I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol


-§. Amirlik shaharlari va savdo ishlari



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə28/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

16-§. Amirlik shaharlari va savdo ishlari


Samarqand - “Dunyoning husni” deb ulug`langan va amirlikning eng yirik shaharlaridan biri bo`lgan. Shaharda kulolchilik, cho`yan quyish (degrezlik), teri oshlash, qog`oz, kiyim, qurol ishlab chiqaruvchilar; baxmalboflar, kimxobgarlar, chitgarlar, bo`yoqchilar, po`stindo`zlar, mo`ynado`zlar mahallalari va rastalar bo`lgan. Samarqandda 7 ta: Ulug`bek, Sherdor, Tillakori, Safed (X.Ahror), Shayboniyxon, Qozi Soqiy, Xoja Abdulg`ofir madrasalari faoliyat ko`rsatgan. Samarqand shahri Ashtarxoniylar davrida siyosiy kurashlar va chet elliklar hujumi natijasida talangan va vayronaga aylangan. Amir Shohmurod davrida Samarqand deyarli qayta tiklangan.
Samarqand shahri XIX asr boshida baland devor bilan o`rab olingan. Uning 6 ta darvozasi bo`lgan, ular: Buxoro, Paykobod, Shohizinda, Qalandarxona, So`zongaron, Xo`ja Ahror nomlari bilan atalgan. Ko`chalar 6 ta darvozani Registon maydoni bilan bog`lagan. Shaharda 2 ta karvonsaroy, 3 ta hammom bo`lib, aholisi 25-30 ming kishini tashkil qilgan. Hunarmandchilikning shoyi to`qish, qog`oz ishlab chiqarish, kulolchilik, temirchilik, novvoylik, qandolatchilik va kashtachilik sohalari juda rivojlangan. 2007 yil Samarqand shahrining 2750 yilligi nishonlandi.
Buxoroda XIX asr 40-yillarida 38 ta karvonsaroy bo`lib, ularda musofir va mahalliy savdogarlar istiqomat qilgan. Karvonsaroyda ombor, do`kon, ustaxona, mehmonxona bo`lgan; karvonsaroylar amirga, ayrim shaxslarga va vaqfga tegishli bo`lgan. Buxoro karvonsaroylariga har yili 12-15 ming tuyada mol kelgan. Savdo ishini karvonboshi-amirlikdagi barcha savdo ishlarining boshqaruvchisi boshqargan. Buxoroda ichki va shaharlararo savdo 9 ta tim va chorsuda amalga oshirilgan. Buxoro shahrida 103 ta madrasa, 360 masjid, 83 ta hovuz mavjud edi. 1997 yil Buxoro shahrining 2500 yilligi nishonlandi.
Hunarmandchilik amirlik shaharlarining iqtisodiy hayotida muhim ahamiyatga ega edi. Hunarmandchilikning asosiy turlaridan biri to`qimachilik bo`lgan. Buxoro olachasi, bo`zi, bo`zga gul bosish yo`li bilan tayyorlanadigan chiti, shoyisi, Samarqandning to`q qizil baxmali mashhur edi. Yigirilgan ipdan ro`mol, choyshab, salla to`qish keng tarqalgan. Hunarmandchilikning asosiy tarmoqlaridan yana biri temirchilik va miskarlik bo`lib, o`roq, pichoq, qurol yasashgan. Temirchilar oybolta, qilich, xanjar, nayza, qalqon, kamon va uning o`qini, to`plar yasagan.
Hunarmandchilikning: zargarlik, kulolchilik, yog`ochsozlik sohalari muhim hisoblangan. Yog`ochdan: eshik, beshik, deraza, arava, sandiq, qayiq yasalgan. Yog`och o`ymakorligi alohida ahamiyatga ega edi, novdalardan savat to`qilgan. Uy sharoitida namat, gilam to`qish, oshlangan charmdan egar-jabduq, ayllar, pichoq qinlari, hamyonlar tikish keng rivojlangan.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin