I bob. Molekulyar biologiyaga oid masalalari va ularning yechimlari


OQSIL BIOSINTEZI, DNK OID MASALA YECHIMLARI



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə13/77
tarix17.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#156686
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   77
masala mashq uslubiy qo\'llanma

OQSIL BIOSINTEZI, DNK OID MASALA YECHIMLARI
3. Maʼlum bir DNK molekulasining uzunligi 316,2 nm edi. Mutatsiyadan soʻng uzunligi 306 nm boʻlib qoldi. Mutatsiyaga uchragan nukleotidlar sonini va mutatsiyaga uchragan gendan sintezlangan oqsildagi peptid bogʻlar sonini aniqlang.
A) 30 ; 299 B) 60 ; 300 C) 30 ; 149 D) 60 ; 299
Yechish :
1) 316,2 : 0,34 = 930 2) 930 • 2 = 1860 DNK dagi nukleotidlar
3) 306 : 0,34 = 900 4) 900 • 2 = 1800 mutatsiyadan keyingi nukleotidlar soni
5) 1860 - 1800 = 60 ta mutatsiyaga uchragan nukleotid.
6) 900 : 3 = 300 7) 300 - 1 = 299 ta peptid bogʻ Javob: D) 60 ; 299
4. DNK fragmentida 222 ta A nukleotidi mavjud bo’lib, u umumiy nukleotidlarning 10 % ni tashkil qilishi ma’lum. Shu fragmentga restriktaza fermenti yordamida ishlov berilgandan so'ng A-T juftligi 9,91 % ga; G-S juftligi esa 25 % ga kamaydi. Dastlabki va ishlov berilgandan so’ng DNK fragmentining uzunligini toping (nm).
A) 377,4 ; 181,22 B) 377,4 ; 806 C) 377,4 ; 294,44 D) 754,8 ; 588,88
Yechimi:
1) 222/0,1=2220 umumiy nukleotid. 2) 2220-444=1776 ( G+S)
3) 1776/2=888 4) 888+222=1110•0,34=377,4 dastlabki DNK uzunligi.
Ishlov berilgandan keyingisini topamiz.
1) 100 --------- 444
9,91 ------- x= 44
2) 100 ----------- 1776
25 ----------- x= 444
3) 444-44=400 (A+T)
4) 1776-444=1332 (G+S)
5) 400/2=200 6) 1332/2=666 7) 666+200=866 8) 866•0,34=294,44 . Javob: C) 377,4 ; 294,4
5.DNK umumiy 1200 juft nukleotid mavjud boʻlib, G va S juftligi A va T juftligidan 1,5 barobar koʻp boʻlsa, G va S orasidagi [H] bogʻlar sonini toping.
A) 3120 B) 2160 C) 960 D) 1440
Yechish :
1) 1 A --- T
1,5 G --- S
2) 1200/2,5= 480 3) 480•1,5=720 4) 720•3=2160 . . Javob: B) 2160 [H] bogʻ
6. 2820 ta fosfat kislota molekulasiga ega DNK tarkibida 850 ta dezoksiriboza molekulasi bo'lgan G nukleotidi bo'lsa, ushbu DNK fragmentidagi A va T nukleotidlari orasida nechta vodorod bog'i bo'ladi?
A) 2550 B) 1700 C) 3670 D) 1120 DTM_2016
Yechimi
1)2820 ta H3PO4bor degani umumiy nukleotid shuncha degani.
2)850 ta dezoksiribozali G degani G soni ham shuncha.
3) 850•2=1700 4) 2820-1700=1120 (A+T) 5) 1120/2•2[H bogʻ] = 1120 Javob: D) 1120
7. DNK da 9800 ta C atomi mavjud boʼlsa undagi T lar sonini aniqlang (nukleotidlarning 20 % ini G tashkil qiladi).
A) 100 B) 200 C) 300 D) 400 DTM_2017

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin