I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə7/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

5-§. Buxoro xonligi


Xonlikning tashkil topishi. Shayboniylar urf-odatiga ko`ra taxtga yoshi kattasi o`tqazilgan. Shayboniyxon halok bo`lgach taxtga amakisi Ko`chkinchi Sulton o`tqazilgan, bu urf-odatiga XYI asr 40-yillaridan so`ng rioya etilmay qo`yilgan. Ko`chkinchixondan so`ng o`g`li Abu Said (1530-1533) taxtga o`tirdi. Undan keyin Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o`g`li Ubaydullaxon (1533-1540) hukmronlik qildi. Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko`chirdi. U Buxoroga otameros mulk deb qarar edi, chunki Shayboniyxon Buxoro hokimligini Ubaydullaxonning otasi Mahmud Sultonga bergan edi. Shayboniylarning Movarounnahrda tashkil etgan davlati (Ubaydullaxon davrida) endi rasmiy ravishda Buxoro xonligi deb ataladigan bo`ldi.
Ubaydullaxon Ismoil Safaviyning hujumini bartaraf etib Movarounnahrni harbiy-siyosiy tazyiqdan saqlab qoldi, bu davrda Buxoroning markaz sifatidagi nufuzi oshdi. Ubaydullaxon Buxoro davlatining chegaralarini Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi, u Hirotni ishg`ol etgan Eron qo`shinini bir necha marta mag`lubiyatga uchratgan edi, mamlakat ichkarisidagi o`zaro kurash va tarqoqlikka barham berdi. Ubaydullaxon vafot etgach ichki ziddiyatlar yana kuchayib, hokimiyat uchun kurash boshlandi. Shayboniyxon avlodlarining har biri o`z ota meros bo`lgan hududda mustaqillikka intilar, taxtga da`vogar edi. Ko`chkinchixonning o`g`li Abdullaxon I ning qisqa hukmronligidan so`ng qo`sh hokimiyatchilik vujudga kelib, bir davlatda ikki hukmdor paydo bo`ldi: 1) Buxoroda Ubaydullaxonning o`g`li Abdulazizxon. 2) Samarqandda Ko`chkinchixonning o`g`li Abdulatifxon hukumdorlik qila boshladi.
Abdullaxon II hukmronligi. Mamlakat bir necha mustaqil hokimliklarga bo`linib ketgan sharoitda parokandalikka chek qo`yish va markaziy hokimiyatni tiklash uchun Miyonqol hokimi Iskandar Sultonning o`g`li Abdullaxon II (1534-1598) kurash maydoniga chiqdi. U Shayboniylarning yorqin vakillaridan biri, Jonibek Sultonning nabirasi bo`lgan. Iskandarxon xonadoniga Buxoro yaqinidagi Jo`ybor qishlog`ida yashovchi shayx Muhammad Islomning ixlosi katta bo`lganligi Abdullaxonga ham bu kurashda katta madad bo`ldi.
M.Islomning oq fotihasi va ko`magi bilan Abdullaxon 1556 yil Buxoro taxtini amalda egalladi. U Xorazm va Xurosonni Movarounnahrga birlashtirish uchun ko`p janglar olib bordi. 1574-1595 yyil Balx, Samarqand, Toshkent va Farg`onani, Badaxshon va Xorazmni zabt etdi va o`z davlatiga qo`shib oldi. Abdullaxon davlati sarhadlari janubda - Hirotdan Mashhadgacha, shimolda - Orol dengizigacha, Kaspiy dengizidan Issiqko`lgacha etdi. Movarounnahr, Xorazm, Xuroson yana yagona hukmdor qo`li ostida birlashtirildi. Buxoro xonligi XYI asr oxiriga kelib nisbatan markazlashgan ulkan davlatga aylandi. Rossiyada bu davlatni “Velikaya Buxariya” (Buyuk Buxoro) deb atagan.
Shayboniylar XVI asrda etakchi sulola bo`ldi. Shayboniylarning eng qudratli vakili Abdullaxon II davrida o`zbek davlatchiligi o`z tarixida yana bir bor yuksak darajaga ko`tarila oldi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin