I bob. Matematika darslarida burchak va uning turlari bilan tanishtirish



Yüklə 468 Kb.
səhifə1/8
tarix03.09.2023
ölçüsü468 Kb.
#141315
  1   2   3   4   5   6   7   8
1 SINF MATEMATIKA DARSLARIDA BURCHAK VA UNING TURLARI BILAN TANISHTIRISH


1-SINF MATEMATIKA DARSLARIDA BURCHAK VA UNING TURLARI BILAN TANISHTIRISH
REJA:
KIRISH
I.BOB. MATEMATIKA DARSLARIDA BURCHAK VA UNING TURLARI BILAN TANISHTIRISH
1.1. Burchak va uning turlari
1.2.Boshlang‘ich sinflarda matematika kursida birinchi o‘nlik sonlarini o‘rganishda ko‘pburchaklar didaktik, ya’ni sanoq vositalari sifatida qo‘llanilishi
II.BOB.BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA KO‘P BURCHAKLAR VA ULARNING PERIMETRLARINI HISOBLASH
2.1. Ko‘pburchaklar perimetri hamda yuzasini hisoblash
2.2.Muntazam ko‘pburchaklar va ularning barcha tomonlari
Nomerlash kerak.
Imlo xatolarini to’g’rilash kerak.
Kirish
Toʻgʻri burchak deb gradus oʻlchovi 90^\circ90∘90, degreesga teng burchakka aytiladi. Toʻgʻri burchak toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi varaqning burchagi kabi mukammal burchak shaklida boʻladi. Quyida toʻgʻri burchakka namuna keltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 16 avgustdagi «Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan boshlang‘ich ta’lim nihoyasida o‘quvchilar matematikadan egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarining minimal darajasi belgilab berilgan. Jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari geometrik figuralarga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shartdir:
-rasmlarda kesma, uchburchak, to‘rtburchak (jumladan, to‘g‘ri to‘rtburchak va kvadrat), beshburchak va aylanalarni tanish;
-tevarak-atrofdagi geometrik shakllarni tanish va tora olish;
-kesma uzunligini o‘lchash, berilgan uzunlikdagi kesma yasash, kesma uzunligini ko‘z bilan chamalab o‘lchay olish;
-chizg‘ich va sirkuldan foydalanib, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, uchburchak va aylanalar yasay olish;
-ko‘pburchak perimetrini, to‘g‘ri to‘rtburchak yuzini va kvadrat birliklardan tuzilgan figuralarning yuzini hisoblay olish;
-uzunlik (mm, sm, dm, m, km) va yuza (sm.kv., dm.kv., m.kv.) o‘lchovi birliklarini, ular orasidagi asosiy nisbatlarni bilish, o‘z o‘rnida qo‘llay olish.
Ma’lumki, uzluksiz ta’lim tizimida boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’limning tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. 1-4-sinflarda o‘rganiladigan geometrik material 5-6-sinflarda o‘rganiladigan geometrik materiallarni, shuningdek, geometriya sistematik kursini o‘rganish uchun asos yaratish lozim bo‘lganligidan, uning mazmunini tarkib toptirish va rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan umumta’limiy maqsadlarni; yuqori sinflarda o‘quvchilar tomonidan geometrik materialni ongli va puxta o‘zlashtirish uchun zaruriy shart-sharoit yaratadigan geometrik tasavvurlar zahirasini hosil qilishga, ularning fazoviy tasavvurlarini tarkib toptirishga va rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgandir.
Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun boshlang‘ich sinflarda geometrik material mazmunini aniqlashda geometrik figuralar (nuqta, to‘g‘ri chiziq, egri chiziq kesmasi, siniq chiziq, burchak, ko‘pburchak, aylana, doira) va ularning elementlari haqida o‘quvchilarda tasavvurlar tarkib toptirish bilan bir qatorda, murakkab chizmalarda talab etilayotgan figuralarni ajratishga doir, o‘quvchilarni o‘rab to‘rgan predmetlar ichida ularga tanish bo‘lgan figuralarni topishga doir, geometrik figuralarni qirqish va qirqilgan bo‘lakdardan yangi figuralar yasashga doir, geometrik miqdorlar (kesma uzunligi, to‘g‘ri to‘rtburchak yuzi)ga doir mashqlarga katta e’tibor berilishi talab etiladi.
Kurs ishining dolzarbligi, amaliy ahamiyati bo’lishi kerak.



  1. Yüklə 468 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin