I bob. Milliy valyuta kursiga ta'sir etuvchi omillar valyuta siyosatining mohiyati va xususiyatlari 7


Valyuta siyosatining asosiy usullari va instrumentlari



Yüklə 177,7 Kb.
səhifə6/15
tarix18.04.2023
ölçüsü177,7 Kb.
#99646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
I bob. Milliy valyuta kursiga ta\'sir etuvchi omillar valyuta siy

1.2 Valyuta siyosatining asosiy usullari va instrumentlari


Markaziy bank quyilgan makroiqtisodiy maqsadlarga tug’ridan-to’g’ri erisha olmaydi, chunki uning vazifalari bevosita tusda emas. Markaziy bank iqtisodiyotni valyuta- monetar siyosati usuli va instrumentlari orqali tartibga solib turadi. Bunda usul va instrumentlar bilan pirovard makroiqtisodiy maqsadlar oralig’idagi maqsadlarni tanlash zarurati tug’iladi.

Jadval 2. Valyuta-monetar siyosatning asosiy usullari

Diskont siyosatining instrumentlari
Markaziy bank hisob stavkasi
Foiz stavkalarini chegaralash
Har bir bank uchun kredit limitlari
Majburiy zahira talablari
Ochiq bozordagi operatsiyalar
Va boshqalar

Deviz siyosatining instrumentlari
valyuta zahiralarni diversifikastiya qilish,
valyutaviy cheklashlar
valyutaning almashuv darajasini boshqarish
valyuta kursining tartibi
devalvatsiya
revalvatsiya
valyuta intervenstiyasi



Diskont (foiz stavkasi) siyosati valyuta siyosatining usuli bo’lib, valyutani tartibga solishda foiz stavkasi orqali foydalaniladi. Foiz stavkasi — ssuda kapitalining yillik daromadini uning mutloq kattaligiga nisbatidan kelib chiqadi.
Foiz o’zining iqtisodiy ma’nosi bo’yicha ssuda kapitalidan foydalanganlik uchun to’lanadigan qo’shimcha qiymatdir. Foiz stavkalari odatda foyda me’yori orqali aniqlanadi, lekin amaliyotda foiz stavkasi darajasi ssuda kapitallariga bo’ladigan talab va taklifdan kelib chiqadi. Bu talab va taklif bir qancha fundamental iqtisodiy hamda boshqa omillarga bog’liq, ya’ni: davr bosqichidan, inflyatsiya darajasidan, iqtisodni davlat tomonidan monopol boshqaruvidan, Markaziy Bank siyosati va boshqalardan.

Yüklə 177,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin