I bob milliy kurashning rivojlanish tarixi va falsafasi 4 1Milliy kurashning tarixi 4



Yüklə 331,16 Kb.
səhifə16/18
tarix10.04.2023
ölçüsü331,16 Kb.
#95628
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
kurash-haqida

Absattorov Ashirbek Abduqaxxorovich. Dotsent, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan sport ustozi. Xalqaro toifasidagi hakam. 30 dan ortiq o`quv-metodik adabiyotlar muallifi. Ko`plab shogirdlar tayyorlagan mutaxassis.
Omon Toymuratov. Dotsent, kurash bo`yicha sport ustasi. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan sport ustozi, kurash bo`yicha bir nechta o`quv-uslubiy qo`llanmalar muallifi. Shogirdlari Erali Maxmarasulov, Toshtemir Muxammadiev, Muxammaddust Toshev, Davlat Choriev, Sherali Jo`raev, Xikmat Kurtov, Olim Ravshanov, Shoxida Nazarova, Muxayyo Sattorova, O`g`iloy Nuralievalar jahon birinchiliklarining g`olibi va sovrindorlari bo`lishgan.
Kafiev Xushvaqt Kafievich. Sport ustasi, kurash bo`yicha xalqaro toifadagi hakam. O`zbekistonda kurash rivojiga hissa qo`shgan amaliyotchi mutaxassislardan sanaladi. O`z faoliyatini murabbiylik yo`nalishida olib borayotgan mutaxassis yuqori malakali kurashchilar tayyorlashga katta hissa qo`shgan. Uning qo`l ostida ko`plab sport ustalari va xalqaro toifadagi sport ustalari tayyorlangan.
Xushvaqt Kafiev bugungi kunda ham yetakchi kurashchilar tayyorlash borasida samarali mehnat qilmoqda.
Karimov Ibroxim. Sport ustasi, kurash bo`yicha xalqaro toifadagi hakam, mahoratli murabbiy. I.Karimov faoliyatini murabbiylik yo`nalishida olib bormoqda. I.Karimov qo`l ostida ko`plab malakali sportchilar yetishib chiqqan. Murabbiylik faoliyatida samarali mehnat qilib kelmoqda.
Kurashni rivojlantirishga berilayotgan e‘tibor va g`amxurlik sababli kurashni o`rganish va uning ilmiy asoslarin tadbiq etish masalasi takomillashib bormoqda. Bu o`rinda so`nggi yillarda yosh olimlar tomonidan amalga oshirilayotgan kuzatishlar
va tajribalar alohida ahamiyatga ega.


XULOSA


Kurash faollarining saʼy-harakatlari Oʻzbekiston bilan chegaralanib qolmadi. Ular 1992-yildan boshlab Janubiy Koreya, Kanada, Yaponiya, Hindiston, AQSh, Monako va Rossiyada oʻtkazilgan qator nufuzli sport anjumanlarida oʻzbek kurashini tanitishga qaratilgan tadbirlarga bosh qosh boʻldilar.


2020-yil 4-noyabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ- 4881-son qarori asosida “Kurash milliy sport turini 2025-yilgacha yangi bosqichga olib chiqish Konsepsiyasi” ishlab chiqildi.
Unda kurash milliy sport turini yanada ommalashtirish va rivojlantirishga to’siq bo’layotgan muammolar va ularni bartaraf qilish vazifalari belgilandi. Shu bilan birga Kurashni jahon xalqlarining sevimli sport turlaridan biriga aylantirish, uning insonparvar g’oyalarini keng targ’ib qilish orqali jahonda O’zbekiston nufuzini oshirishning ustuvor yo’nalishlari belgilab olindi.


Yüklə 331,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin