I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə18/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

Buxorodagi parokandalik oqibati Eronning Buxoroga hujum qilishiga sharoit yaratdi. Eron shohi Nodirshoh Kavkaz, Hindiston, Usmonli turklar va Afg`onistonga zafarli yurishlardan so`ng, 1736 yil Buxoro xonligiga bostirib kirdi. Nodirshohning o`g`li Rizoqul qo`shinlari Amudaryodan o`tib ko`pgina hududlarni bosib oladi. Buxoro xoni Xiva xonidan yordam so`rashga majbur bo`ladi. Xiva xoni Elbarsxonning yordamga kelayotganidan xabar topgan Rizoqul qo`shini Nodirshoh buyrug`iga binoan qaytib ketadi. Nodirshoh 1740 yil Buxoroga 2-marta hujum qildi. Buxoro xonligida muntazam qo`shinning yo`qligi, ichki nizolarni bartaraf etish bilan band bo`lgan Xiva xoni ham Buxoroga yordam bera olmaganligi Nodirshohning g`alabasini ta`minladi.
* Parokandalik - mamlakat viloyatlarining markaziy hokimiyatga bo`ysunmasligi, siyosiy tarqoqlik. Miyonqol - Samarqand atrofidagi Qoradaryo va Oqdaryo oralig`idagi hudud, keyinchalik Samarqand va Xatirchi oralig`idagi erlar.


11-§. Ashtarxoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot


Davlat tizimi va boshqaruvi Ashtarxoniylar davrida o`z tuzilishi va mohiyati jihatidan shayboniylar davridan deyarli farq qilmas edi. Davlatning ichki va tashqi siyosatiga doir masalalar rasman oliy hokimiyat boshlig`i Xon ixtiyori bilan hal qilinardi. Markaziy va mahalliy hokimiyat boshqaruvida ham shayboniylar davrida amalda bo`lgan lavozimlar saqlanib qolsada, ayrim o`zgarishlar ham bo`lgan. Chunonchi, shayboniylar davrida devonbegi xondan keyingi shaxs bo`lgan bo`lsa, endi otaliq bunday martabaga ega bo`lgan, shuningdek Ashtarxoniylar davrida saroy qutvoli davlat lavozimi joriy etilgan; u davlat mablag`i hisobiga amalga oshiralidagan qurilish, suv inshootlari barpo etish va obodonchilik ishlarini boshqargan.
Ma`muriy jihatdan Buxoro xonligi viloyatlarga, viloyatlar tumanlarga bo`lib boshqarilgan. Viloyat hokimlari xon tomonidan tayinlangan. Eng yuqori davlat lavozimlariga qudratli qabilalarning boshliqlari tayinlangan, bu esa mazkur qabilalarning mavqeini yanada kuchaytirgan. Harbiy sohada doimiy qudratli harbiy qo`shin va markaziy harbiy qo`mondonlikning yo`qligi, qo`shin zamonaviy qurol bilan ta`minlanmaganligi Buxoro xonligining harbiy jihatdan o`ta zaiflashuviga olib keldi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin