I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə27/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

Soliq tizimi va majburiyatlar. Amirlikda asosiy soliq xiroj deyilib, u hosil ulushidan, mahsulot bilan to`langan. XIX asrda xirojning bir qismi pul bilan yig`iladigan bo`lgan. Amlokdor o`z odamlari bilan, qishloq oqsoqoli ishtirokida hosilni ko`z bilan chamalab to`lanadigan xiroj miqdorini aniqlagan.
Xirojdan tashqari bog`, poliz, ekilgan erlardan tanobona deyilgan soliq olingan, bu soliq miqdori ekinzorning bozorga yaqin-uzoqligiga qarab belgilangan. Keyinchalik polizlarga yangi soliq – qo`sh puli solinadigan bo`ldi, uning miqdori er haydashga yaroqli har bir juft ho`kiz hisobidan kelib chiqib belgilangan. Zakot solig`ining miqdori narsa qiymatining 2,5 %ini tashkil etgan, bu soliqqa chorva mollari egalari va savdogarlar tortilgan. Tanobona, zakot, qo`sh puli soliqlari faqat pul shaklida olingan.
Hashar yo`li bilan kanallar, inshoot, qal`a, ko`priklar, yo`llar ta`miri amalga oshirilgan. Ilgari hasharchilar oziq-ovqat bilan ta`minlangan, XVIII asrdan hasharga keluvchilar oziq-ovqati, ish asbobi, ot-aravasi bilan kelishi lozim bo`lgan.
Qishloq xo`jaligining taqdiri sun`iy sug`orishning to`g`ri hal etilganligiga bog`liq edi. Shuning uchun ham XVIII asrda sug`orish tarmoqlarining kengaytirishiga alohida e`tibor berildi. Zarafshon daryosida Xurmo (4 chaqirim) va Sarazm (3 chaqirim) nahr (ariq)lari chiqarilgan. Amir Shohmurod zamonida Urgut tumanida Qozonariq (40 chaqirim), Toyman arig`i (24 chaqirim), To`g`uzariq (24 chaqirim); Qoradaryo va Oqdaryodan ham nahrlar chiqarilgan. (1 chaqirim – 0,9 km.ga teng)
Sug`orish inshootlarini yaroqli holda saqlashning og`ir yuki, mehnatkashlar gardanida edi. Mehnatkashlar suv ayirg`ich to`g`oni qurishda mohir bo`lgan. Eng ko`p ishlatiladigan suv ayirg`ich daryo va kanallarga o`rnatilgan chig`ir bo`lib, ular suvni 4 metrdan balandga ko`tarib bera olgan. Suvni chuqur ariqlardan chiqarib olish uchun tutqichli suv ayirg`ichlar ishlatilib, bunda ot, tuya, eshak, ho`kizdan foydalangan. Bunday inshootlar Buxoro xonligi xo`jaligida katta o`rin tutgan. Har bir dehqon xonadoni yiliga 60-100 kungacha sug`orish inshootlari qurish, kanal va ariqlarni tazalash, sozlash ishlariga qatnashish.
Asosiy dehqonchilik quroli oddiy dehqon so`qasi (omoch) edi, dehqonning suyanchig`i ot, ho`kiz, sigir, tuya, eshak hisoblangan. Shu 2 muhim omil: hosildor tuproq va qulay iqlim oddiy ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan serhosil dehqonchilikni yo`lga qo`yish imkonini berar edi. Amirlik erlarida paxta, bug`doy, jo`xori, tariq, arpa, beda etishtirish dehqonchilikning asosini tashkil etardi. Har bir dehqon xo`jaligida o`z ehtiyoji va sotish uchun paxta etishtirilgan. Ipakchilik, bog`dorchilik, sabzovotchilik, polizchilik keng rivojlangan. Buxoro amirligi qovun va uzumi bilan mashhur edi.
Shaharlarni bog`lar o`rab turgan. 4 qismdan iborat alohida reja asosida qurilgan bog`lar bo`lib, bog` qismlarining har birini ariqlar ajratib turgan. Bunday bog`lar chorbog` deyilgan. Buxorodagi Jo`ybor va Toshkentdagi Kaykavus bog`lari eng mashhuri edi. Amirlikda bo`yoq olish uchun mardona o`stirilgan. Dorivor o`simliklardan dori tayyorlangan. Amirlikda dehqonchilikdan salmog`i pastroq bo`lgan chorvachilik ham rivojlangan. Dumbali va qorako`l qo`ylar, yirik shoxli qoramollar, tuya va otlar boqilgan.
* Tanob (chilvir, arqon) - ekin maydonini o`lchash uchun qo`llaniladigan yuza birligi. 1 tanob er maydoni - 8,33 sotix, 1 gektar er –12 tanobni tashkil etgan.



Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin