I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə31/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

Amirlikning qurolli kuchlari. Amirlik muntazam (doimiy) qo`shinga ega bo`lmagan, mavjud qo`shin nomuntazam bo`lib, qoracherik deyilgan, bu qo`shin zaruriyat tug`ilganda viloyatlardan to`plangan. Nasrullo 1-bo`lib muntazam qo`shin (navkariya) tuzish maqsadida 1837 yil harbiy islohat o`tkazgan. Muntazam qo`shinga ega bo`lish: 1) davlat yaxlitligini ta`minlashga xizmat qilib, mustaqillikka intilayotgan viloyatlarning imkoniyatini yo`qqa chiqarar edi. 2) qishloq xo`jaligida mehnat qilayotganlardan qoracherikka safarbar etiluvchilar sonini keskin kamaytirar, natijada safarbarlik davrida qishloq xo`jaligi qarovsiz qolishining oldini olar edi. 3) viloyatlar yuborishi lozim bo`lgan qoracherikka umid bog`lashdan amirni xalos etardi, zero barcha viloyatlar ham qoracherikni talab etilgan miqdorda yuboravermas edi.
Harbiy islohatga (1837) ko`ra, dastlab 800 kishilik sarbozlar (piyoda askarlar) va 250 kishilik to`pchilardan iborat muntazam qo`shin tuzilgan. Ular uchun maxsus uy-joy qurilgan. Sarbozlar maxsus kiyim (qizil kamzul, oq shalvar va qalpoq), nayzali miltiq, qilich va to`pponcha bilan ta`minlangan. To`pchilar qismini shakllantirishda chetdan to`p quyishni va otishni o`rgatuvchi mutaxassislar jalb etilgan. Navkariya tarkibida otliq qo`shin (navkar) ham bo`lgan. Muntazam qo`shinning harbiy xizmatchilariga mansab darajasiga qarab maosh to`langan.
Ichki siyosat. Mang`it hukmdorlari ichki siyosatining asosiy maqsadi markaziy hokimiyatni mustahkamlash, xalq ommasini qattiq itoatda tutishdan iborat edi. Mang`it hukmdorlari yirik zodagonlarning nufuzini kamaytirishga imkon beruvchi tayanch kuchlarni vujudga keltirish siyosatini tutdilar. Bunday ijtimoiy tayanch amaldorlar tabaqasi bo`lishi mumkin edi; amir saroyida xizmat qiluvchi 300 ga yaqin yuqori amaldorlik lavozimi joriy etildi. Mang`it amirlari markazlashgan mutlaq hokimiyatni barpo etishni o`zlarining bosh vazifalaridan biri deb hisoblaganlar. Ular amir shaxsiga sig`inish siyosatini yuritganlar. Amirlar mang`it qabilasini asosiy tayanchga aylantirganlar; davlat muassasalari asosan ulardan tashkil etilgan. Qabila boshliqlari bilan til topa olish - bu mamlakat xavfsizligining asosiy kafolatidan biri edi, shuning uchun mang`it amirlari boshqa o`zbek qabila boshliqlarini o`z xizmatlariga olar edi.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin