I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə10/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Mehtar
Xon yasovuli - xon va shahzodalar o`rtasidagi ichki munosabatlar masalasi bilan shug`ullangan. Eshikog`aboshi - dargoh xavfsizligi, tartibi va kelgan-ketganlardan xabardor bo`lib turish masalalari bilan shug`ullangan. Shayxulislom - shariat qonunlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirgan. Qozikolon - sud ishlariga etakchilik qilgan. Muhtasib (rais) – mamlakatda jamot tartibini, diniy marosimlarga rioya qilinishini, bozorlarda narx va tarozining to`g`riligini nazorat qilgan. Mehtar - zakot va boshqa tushumlardan tushadigan mablag`larni zarur o`rinlarda ishlatishni nazorat qilgan. Naqib davlat mansabdori hisoblanmasada, saroyda nufuzi baland bo`lgan, u xonning eng yaqin va ishonchli kishisi sanalgan, ichki va tashqi siyosat masalalarida xonning maslahatchisi hisoblangan, zarur bo`lganda elchilik vazifasini ham bajargan. Naqibo`zlarini Muhmmmad (s.a.v.) payg`ambarning avlodlari deb hisoblovchilar (sayidlar) jamoasi etakchisining unvoni.
Ichki ziddiyatlar Shayboniylar davlatida markaziy hokimiyat bilan mahalliy hokimiyat o`rtasidagi ziddiyatlarda namoyon bo`lgan.
Er egaligining iqto, suyurg`ol, tanho, jogir turlari Shayboniylar davlatida bo`lgan. Davlat kichik-kichik mulklarga (suyurg`olga) bo`lib idora qilinardi, bu hol suyurg`ol egalarining hokimiyatdan ajralib chiqishga sharoit yaratar edi. SHayboniyxon bu xatoni tuzatishga intilib bo`ysunishni istamagan mahalliy hukmdorlar mustaqilligini tugatishga, ayrim hukmdorlarni almashtirishga harakat qildi, bu mahalliy hukmdor va zamindorlarning keskin noroziligiga sabab bo`ldi.
Shayboniylar davrida mehnatkashlarning iqtisodiy ahvoli nochor edi, ko`pchilik ersiz bo`lib, ijaraga er olib ishlagan. Asosiy soliq - sug`oriladigan erdan olinadigan Xiroj bo`lib, daromadning 30-40 %ini tashkil qilardi. Ixrojat - davlat muassasalari, qo`shin va xon xonadoni xarajatlarini qoplash uchun to`lanadigan soliq. Davlat pulga muhtoj bo`lganida Favqulodda soliqlar joriy etilgan. Aholi mehnat majburiyatini ham o`tagan, bu majburiyatlar: aholini kanal va zovurlar qazishga, yo`l va ko`priklar qurishga, em-xashak yig`ishga jalb etish.
Samarqand poytaxt sifatida xon taxtiga o`tqaziladigan joy hisoblangan, u erda xon sharafiga xutba o`qitilgan va pul zarb etilgan.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin