I bob. Milliy valyuta kursiga ta'sir etuvchi omillar valyuta siyosatining mohiyati va xususiyatlari 7



Yüklə 177,7 Kb.
səhifə4/15
tarix18.04.2023
ölçüsü177,7 Kb.
#99646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
I bob. Milliy valyuta kursiga ta\'sir etuvchi omillar valyuta siy

Valyutaviy cheklashlar - chet el valyutasi hamda valyuta qimmatliklari bilan bo’ladigan operastiyalarga davlat tomonidan cheklashlarni joriy qilishga aytiladi. Hozirgi vaqtda deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda valyutaviy cheklashlar mutlaqo olib tashlangan, ayrimlarida esa uning zaif ko’rinishini kuzatish mumkin. Masalan, Buyuk Brita-niyada 1979 yildan buyon valyutaviy cheklashlar mutlaqo yo’q.
Bizga ma’lumki, jahon iqtisodiyoti bugungi kunda mahsulotlar va xizmatlar ishlab chiqarilishi hamda savdosi, ishlab shiqarish omillari harakati bilangina cheklanib qolmagan.Uning keskin rivojlanishida xalqaro valyuta tizimi mavjub bo’lib , u mamlakatni xalqaro maydonga chiqishiga ko’mak beradi. Mazkur valyuta mexanizmi o’z ichiga bir qator zarur instrumentlarni olgan bo’lib, bu instrumentlar valyuta siyosati orqali tartibga solinib turiladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishda valyuta siyosati quyidagi sabablar bilan shakllangan:

  • Milliy iqtisodiyotda valyuta, kredit va moliya munosabatlarining bir-biriga o’zaro bog’liqligi.

  • Xo’jalik munosabatlarini erkinlashtirish sharoitida bozor va davlat boshqaruvining bozor tomon yuz tutishi.

  • Ikkinchi jahon urushidan so’ng jahon siyosiy va iqtisodiy maydonida asosiy kuch hisoblangan AQSh o’rnida uchta asosiy hamkorlik va qarama-qarshi markazlarning tashkil topishi: AQSh, G’arbiy Evropa va Yaponiya.

  • Jahondagi yetakchi valyutalar, kredit va moliya bozorlari, ya’ni suzib yuruvchi kurslar, foiz stavkalari, birja inqirozlari va boshqalar o’zgarishining barqaror emasligi.

Valyuta siyosati maqsad va shakliga ko’ra 2ga bo’linadi:
Tarkibiy valyuta siyosati — jahon valyuta tizimi tarkibini o’zgartirishga qaratilgan uzoq muddatli tadbirlar majmuidir. Ular barcha mamlakatlarning maqsadlariga to’g’ri keladigan, alohida valyutalarni shakllantirishga qarshi qaratilgan valyuta tadbirlari orqali amalga oshiriladi. Tarkibiy valyuta siyosati, joriy valyuta tizimiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Joriy valyuta siyosati valyuta kursi, valyuta operatsiyasi, valyuta bozorining faoliyati va oltin bozorini qisqa vaqtda tezkorlik bilan boshqarishdir.
Valyuta siyosatining quyidagi shakllari mavjud:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin