I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə26/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

15-§. Amirlikning xo`jalik hayoti


Er-suv mulkchiligining Buxoro davlatida 3 xil shakli bo`lgan: 1) davlat eri (amlok). 2) mulk erlari (xususiy), 3) vaqf erlari. Davlat erlarining suvsiz dasht, to`qayzor qismi ko`chmanchi jamoalarga bo`lib berilgan, ular davlatga xiroj to`lagan, bunday erlar sotilmagan va ayirboshlanmagan. Davlat erlarining boshqa bir qismi davlat oldidagi xizmatlari evaziga hukmron sulola a`zolariga, yirik davlat mansabdorlariga, lashkarboshilarga suyurg`ol shaklida in`om etilgan; suyurg`ol olganlar u erni boshqarish huquqini ham olganlar. Suyurg`ol egasi davlatga xiroj to`lashi lozim edi va oliy hukmdor chaqirig`iga ko`ra o`z qo`shini bilan harbiy yurishda ishtirok etgan.
Davlat erlarini XVI asrdan boshlab "tanho" shaklida in`om etish qaror topgan. Tanho egasi erga emas, mansabining darajasiga qarab shu erdan olinadigan soliqning ma`lum qismiga egalik qilgan. XIX asrda ham amirlikda tanhodorlar soni ortib borgan, eng kichik tanho eri 3-5 gektarni tashkil etgan. Davlat erlarining yana bir qismi dehqonlarga ijaraga berilgan. Xazinaga eng ko`p soliq shu erlardan tushar edi. (Davlat erlarining bir qismi suyurg`ol va tanho shaklida in`om etilgan).
Xususiy erlar (mulk)ning bir qismi xususiy shaxslarning erlari bo`lib, bu erlarga egalik qilish davlat xizmati bilan bog`liq bo`lmagan, ular asosan arablarga qarashli bo`lib, bu erlardan 1/10 qismi miqdorida o`lpon to`lagan. Mulk (xususiy) erlarning 2-qismi - (mulki hur yoki mulki hurri xolis) davlat xizmati bilan bog`liq bo`lib, urushlarda jasorat ko`rsatgan yoki hukmdorning alohida topshiriqlarini bajarishda namuna ko`rsatgan shaxslarga berilgan va maxsus yorliq berilib, barcha soliqdan ozod qilingan.
Vaqf erlari - masjid, mozor, xonaqoh, madrasa va maqbaralar uchun ajratilgan erlar. Vaqf erlari musodara etilgan, davlat hamda yirik er egalari tomonidan hadya etilgan erlar hisobiga vujudga keltirilar edi. Masjid, madrasa, qabristonlarning sarf-xarajatlari; talaba, mudarris, mutavallilarning maoshlari vaqf erlaridan olinadigan daromad hisobidan qoplanar edi. Vaqf mulkini mutavalli tasarruf etishi belgilab qo`yilgan.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin