Devalvatsiya — milliy valyutaning chet el valyutalariga yoki xalqaro hisob-kitob pul birliklariga nisbatan qadrini tushirishdir.
Devalvatsiyaning kelib chiqishiga sabab bo’lib, inflyatsiyaning kuchayishi va mamlakat to’lov balansining salbiy qoldiqqa ega bo’lishi hisoblanadi.
Devalvatsiya siyosati mamlakat to’lov balansi yomonlashganda va mamlakatga import oqimi sezilarli darajada ko’payganda amalda qo’llash iqtisodiyotga ijobiy ta’sir etadi. Masalan, 1949 yilda jahonning 37 mamlakati o’z valyuta kurslarining AQSh dollariga nisbatan devalvatsiya siyosatini qo’llashi (12 foizdan 30,5 foizgacha), bir tomondan, G’arbiy Evropa davlatlari korporatsiyalarining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, Amerika monopoliyalarining ular iqtisodiyotiga bo’lgan ta’sirini kamaytirishi va investitsiyalarga bo’lgan xarajatlarni pasaytirishi lozim edi.
Demak, devalvatsiyani qo’llash shart-sharoiti yuzaga kelganda uni darhol amalga oshirish lozim, aks holda sun’iy ravishda kursning qat’iy ushlab turilishi, butun iqtisodiyotga sezilarli darajada talofat yetkazishi mumkin.
Revalvatsiya— milliy valyutaning chet el valyutalariga yoki hisob-kitob pul birliklariga nisbatan qadrini oshirishdir. Revalvatsiya qadri kuchli valyutalarga nisbatan qo’llaniladi.
Inflyatsiyaning nihoyatda past darajada bo’lishi, uzoq vaqt davomida mamlakat to’lov balansining aktiv bo’lishi hamda milliy firma va kompaniyalarning jahon savdo bozorida raqobatbardoshligining ortishi revalvatsiyani keltirib chiqaradi. Revalvatsiya qadri kuchli valyutalarga nisbatan qo’llaniladi. Masalan, uni Evropa Ittifoqi, AQSh, Yaponiya davlatlarining valyutalariga nisbatan bemalol qo’llash mumkin. Inflyatsiyaning nihoyatda past darajada bo’lishi, uzoq vaqt davomida mamlakat to’lov balansining aktivligi milliy firma va kompaniyalarning jahon savdo bozorida juda raqobatbardoshliligi revalvatsiyaning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Revalvatsiya devalvatsiyaga nisbatan jahon amaliyotida kamroq qo’llaniladi.
Odatda valyutaviycheklashlar deganda, chet el valyutasi hamda valyuta qimmatliklari bilan bo’ladigan operatsiyalarga davlat tomonidan cheklashlarni joriy qilishga aytiladi. Hozirgi vaqtda deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda valyutaviy cheklashlar mutlaqo olib tashlangan, ayrimlarida esa uning zaif ko’rinishini kuzatish mumkin. Masalan, Buyuk Britaniyada 1979 yildan buyon valyutaviy cheklashlar mutlaqo yo’q. Valyutaviy cheklashlar mamlakatlar hududidan oltin va valyuta qimmatliklari chiqib ketishining oldini olishda, chet el valyutalariga bo’lgan talabni tartibga solish maqsadida qo’llaniladi.