Erga egalik qilishning ilgarigi asrlarda bo`lganidek Ashtarxoniylar davrida ham mulki sultoniy, xususiy mulk, mulki hurri xolis, vaqf erlari shakllari mavjud edi. Mulki sultoniy - davlaterlari hisoblanib, undan keladigan daromad xon xazinasiga tushgan. Davlat erlaridan o`sha joylarda yashagan dehqonlar foydalangan, ular erni ishlatib, olingan hosildan xiroj solig`i to`laganlar. Xon davlat tasarrufidagi erlarni, aholi yashaydigan qishloqlarni shahzodalar, yirik din peshvolari va sayyidlarga suyurg`ol shaklida in`om qilardi, Suyurg`ol qilingan katta er egalari xon xazinasiga soliq to`lamas edi; Harbiy qism boshliqlari, saroy amaldorlariga tanho shaklida in`om qilardi, bunday erlar tanhodorning xususiy mulki bo`lmagan, tanhodor o`sha erlarda ishlayotgan dehqonlardan soliq yig`ib olish huquqiga ega bo`lgan.
"Mulki hurri xolis" - soliqlardan ozod qilingan mulklar bo`lib, Xon ayrim shaxslarga hukmdorga ko`rsatgan alohida xizmatlari uchun in`om etgan er-mulklardir. Vaqf mulklari - mulki sultoniy hisobidan diniy mahkamalarga berilgan bo`lib, bu erlar masjid, xonaqoh, qabristonlar mulki hisoblangan; vaqf mulkidan ham soliq olinmas edi. Barcha mulk shakllariga xos xususiyat - ularda ersiz kambag`al dehqonlar ijara hisobiga mehnat qilganlar.
Dehqonchilik_va_chorvachilik.'>Dehqonchilik va chorvachilik. Qabila boshliqlari va amirlar o`rtasidagi ichki kurashlar mamlakat iqtisodiy hayotini, aholining moddiy turmushini ayanchli ahvolga tushirdi. Sug`oriladigan erlarda bug`doy, arpa, jo`xori, loviya, mosh, sholi, paxta, sabzavot va poliz ekinlari ekilgan. Dasht va tog`oldi lalmi erlarda boshoqli ekinlar, kunjut, tarvuz, qovun ekilgan.
Dehqonchilik mamlakat iqtisodini butunlay inqirozga tushib qolishidan saqlab turgan asosiy omil bo`lgan. Ashtarxoniylar davrida suv inshootlari qurishga etarli e`tibor berilmasada, Imomqulixon 1614-1615 yyil Qashqadaryodan Qarshi cho`liga, 1633-1634 yyil Qo`shqo`rg`onda kanal qazdirgan.
Chorvachilik qishloq xo`jaligining etakchi tarmog`i bo`lib, aholi go`sht, sut mahsulotlari etishtirgan. Katta yaylovlar xon, saroy amaldorlari, din peshvolari, qabila boshliqlariga tegishli bo`lgan.
Hunarmandchilik mahsulotlari asosan shaharlarda, yirik qishloqlarda etishtirilgan. Hunarmandchilikning to`qimachilik tarmog`ida ip yigirish, gazlamalar tayyorlash, tayyor kiyimlar tikish, gilam to`qish, kashtachilik rivojlandi. Hunarmandchilikning kulolchilik tarmog`i ham rivojlanishiga sog` tuproq manbalarining ko`pligi sopol va chinni idishlar, ko`za, kosa tayyorlash imkoniyat berdi. Metal va yog`ochga ishlov berish orqali uy ro`zg`or buyumlari tayyorlash, binolar qurilishida yog`och va ganch o`ymakorligi ham ancha o`sdi. Buxoro va Samarqandda yuqori sifatli qog`oz ishlab chiqarish; tog`li hududlardan nodir metallar, kaliy qazib olish yo`lga qo`yilgan.
Savdo-sotiq ishlari XVII-XVIII asr 1-yarmida bir qadar oshib, savdoda Buxoro, Samarqand, Qarshi, Toshkent, Balx kabi yirik shaharlarning mavqei baland edi. Ichki savdoda dehqonchilik, chorvachilik mahsulotlariga va hunarmandchilik buyumlariga ehtiyoj kattaligi sababli bozorlar gavjum bo`lardi. Tashqi savdoda Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron, Qashg`ar, Turkiyaga paxta, teri, jun, matolar, qishloq xo`jalik mahsuloti chiqarilar edi. Buxorolik savdogarlarning Sibir shaharlarida o`z savdo rastalari bo`lgan. Buxoroga Xitoydan:shoyi matolar, chinni idishlar, dori-darmon, choy; Hindistondan: qimmatbaho toshlar, matolar, oltin iplar olib kelingan.