimsiz, ma’rifatsizkishihimoyasizdir. Ayniqsa, mamlakatimizbozormunosabatlarigao‘tishjarayonikechayotganhozirgidavrdainsonlar, xususantadbirkorlarma’rifatlibo‘lmasekanlar, ularhayotqiyinchiliklarigabardoshbyeraolmayqiynaladilar.
Bilimli, ma’rifatlikishilarningko‘payishijamiyatboyligidir. Ma’naviyatniyuksaltirishhamma’rifatgabog‘liq. Milliyqadriyatlarningtarixini, kelajaginianglashma’rifatorqaliamalgaoshadi16.
Sivilizatsiyaning madaniyatdan farqi shundaki, u o‘zidan oldingisini qabul qilmaydi, balki sifat jihatidan yangi, unga o‘xshamagan o‘zgarishlarni vujudga keltiruvchi jarayon hisoblanadi.
Sivilizatsiya har bir xalqning yoxud jamiyatning, tarixiy bosqichning o‘ziga xos tarixiy-madaniy rivojlanishi, shakllangan qadriyatlari, tafakkur taraqqiyoti hisoblanadi. Hozirgi davrda ilmiy adabiyotlarda uni «Sharq» va «G‘arb»sivilizatsiyasiga bo‘lish qabul qilingan. Insoniyat tarixidagi bu sivilizatsiyalar hind, konfutsiylik, buddaviylik, musulmon yoki katolik, pravoslav va hokazolarning paydo bo‘lishi shaklida bo‘lgan.
Bugungi sivilizatsiya insoniyatning olamni bilishi, undan umumbashariy manfaatlari yo‘lida foydalana olishi, har bir halqning umuminsoniyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ma’naviyati va ma’rifati shaklida namoyon bo‘lmoqda.
Shunday qilib, madaniyat, ma’naviy myeros, sivilizatsiyalar yutug‘i jamiyat va inson ma’naviyatining rivojlanishida, ma’naviy barkamol avlodni voyaga etkazishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o‘tmishda toptalgan ma’naviy myerosimizni tiklashga qat’iyan kirishildi. Mustaqilligimizning o‘tgan o‘n yetti yili ana shu boy myerosimizni o‘rganish va o‘zlashtirish orqali chinakkam milliy tiklanishimizga yerishdik. O‘zbeklar o‘zining milliy-ma’naviy «qiyofasiga» ega bo‘ldilar. Ammo bu borada hali oldimizda juda katta vazifalar turibdi. Ana shulardan biri hali myerosimizning bizga noma’lum, ammo dunyoning turli mamlakatlarida saqlanayotgan, jahon sivilizatsiyasida munosib o‘rin egallab kelgan juda ko‘plab moddiy va ma’naviy myeroslarimizni o‘z Vatanimizga keltirishimiz, ularni o‘rganishimiz, dunyoqarashimiz va ma’naviyatimizning ajralmas qismiga aylantirishimiz lozim bo‘ladi.



Yüklə 307,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin