I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə14/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

Tarix fani sohasida Shayboniylar davrida yirik tarixiy asarlar yaratilgan: Kamoliddin Binoiy “Shayboniynoma”, Muhammad Solih “Shayboniynoma”, Muhammad Haydar "Tarixi Rashidiy", Fazlulloh ibn Ro`zbexon “Mehmonnamayi Buxoro”, Hofiz Tanish Buxoriy "Abdullanoma", “Sharhnomayi shohiy”, Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy "Tarixi jadidayi Toshkand" asarini yozgan.
K.Binoiyning “Shayboniynoma” asari Dashti Qipchoq va Movarounnahrning XV asr o`rtalaridan XVI asr boshlarigacha bo`lgan voqealarni o`z ichiga oladi. Shuningdek, shayboniylar bilan Eron safaviylari o`rtasidagi munosabatlar haqida ma`lumot beradi. M.Solihning “Shayboniynoma” asari o`zbek tilida yozilgan bo`lib, Shayboniyxonning harbiy yurishlariga bag`ishlangan. Hofiz Tanish Buxoriy "Abdullanoma" asarini Chingizxonning Movarounnahr, Chingiziylar hukmronligining o`rnatilishi, Dashti Qipchoqda Abulxayrxon davlatining tashkil etilishi, Shayboniyxonning harbiy yurishlari, uning o`limidan so`ng Movarounnahrdagi ahvol, Abdullaxon II ning mamlakatni birlashtirish yo`lidagi kurashi tarixiga bag`ishlangan.
Adabiyot ham shayboniylar davrida rivojlanib, bu davr adabiyotida M.Shayboniyxon, uning jiyani Ubaydullaxon, K.Binoiy, M.Solih va Mushfiqiylar alohida o`rin tutadi. Umrini jangda o`tkazgan M.Shayboniyxon she`riyat bilan shug`ullanib, yuqori saviyali badiiy asar qoldirgan. Uning asarlari turli mamlakatlarga olib ketilgan, she`rlari to`plami bo`lmish “Devon”i Istambul kutubxonasida saqlanadi. Shayboniyxon she`rlarida Samarqandga, Buxoroni Ka`baga qiyoslaydi. M.Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon g`azal, ruboiy, qit`a va tuyuqlari bilan she`riyatga katta hissa qo`shgan. U "Ubaydiy", "Ubaydullo", "Qul Ubaydiy" taxalluslari bilan ijod qilgan. Ubaydullaxon fors va arab tillarini yaxshi bilgan va shu tillarda ijod qilgan o`zbek, fors va arab tillaridagi she`rlari 3 devonda to`plangan, keyinchalik ular bitta muqovaga jamlanib “Kulliyot” deb nomlangan.
M.Solihning “Shayboniynoma” asari ayni paytda adabiy doston ham hisoblanib, yuksak badiiy saviyasi va tilining soddaligi bilan ajralib turadi. Abdullaxon II saroyida xizmat qilgan va “Malik ush-shuaro” unvoniga sazovor bo`lgan shoir Mushfiqiy o`z she`rlarida yuqori tabaqa vakillari adolatsizligini fosh etgan.
Me’morchilikda shayboniylar poytaxt Buxoro va uning atroflarini obod qilishga harakat qildi. XVI asrda shu davr muhandisligi, ma`naviyati va madaniyatiga mos binolar qurildi. Buxorodagi Mir Arab, Abdullaxon, Samarqandda qurilgan Shayboniyxon, Toshkentda qurilgan Baroqxon va Ko`kaldosh madrasalari me`morchilikning yorqin namunalaridir. Baroqxon madrasasini Suyunchxo`jaxonning o`g`li Baroqxon qurdirgan, gumbazining balandligi 22 metr, mustaqillik yillarida ta`mirlandi. Mir Arab madrasasi 1530-1536 yyil SHayx Abdulla (Mir Arab) tomonidan qurilgan, xarajatlarni Buxoro xoni Ubaydullaxon bergan. Madrasa ulkan peshtoqli, 2 yonida gumbazli darsxona, masjid va go`rxona bor. Go`rxonada Ubaydullaxon sag`anasi va Mir Arab hamda uning qarindoshlarining qabrlari bor. Madrasa buugungi kunda ham islom oliy diniy o`quv muassasasidir.
Buxoroga kelgan Rossiya elchisi Antoniy Jenkinson: "Buxoro katta shahar, g`ishtlik va serhasham binolar ko`p. Hammomlar mohirlik bilan qurilgan, ularning misli dunyoda yo`qdir" deb yozgan. Abdullaxonning yurt obodonchiligi yo`lidagi sa`y-harakatlarini tarixchilar yuksak baholagan. Abdullaxon davrida markaziy hokimiyat kuchayishi tufayli katta qurilish ishlari amalga oshirilgan. 1000 dan ortiq: rabot va sardoba, madrasa, masjid, ko`prik, savdo markazlari va suv omborlari qurilgan.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin