I bob. Milliy valyuta kursiga ta\'sir etuvchi omillar valyuta siy
II BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING VALYUTA SIYOSATI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH
2.1. O’zbekiston Respublikasida valyutani tartibga solish bosqichlari
Mustaqillikning ilk yillarida hali yagona rubl hududini barpo etish jarayonida valyuta siyosatining huquqiy bazasi shakllantirildi. 1993 yilning may oyida “Valyutani tartibga solish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Qonuni10 qabul qilindi. Xalqaro kredit hisob – kitoblari va ichki ho’jalik mexanizmi munosabatlarida, valyuta resurslarini boshqarish va tartibga solishda davlat organlariga vakolat berishda, valyuta qimmatliklariga ega bo’lish, foydalanish, tasarruf etishda jismoniy, yuridik va chet el fuqarolarining huquq va majburiyatlarini belgilashda, shuningdek, ularning valyuta nazorati asoslari
va respublikaning valyuta boshqaruvi siyosatida qonunchilikni buzish oldidagi javobgarliklarni aniqlashda mazkur qonun tayanch tamoyillarni taqdim etdi.
So’m kuponning oraliq to’lov vositasi sifatida muomalada bo’lishi davomida O’zbekiston hukumati tomonidan xorijiy valyuta bo zorini rivojlantirish uchun qator chora – tadbirlar ishlab chiqildi. 1994 yilda xorijiy valyutadagi foydadan soliq olish yo’lga qo’yildi. Ushbu soliq Respublikaga valyuta fondiga11 10% hisobida, mos mahalliy hokimiyat organlarning valyuta fondlariga 5% hisobida to’lanadigan bo’ldi. Xorijiy valyutadagi foydadan soliq to’lovchi korxona, bir paytning o’zida O’zbekiston respublikasi Markaziy Banki va Moliya vaziligi o’rnatgan tartibga muvofiq xarijiy valyutadagi foydaning 15% ini Markaziy Bankka sotuvni amalga oshirishga majbur edi12. Yuqoridagi soliq 1994 yil 15 aprelda bekor qilindi va ushbu sanadan e’tiboran uning o’rniga barcha korxonalar uchun xorijiy valyuta fondining 30%ini Markaziy Bankka majburiy sotish yo’la qo’yildi. Mazkur 30%ning 10%i Moliya vazirligi tomonidan Respublika valyuta fondiga yo’naltirilish uchun, 5%ini mahalliy hikimiyat organlari tomonidan mahalliy valyuta fondini shakllantirish uchun sotib olinadigan bo’ldi.
1994 yil 15 apreldan O’zbekiston respublikasi huhudida Rossiya Federatsiyasi Markaziy Banki tomonidan chiqarilgan banknotlarni muomalaga qo’yish va ular orqali bo’ladigan barcha to’lov ko’rinishlarini qabul qilish ta’qiqlandi. Shu paytning o’zida erkin konvertirlanuvchi valyutada mahsulot sotish va xizmat ko’rsatishga ruxsat berildi hamda xorijiy valyutaga nisbatan so’m kuponning valyuta kursi O’zbekiston Respublikasi valyuta birjasida doimiy olib boriladigan savdoda belgilanadigan bo’ldi.
Valyuta kursi rejimining o’rnatilishiga keladigan bo’lsak, dastlabki taxmin, ya’yi xorijiy valyuta nisbatan so’m kuponning ayirboshlash kursi real yig’ilib boruvchi konyuktura hamda ichki va tashqi bozorda narx paritetini hisobga olgan holda aniqlanishiga qaramasdan, amaliyotda valyuta kursi Markaziy bank tomonidan qattiq nazorat ostida qolaverdi. Markaziy Bank mazkur nazoratni xorijiy valyuta sotib oluvchiarning valyuta birjasiga ham tarkibi, ham soniga ko’ra, shuningdek, xorijiy valyuta hajmiga ko’ra kirishi orqali amalga oshirdi. Bunday siyosatdan maqsad birlamchi zaruriy mahsulotlarga narxning birdan ko’tarilib ketishiga yo’l qo’ymaslik, aholi real daromadlarining keskin pasayib ketishini oldini olish va ijtimoiy barqarorlikni saqlab qolishdan iborat edi.
Davlat valyuta nazorati natijasi o’laroq, xorijiy valyutaga nisbatan so’m kuponning rasmiy birjadagi ayirboshlash kursi parallel bozordagi ayirboshlash kursiga nisbatan baland bo’lib qoldi. Xususan so’m kuponning to’lov vositasi sifatida muomalada bo’lishi davomida uning ayirboshlash kursi norasmiy bozorda 1 AQSH dollari uchun 1993 yil noyabrdan 2000 so’m kupondan 1994 yil iyulgacha 35 000 so’m kupongacha keskin o’zgarib bordi. Bu paytda so’m kuponning rasmiy ayirboshlash kursi 1 AQSH dollari uchun 1200 dan atigi 5000 so’m kupongacha o’zgardi xolos. Tabiiy ravishda aholining valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali xorijiy valyuta sotishi amaliy jihatdan mutlaqo amalga oshmadi.
1994 yil iyulda muomalaga so’m kupon o’rniga to’laqonli milliy valyuta – so’m kiritildi va 1 O’zbek so’mi 1000 so’m kuponga teng deya belgilandi. Bu paytda ham so’mga, ham erkin ayirboshlanuvchi valyutaga ham mahsulot sotish va xizmat ko’rsatish saqlanib qoldi. Bundan tashqari jismoniy va yuriik shaxslarga O’zbekiston Respublikasining vakolatli banklarida xorijiy valyutada hisob varaqalari ochish va o’zlarining valyuta hisob varaqalaridan belgilangan tartibda mablag’ olishga, shuningdek, operatsiya amalga oshirilgan kundagi rasmiy kurs bo’yicha so’m yoki xorijiy valyutada valyuta hisob varaqalaridagi mablag’lari uchun foyda sifatida foiz olishga ruxsat berldi. Bunga qo’shimcha ravishda O’zbekiton Respublikasi Valyuta Birjasida xorijiy valyutga nisbatan so’mning ayirboshlash kursini aniqlash tartibi va xorijiy valyuta sotib oluvchilarni birjaga kiritishdagi qiyin tizim orqali valyuta ayirboshlash kursi ustidan valyuta nazorati saqlanib qoldi.
Milliy valyutani muomalaga kiritish zaruriyati quyidagi salbiy oqibatlar va ular ta’siriga tushmaslik natijasida vujudga kelgan edi:
Tovar bilan ta’minlanmagan rublning emissiya qilinishi;
Sobiq ittifoqdosh respublikalardan, jumladan qo’shni respublikalardan rublning mamlakatga oqib kelishi;
Inflyastion jarayonlarning kuchayishi;
Rubl zonasi doirasida pul-kredit nazoratining susayishi;
«Rubl zonasi»dan mustaqil respublikalar, shu jumladan O’zbekistonni iqtisodiy jihatdan Rossiyaga qaram qilib qo’yish va boshqalar.
Shu bilan birga O’zbekiston yagona rubl hududida bo’lgan davrda asosiy savdo sheriklarida giperinflyatsiya turlicha kechayotgan bir sharoitda noekvivalent tarzda tovar almashishga majbur edi. Jumladan, 1992 yil savdo balansining salbiy saldosi 1991 yil taqqoslama narxlarida hisoblangan ko’rsatkichlarga nisbatan 18,6 martaga yuqori bo’lgan.14 Muomalaga kiritilganidan so’ng, so’mning ayirboshlash kursi birinchi kim oshdi savdosida 1 AQSH dollari 7 O’zbek so’miga teng deb belgilandi. 1994 yil avgust – sentabr oylari davomida so’mning kursi 1 AQSH dollari uchun 11-12 O’zbekiston so’miga teng bo’lib, barqaror holiga keldi. Lekin mazkur kurs muvozanatdagi ayirboshlash kursiga nisbatan sezilarli darajada past bo’lib, parallel bozorda xorijiy valyutaga nisbatan so’mning qiymati 1 AQSH dollari uchun 20 – 22 O’zbekiston so’miga tengligini ko’rsatib turar edi.
1994 yilning 1 avgustida Markaziy Bank va O’zbekiston Tashqi Iqtisodiy Faoliyat Milliy Banki O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan o’rnatilgan ayirboshlash kursi bo’yicha vakolatli ayirboshlash shoxobchalari orqali jismoniy shaxslar uchun so’mni erkin konvertirlanuvchi valyutaga ayirboshlashni ta’minlovchi huquq berildi. So’mning AQSH dollariga nisbatan mazkur kursi O’zbekiston Respublikasi Valyuta Birjasida o’rnatilgan rasmiy ayirboshlash kursidan ancha past edi. Bundan tashqari ma’lum chegara aniqlangan bo’lib unga ko’ra 1994 yil oxirigacha har bir O’zbekiston Respublikasi fuqarosi 250 AQSH dollariga qadar sotib olishi mumkin edi.
1994 yil 1 sentabrdan vakolatli tijorat banklariga jismoniy shaxslarga ularning shaxsiy valyuta rezevlari chegarasida naqd so’mlarini erkin konvertirlanuvchi valyutaga ayirboshlash huquqi berildi. Ayni paytda banklarga mustaqil ravishda xorijiy valyutalar talab va taklifi hamda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki kurslarini hisobga olgan holda ayirboshlsh kursini o’rnatishga ruxsat berildi.15 1994 yil 10 sentyabridan jismoniy shaxslarga ayirboshlash shoxobchalari orqali erkin konvertirlanuvchi valyutaga nisbatan naqd so’mlar ayirboshlashning me’yoriy chegarasi oshdi. Endi fuqaro 1994 oxirigacha avvalgi ayirboshlash hajmini hisobga olgan holda 1000 AQSh dollarigacha ayirboshlashni amalga oshirishi mumkin edi.16 Bir paytning o’zida O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki ayirboshlash kursini tartibga solish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Valyuta Birjasidagi rasmiy ayirboshlash kursini yuqori sur’atlar bilan devalvatsiya qilishni boshladi. 1994 yil oktabr oyida rasmiy va tijorat kurslari tenglashib 1 AQSH dollari 20-22 so’mni tashkil etdi.
Shunday bo’lsada O’zbekiston Respublikasi Valyuta Birjasidagi valyutalar sotuv hajmi xali hanuz sezilarli bo’lmay, milliy valyuta kiritilganining dastlabki 4 oy mobaynida 1,5 – 3 mln. AQSH dollaridan oshmadi. Bunan tashqari parallel bozordagi ayirboshlash kursi rasmiy kursga nisbatan yuqori tezlikda pasaya boshladi. Shunga ko’ra, xorijiy valyuta bozorini takomillashtirish uchun qo’shimcha chora-tadbirlarga ehtiyoj sezildi.
1994 yil 15 oktabrda erkin konvertirlanuvchi valyutada savdo va xizmat ko’rsatish ta’qiqlab qo’yildi, jumladan, chet el fuqarolariga ham. Endi butun to’lov va hisob – kitoblar faqat va faqat milliy valyutada amalga oshadigan bo’ldi.17 1994 yil noyabr oyidan boshlab korxona va tashkilotlar tomonidan Moliya vazirligiga 10
% , mahalliy hokimiyat organlari valyuta fondiga 5% miqdordagi xorijiy valyutadagi foydaning majburiy sotuvi bekor qilindi. Korxona va tashkilotlarga tegishli xorijiy valyutadagi foydaning 30% hisobidagi majburiy sotuvi to’la miqdorda O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tasarrufida qoladigan bo’ldi. Bu valyuta vositalarini O’zbekiston Respublikasi Valyuta Birjasida savdo olib borish uchun yo’naltirish ma’qul deb topildi.18 O’zbekiston respublikasi Valyuta birjasida xorijiy valyuta sotuv hajmini oshirish bo’yicha chora-tadbirlarni davom ettirib, 1995 yil 1 yanvaridan davlat va makazlashgan eksportidan tushadigan barcha erkin ayirboshlanuvchi valyutadagi foydalar O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki majburiy sotuviga tegishliligi haqida qaror qabul qilindi.
Shundan keyin, xorijiy valyuta operatsiyalarini amalga oshirishga vakolatli bo’lgan tijorat banklari soni sezilarli darajada oshdi. Agar O'zbekiston Respublikasi Valyuta Birjasi ochilgandagi savdoda O'zbekiston Respublikasi Tashqi Iqtisodiy Faoliyat Milliy Banki qatorida atigi 5 ta vakolatli banklar ishtirok etgan bo’lsa, 1995 yil yanvar oyida ular soni 12 tani, 1996 yil sentabr oyida esa 20 tani tashkil etdi.
Ko’rilgan chora –tadbirlar O'zbekiston Respublikasi Valyuta Birjasidagi savdoda xorijiy valyuta sotuv hajmining sezilarli darajada oshishiga olib keldi. Ushbu savdo 1995 yil yanvarida 11-12 mln. AQSH dollarini tashkil etgan bo’lsa, shu yilning iyuliga qadar 18-19 mln. AQSH dollariga yetdi. Bunga yana 1995 yil aprelidan boshlab O'zbekiston Respublikasi Valyuta Birjasidagi xorijiy valyuta savdosi bo’yicha auksionlar haftasiga faqat bir marta emas, balki ikki marotaba o’tkaziladigan bo’ldi. Xorijiy valyuta taklifining oshishi ham mamlakat jahon bozoridagi asosiy eksport mahsulotlari konyukturasining oshishiga ham tasgqi savdo tarmog’I ko’rilgan chora – tadbirlarning samara berishiga, shuningdek, 1994 yil ikkinch yil yarmi davomida milliy vallyutaning sezilarli darajada devalvatsiyalashuviga imkon berdi. Xususan 1994 iyul – oktabr oylarida rasmiy ayirboshlash kursi 3 martadan ko’proq pasaygan bo’lsa, so’mning real ayirboshlash kursi AQSH dollariga nisbatan 38%, Rossiya rubli va qirg’iz somiga nisbatan deyarli 2 barobar, qozoq tengesiga nisbatan 2 barobar pasaydi.
1995 yil 1 iyuldan boshlab erkin konvertirlanuvchi valyutaga milliy valyutani ayirboshlashning me’yoriy summasiga chegara va fuqarolarning pasportiga xorijiy valyuta sotib olish oldidan shtamp qo’yish tartibi olib tashlandi.19 So’m rasmiy ayirboshlash kursining sezilarli pasayishi, O'zbekiston Respublikasi Valyuta Birjasida xorijiy valyutalar savdosi hajmining o’sishi va ayirboshlash shoxobchalari orqali xorijiy valyutalar sotuvi oshishi aholining milliy valyuta hisoblangan so’mga nisbatan ishonchini yanada oshirdi hamda o’zining uzoq kutilgan ijobiy natijalarini berdi. 1995 yil aprel oyidan boshlab parallel valyuta bozorida xorijiy valyuta ayirboshlash kursining pasayishi boshlandi, 1995 yil iyulda so’mning AQSH dollariga nisbatan ayirboshlash kursi ham rasmiy ham parallel bozorda amaliy jihatdan uzil – kesil tenglashdi.
1995 yil 25 iyul O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlisida so’zlagan nutqida Birinchi prezidentimiz quyidagi gaplarni faxr bilan tilga oldilar:
“Milliy valyutamiz – so’mimiz mustahkamlandi.Keyingi to’qqiz oy mobaynida so’mning AQSh dollariga amaldagi nisbati barqaror bo’lib turibdi.Agar 1995 yilning noyabrida bir AQSh dollari35.3 so’mga teng bo’lgan bo’lsa, shu yilning iyun oyida esa 37.6 so’mga teng bo’ldi.Bugungi kunda jamlangan oltin-valyuta rezervlarimiz etti oylik importni ta’minlashi mumkin.Bu Respublika valyuta birjasida doimiy ravishda savdo o’tkazish imkonini beradi.yarim yilning o’zida birjada sotilgan valyuta miqdori 1.5 mlrd. AQSh dollaridan oshib ketdi.Bu butun 1995 yil davomida almashtirilgan erkin muomaladagi valyuta miqdoridan ham ko’p demakdir.Biz bugungi kunda joriy operatsiyalar bo’yicha milliy valyutamizning to’liq konvertatsiyasiga kafolat berishimiz mumkin.”20 1994 yil noyabr oyidan boshlab milliy iqtisodiyotda inflatsiya sur’ati so’m real kursidan oshgan holda rasmiy ayirboshlash kursi pasayishi sur’atidan oshib keta boshladi.
Inflatsiya sur’atining rasmiy ayirboshlash kursi pasayishi sur’atidan oshib ketishi so’m real ayirboshlash kursining sezilarli darajada o’sishiga olib keldi. Xususan 1996 yil sentabr oyida so’mning real ayirboshlash kursi 1994 yildagi uning AQSH dollariga nisbatan kursidan 2,57 marta, qirg’iz somidagi kursiga nisbatan 1,85 marta, qozoq tengesidagi kursiga nisbatan 1,52 marta, Rossiya rublidagi kursiga nisbatan 1,37 marta baland edi. Buning natijasi o’laroq inflatsiya sur’atining nisbatan tez o’sishi so’m real ayirboshlash kursining o’sishi sharoitida naqd valyutalar tijoriy ayirboshlash kursining birjadagi rasmiy kursga tenglashtirishga imkon bo’lmadi. O'zbekiston Respublikasi Valyuta Birjasidagi savdoga haridorlarning kiritilishi ustidan mavjud davlat nazorati va o’rnatilgan ayirboshlash kursi ustidan nazorat rasmiy ayirboshlash kursining past sur’atda pasayishiga olib keldi. Bu usullar, albatta, naqd ayirboshlashlash bitimlari amalga oshirilishida tijoriy kursni qo’llab quvvatlash uchun noqulay edi. 1995 yil 16 oktabrdan O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki 1 AQSH dollariga nisbatan so’mning rasmiy birja ayirboshlash kursi 34,5 so’mligi sharoitida naqd xorijiy valyutalar uchun ayirboshlash kursini 41,3 ga qadar ko’tarishga majbur bo’ldi. Bundan tashqari xorijiy valyuta sotilishida nominal savdodan 20 % miqdorida komission yig’im olinadigan bo’ldi. Shu yilning 18 oktabrdan boshlab, tijorat banklariga O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan belgilangan ayirboshlash kursini talab va taklifdan kelib chiqib 15 % pasaytirish va ko’tarish chegarasida boshqarishga rucsat berildi. Shunday bo’lsada, xorijiy valyuta nominal sotuvida 20 % komission yig’im olish o’z kuchini saqlab qoldi, shuning uchun tijorat banklarining amaldagi maqsadi rasmiy kursdan 35% oshiq miqdorda stavkalar belgilashdan iborat bo’lib qoldi. Buning oqibatida naqd xorijiy valyutalar bozorida talab va taklifning vaqtinchalik muvozanati yuzaga keldi.21 Xorijiy valyuta erkin bozori, kurs pul – kredit, byudjet – soliq siyosatidagi koordinatsiyaning yo’qligi so’mning parallel bozordagi ayirboshlash kursi va rasmiy ayirboshlash kursilari o’rtasidagi farqning yanada o’sishiga turtki bo’ldi.
Valyuta bozorida tobora murakkablashib borayotgan holat rasmiy xorijiy valyuta bozoriga ruxsat etilgan xalq iste’molini import qiluvchilar uchun foydali bo’lib qoldi. Ular rasmiy ayirboshlash kursi bo’yicha xorijiy valyutani sotib olib, import qilingan tovarlarni parallel bozor ayirboshlash kursida sotb, yuzaga kelgan qulay holatdan monopol foyda ola boshladi. Buning oqibatida valyutani tartibga solishda yangi oqilona rejimga ehtiyoj borligi yaqqol ko’rinib qoldi. Nihoyat 1996 yil valyuta o’lchamlash rejimi qabul qilindi. 1996 yil oxirida iqtisodiyotda tuzilmaviy qayta qurishni jadallashtirish maqsadida valyutani tartibga solish rejimi mana shunday nom oldi.
Yangi valyutaning tartibga solish rejimining bosh xususiyati shunda ediki, unda import strukturasi va hajmini tartibga solishda asosiy element sifatida foydalanila boshlandi. Bundan maqsad iqtisodiyotda tuzilmaviy qayta qurishni jadallashtirishga kerak bo’ladigan uskunalar importini qo’llab quvvatlash edi. Xususan xalq iste’moli mollari importi uchun xorijiy valyuta sotuvini kvotalash qabul qilinib, O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki litsenziyasiga ega resident yuridik shaxslar erkin konvertirlanuvchi valyutada import qilingan xalq iste’moli mollari savdosidan tushgan so’m vositalarini konvertatsiya qilish uchun vakolatli banklarga ariza berishlari lozim edi.
1997 yil 1 yanvaridan bоshlab O’zbеkistоn Rеspublikasining birjadan tashqari valyuta bоzоri O’zbеkistоn Rеspublikasi Hukumatining Qarоriga asоsan, markazlashmagan ekspоrt bo’yicha оlingan valyuta tushumining 30 fоizlik majburiy sоtuvi markazlashtirilgan xоlda emas, balki birjadan tashqari bоzоrda majburiy sоtuvga qo’yilishidan bоshlab o’z rivоjini tоpdi. Bunga muvоfiq O’zbеkistоn Rеspublikasi Markaziy bankining valyuta zahiralari, majburiy tarzda valyuta tushumining bir qismini majburiy sоtuv sifatida ajratilishi xisоbiga emas, balki uning valyuta bоzоridagi оpеratsiyalari evaziga shakllanadigan bo’ldi.
2000-2002 yillarda valyuta rejimida sezilarli o’zgarishlar sodir bo’ldi. 2001 yil 1 noyabrdan boshlab, rasmiy va birjadan tashqari almashinuv kurslari birxillashtirildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 iyunda “Valyuta bоzоrini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to’q’risida”gi 263 raqamli qarori qabul qildi. Ushbu qarorga asosan, 2001 yil 1 iyuldan boshlab:
-erkin muomaladagi valyutada Birlashtirilgan barqarorlik jamq’armasini tuzish belgilandi;
-mikrofirmalar, kichik va o’rta kоrxоnalarni o’zi ishlab chiqargan tоvar ekspоrtidan tushgan valyuta tushumlarini majburiy sоtishdan оzоd etish ko’zda tutildi;
-chеt el kоmpaniya va firmalariga kafоlatlangan hajmlarda yuqоri likvid mahsulоtlarni erkin muоmaladagi valyutaga auktsiоn shartlari asоsida sоtib оlish huquqi bеrildi;
-ekspоrt qiluvchilar tоmоnidan valyuta tushumlarining 50 fоizini majburiy sоtilishini, jihоzlar, xоm-ashq va matеriallar impоrtini, yangidan jalb qilinuvchi chеt el krеditlari bo’yicha xizmat ko’rsatishni, darоmadlarni оlib chiqib kеtishni, dividеndlar va chеt el invеstоrlarining bоshqa darоmadlarini, xizmat safari xarajatlarini birjadan tashqari valyuta bоzоrida talab va taklif asоsida shakllanuvchi erkin kursga o’tkazish bеlgilandi;
-chеt el valyutasini birjadan tashqari bоzоrning erkin kursida sоtib оluvchi kоrxоnalarni erkin muоmaladagi valyutani sоtib оlinganda to’lanadigan 5 fоizlik to’lоvdan оzоd etish jоriy etildi.