I-bob. Maydalovchi va kukunlovchi mashinalar-fayllar.org
b) portlatish usulida maydalash, bunda qurilish materiali bo‘laklari gaz bosishining keskin pasayishi yoki uchqun razryadi ta’siri ostida suvda portlash tuskining ta’siri natijasida (elektrogidravlik hodisa) dars (siniq) ketgan erlardan maydalaniladi.
v) elektrotermik maydalash, bunda materiallar tokning yuqori chastotasi yordamida ayni bir joyni chizdirish natijasida maydalaniladi.
Qurilish materiallari sanoatida asosan mexanik usulda maydalovchi maydalagichlar qo‘llaniladi va ular quyidagi asosiy tiplarga bo‘linadi.
a) Jag‘li maydalagichlar, bunda materiallar harakatsiz 1 va harakatlanuvchi 2 jag‘lar orasida maydalanadi. Bu vaqtda harakatlanuvchi jag‘lar oddiy yoki murakkab shaklda harakatlanishi mumkin, birinchi holatda material maydalanishi ezilish hisobiga bo‘lsa, ikkinchidan esa ezilish ishqalanish hisobiga amalga oshiriladi.
v) Barabanli maydalagichlar, bunda qurilish materiallari ikki bir biriga qarama-qarshi harakat qiluvchi barabanlar 1,2 orasida yoki aylanuvchi baraban va qo‘zg‘almas jag‘ orasida maydalanadi.
g) Urib maydalovchi maydalagichlar, bunda qurilish materiallari asosan korpus 2 ichida joylashgan bir yoki ikki aylanuvchi rotorlar 1 dinamik kuchlari ta’sirida maydalanadi.
d) Aylangichlar birida qurilish materiali aylanuvchi katok 1 va harakatlanuvchi (yoki harakatsiz) idish 2 orasida ezilish va ishqalanish natijasida maydalanadi.
Qurilish materiallari sanoatida qo‘llanuvchi kukunlovchi mashinalarni ishlashi bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Qurilish materiallari sanoatida qo‘llanuvchi kukunlovchi mashinalarni ishlashi bo‘yicha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
a) Mexanik usulda maydalovchi jismlar bilan kukunlovchilarda zarralarning maydalanishi ularning urishish va ishqalanish hisobiga amalga oshadi.