I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol


Boburning Samarqand taxtini egallashi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə2/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

Boburning Samarqand taxtini egallashi. Boburning ham orzusi bobosi Amir Temur saltanatining markazi - Samarqand taxtini egallash edi. Boysung`ur va ukasi Sulton Ali taxt uchun kurash boshlaganinidan xabar topgan Bobur 1496 yil Samarqand qamal qildi. Biroq qish yaqinlashib qolgani uchun qamalini to`xtatib Andijonga qaytadi.
Bobur 1497 yil yana Samarqandga yurish boshlab, qamal qildi, qamal 7 oydan ortiq davom etdi. Shahar ichida oziq-ovqat tanqisligi tufayli Boysung`ur askarlari orasida parokandalik ro`y beradi. Boysung`ur Qunduz hukmdori Xusravshoh huzuriga qochdi. Bobur 1497 yil noyabr oxirida Samarqand taxtini egallashga muvaffaq bo`ldi.
Andijonda hokimiyat uchun kurash. Biroq bu hol uzoqqa bormadi. Boburning Andijondagi dushmanlari ukasi Jahongir Mirzoni Andijon taxtiga o`tqazadi. Bobur Andijonni saqlab qolishga qaror qiladi va Samarqandni 100 kun idora etgach tark etishga majbur bo`ldi. Samarqand taxtini Sulton Ali Mirzo egalladi.
Bobur va Jahongir Mirzolar o`rtasida 1500 yil sulh tuzildi, unga ko`ra Sirdaryoning shimoli va Axsi shahri Jahongirga, daryoning janubi va Andijon shahri Boburga berildi. Temuriylar saltanatining boshqa qismlarida ham Farg`onadagi kabi taxt uchun kurash davom etayotgani haqida o`sha davr tarixchisi Muhammad Solih "hamma bir-biridan qo`rqar edi, o`zlaricha shohlik talab qilib mamlakatda ig`vo urug`ini sochardilar"- deb yozgan. Muhammad Shayboniyxon Movarounnahr va Xurosonni egallashi uchun qulay sharoit vujudga keldi.


2-§. Dashti Qipchoqdagi siyosiy ahvol. Muhammad Shayboniyxon

"Dashti Qipchoq" deb ataluvchi geografik hudud XI asrdan boshlab arab va fors manbalarida tilga olinadi. Bu atama - Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanshanning g`arbidan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar cho`zilgan dashtlarga nisbatan ishlatilgan. Ural (Yoyiq) daryosi Dashti Qipchoqni sharqiy va g`arbiy qismlarga ajratib turgan. Bu hududlar rus manbalarida "Poloveslar eri" deb qayd etilgan, chunki ruslar Dashti Qipchoq aholisini poloveslar deb atashgan. Vizantiya manbalarida ular kumanlar, sharq manbalarida qipchoqlar deyilgan. Dashti Qipchoqning sharqiy qismi aholisi o`zbeklar deb atalgan.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin