I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol


Xattotlik san’ati va me’morchilik



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə63/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

Xattotlik san’ati va me’morchilik ham Qo`qonda rivojlangan. Muhammad Latif, Mirzo Sharif Dabir, Abulg`ozixoja kabi xattotlar kitob ko`chirishda mashhur bo`lgan. Xorijiy shoh va elchilarga nafis ko`chirilgan kitoblarni tortiq qilish odatga aylangan edi.
Buxorodan bir guruh binokorlar taklif etilib, qurilgan mashhur binolar Madrasayi Mir (Norbo`tabiy) madrasasi, Daxmayi SHohon ansambli, Norbo`tabiy daxmasi saqlanib qolgan. Umarxon Turkiston va Oroldan Ettisuvgacha egallab, Oqmachit (Qizil O`rda), Avliyoota (Jambul), Pishpak (Bishkak) qal`alarni bunyod etdi.
Qo`qon xonligida: Norbo`tabiy, Madalixon, Kamol qozi, Tunqotar, Haqquli mingboshi, Miyon hazrat, Mohlaroyim, Hakim To`ra, Xonxoja eshon, Xojabek, Buzrukxo`ja, Pirmuhammad yasovul, Oxund devonbegi, Mingoyim jome madrasalari qurilgan
Toshkentda XIX asr 1-yarmida Baraqxon va Ko`kaldosh madrasalari qayta ta`mirlandi; Shayx Xovondu Tohir me`moriy majmuasi hozirgi ko`rinishda shakllantirildi; Zayniddin bobo uchun yangi maqbara qad ko`tardi. Yunusxo`ja qarorgohi bo`lgan Eski O`rda buzilgani sababli yangi markaz - Qo`qon O`rdasi bunyod etildi.


VIII bob: Markaziy Osiyo davlatlarining xalqaro munosabatlar
38-§. XVI – XVIII asrlarda xalqaro munosabatlar


Xuroson - raqobat maydoni. XVI asrda Osiyoda 3 siyosiy kuch: Movarounnahrda shayboniylar, Eronda safaviylar, Hindistonda boburiylar kurash maydoniga chiqqan edi. Bu 3 sulola manfatlari Xurosonda to`qnashdi. Xuroson harbiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy jihatdan muhim o`rin tutar edi, chunki Xuroson - Movarounnahr, Eron va Hindiston yo`nalishida o`ziga xos darvoza vazifasini ham o`tar edi.
Xurosonni nazorat qilish masalasida shayboniylar va safaviylar o`rtasida keskin kurash ketgan. Xuroson masalasida Shayboniyxon, Ubaydullaxon, Abdullaxon davrida shayboniylar ustunlik qilgan. Keyinchalik safaviylarning qo`li baland kelib, Xurosonni Movarounnahrdan ajratib tashlashga muvaffaq bo`lganlar.
Buxoro va Boburiylar davlati munosabatlari. Shayboniylar bilan boburiylar o`rtasida XVI asrda elchilik munosabatlari o`rnatildi. Unga Ko`chkunchixon va Bobur asos solgan edi. Abdullaxon II boburiy Akbarshoh huzuriga 4 marta elchi yuborgan. Akbarshoh elchisi 1586 yil Buxoroga kelgan. Elchilik munosabatlarida ikki davlatning Xuroson bilan bog`liq o`z manfaatlari masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, Hindistonga me`morlar, minatyurachi rassomlar yuborilgan. ikki mamlakat o`rtasida savdo aloqalari yo`lga qo`yilgan.
Buxoro va Hindiston o`rtasidagi elchilik munosabatlari Akbarshohning o`g`li Jahongirshoh (1605-1627) va Buxoro xoni Imomqulixon davrida davom etgan. Boburiy Shoh Jahon (1627-1658) davrida Hindiston-Buxoro munosabatlarida keskinlik yuz berdi, bu Buxoro xoni Nodir Muhammadxon va o`g`li Abdulaziz o`rtasidagi nizo bilan bog`liq bo`lib, Nodir Muhammad taxtdan quvilgach Balxga qochadi va Shoh Jahondan yordam so`raydi. Shoh Jahon yordamga emas Balxni bosib olish uchun kelganini tushunib etgan Nodir Muhammad Eronga qochadi. Abdulazizxon 1645 yil Balxni qamal qilgach, hind qo`shinlari qaytib ketadi. Avrangzeb Olamgir (1658-1707) Buxoro xonlari Abdulazizxon va Subhonqulixon bilan elchilik va savdo aloqalarini davom ettirgan.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin