I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə5/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

Etnik jarayonlar. O`zbek xalqi Movarounnahr va Xorazmda IX – XII asrlarda shakllangan, lekin ular XVI asrgacha o`zbeklar deb atalmagan. Qadimdan turkiy etnik guruhlar nafaqat O`zbekiston zaminida, jumladan Dashti Qipchoqda ham yashab kelganlar. Dashti Qipchoqni XIII asr boshida zabt etgan mo`g`ullar turkiy qabilalar tarkibiga singib, o`z milliyligini yo`qotgan.
Shayboniylar yurtimizni egallagach: 1) XVI asrdan Dashti Qipchoqda yashovchi turli o`zbek qabilalari Movarounnahr va Xorazmga ko`chib keldi va Etnik jarayonga ta`sir ko`rsatdi, O`zbek xalqining tarkibi kengaydi. 2) ko`chib kelgan turli o`zbek qabilalari taraqqiyoti ustun bo`lgan mahalliy qardoshlari bilan yaqinlashdi. 3) ular o`troq hayotga moslashib asta-sekin Movarounnahr va Xorazmdagi qardoshlari tarkibiga singib ketgan, faqat hukmron qabiladan mahalliy aholiga “o`zbek” degan nom o`tgan, xalos. XVI asrdan Movarounnahr va Xorazmning mahalliy aholisi ham o`zbek deb atala boshlagan. Bundan o`zbek xalqi XVI asrda shakllangan, degan xulosa chiqmasligi lozim.


4-§. Zahiriddin Muhammad Bobur


Boburning Shayboniyga qarshi kurashi. Shayboniyxon 1500 yil Samarqandni egallagach, Bobur unga qashi yurish boshladi. Shayboniyxon bu paytda Samarqanddan tashqarida edi. Bobur Shayboniy qoldirgan 600 ta askarni qirib tashladi va Samarqand taxtini 2-marta egalladi. Shayboniyxon chekindi va bo`lajak hal qiluvchi janga tayyorgarlik ko`rdi. Zarafshon bo`yida 1501 yil aprelda bo`lgan og`ir jangda Bobur engilib Samarqandga chekinadi. Samarqandni qamal qilgan Shayboniyxon Boburga taklif qilgan haqoratli sulhga binoan Bobur Samarqandni tark etib, o`zga yurtlarga ketishga majbur bo`ldi. Bobur Kobulga borib 1504 yil hokimiyatni qo`lga kiritdi.
Shayboniyxon 1510 yil halok bo`lgach, Bobur shoh Ismoil yordamida Movarounnahrni shayboniylardan qaytarib olish uchun kurash boshladi va 1511 yil kuzida Samarqandni 3-marta qo`lga kiritdi. Bobur Samarqandni egallagach noiloj islomning shia yo`nalishiga e`tiqod qiluvchi shoh Ismoilni oliy hukmdor deb e`lon qildi, bu Samarqand xalqining Boburdan yuz o`girishiga sabab bo`ldi. Chunki, Movarounnahr aholisi, Bobur va Shayboniylar ham islomning sunniylik yo`nalishiga e`tiqod qilganlar. 1512 yil aprel va noyabrda Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o`g`li Ubaydulla Sulton bilan bo`lgan har ikki jangda Bobur mag`lub bo`ldi. Shoh Ismoilning Boburga yordam berish uchun yuborgan qo`shinini ham Shayboniylar noyabrda bo`lgan jangda mag`lub etdi. Bobur endi Movarounnahrdan tamoman umidini uzib yana Kobulga qaytib 1526 yilgacha idora qildi, so`ng Kobulni ikkinchi o`g`li Komronga qoldirib, o`zi Hindistonga yurish boshladi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin