I bob. Molekulyar biologiyaga oid masalalari va ularning yechimlari


Moddalar almashinuvi ikkita funksiyani bajaradi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə32/77
tarix17.10.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#156686
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77
masala mashq uslubiy qo\'llanma

Moddalar almashinuvi ikkita funksiyani bajaradi.


Birinchi funksiyasi:
Hujayrani qurilish materiali bilan ta’minlab borish. Hujayraga kirib turadigan moddalardan — aminokislotalar, glyukoza, organik kislotalar, nukleotidlardan — hujayrada oqsillar, uglevodlar, lipidlar, nuklein kislotalar to’xtovsiz sintezlanib turadi. Bulardan hujayraning tanasi, membranalari, organoidlari shakllanadi. O’sib borayotgan, yosh hujayralarda sintez reaksiyalari ayniqsa faol boradi.
Biroq, o’sish va rivojlanishi poyoniga yetgan hujayralarda ham moddalar sintezi tinmay davom etadi, chunki hujayraning hayoti davomida uning kimyoviy tarkibi qayta qayta yangilanadi.
Hujayraning tuzilishiga hamda tarkibining yangilanib turishiga yordam beradigan reaksiyalar yig’indisi plastik almashinuv deb ataladi (yunonchadan «plastikos» yopishtirib yasalgan, haykal qilingan degan ma’noni beradi).


Ikkinchi funksiyasi:
Hujayrani energiya bilan ta’minlashdir. Hayot faoliyatining har qanday ko’rinishi (harakatlanish, moddalarni sintez kilish, issiqlik chiqarib turish va boshkalar)energiya sarflashni talab etadi. Hujayrani energiya bilan ta’minlab borish uchun unga kirib turadigan moddalarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan kimyoviy reaksiyalar energiyasidan foydalaniladi. Bu energiya boshqa turdagi energiyaga aylanadi. Hujayrani energiya bilan ta’minlab boradigan reaksiyalar yig’indisi energiya almashinuv deb ataladi.
Plastik almashinuv bilan energiya almashinuv bir-biri bilan chambarchas bog’langan. Bir tomondan, plastik almashinuvning hamma reaksiyalari energiya sarflashni talab qiladi. Ikkinchi tomondan, energiya almashinuv reaksiyalarining yuzaga chiqishi uchun fermentlar to’xtovsiz sintezlanib borishi zarur, chunki fermentlar molekulalarining “hayoti’’ qisqa bo’ladi.Plastik va energiya almashinuvlar orqali hujayra tashqi muhit bilan bog’lanadi. Bu jarayonlar hujayra hayoti saqlanib borishining asosiy sharti, uning o’sishi, rivojlanishi va funksiyalarini yuzaga chiqarish manbaidir. Tirik hujayra ochiq sistemadir, chunki hujayra bilan atrof- muxit o’rtasida moddalar bilan energiya tinmay almashinib turadi.



Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   77




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin