I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol


Iqtisodiyotda Shayboniylar davrida ham sun`iy sug`orish



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə9/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

Iqtisodiyotda Shayboniylar davrida ham sun`iy sug`orish bilan bog`liq muammolarni hal etish ishiga jiddiy e`tibor bilan qaralgan. Shayboniylar sulolasi vakillari Sangzor, Chirchiq, Sirdaryo, Amudaryo, Vaxsh va Murg`ob daryolaridan unumli foydalanish choralarini ko`rganlar. Shayboniyxon avlodlari keyinchalik Qashqadaryoning irmoqlaridan Kesh viloyatini sug`orish uchun 10 dan ortiq kanallar qazdirgan.
Sug`orish ishlari ayniqsa Abdullaxon II davrida keng rivojlangan bo`lib, 1556-1585 yyil Zarafshon daryosida Karmana, Mehtar Qosim, Chahorminor, Jondor suv ayirg`ichlari; Murg`ob vohasida Sangzor, Hovuzixon suv ombarlari; Jizzax vohasida Sangzor daryosidan Tuyatortar kanali; Somonjuq dashtida Xo`ja Ka`ab, Afshona kanallari; Amudaryodan Chorjo`yga; Murg`obdan Marvga; Vaxshdan uning atroflariga kanallar qazilgan. Abdullaxon Nurota tumanidagi Oqchob yaqinida Beklarsoy darasida joylashgan qadimgi to`g`on qoldiqlari o`rnida ulkan band qurdirdi. Abdullaxon bandi uning ravoqlarini to`g`on tepasida turib ochishi yoki bekitishi mumkin edi.
Abdullaxon II karvon yo`llarini jonlantirish, sardobalar, karvonsaroylar qurish va ta`mirlashga ahamiyat berdi. Yirik usti berk savdo rastasi 1577 yil Buxoroda qurildi, u Abdullaxon timi deyiladi. Shayboniylar davrida tikuvchilik, kulolchilik, temirchilik, qurolsozlik, zargarlik, qog`oz va qurilish ashyolari ishlab chiqarish rivojlandi.
Davlat boshqaruvi. Buxoro xonligi ma`muriy jihatdan viloyatlar va tumanlarga bo`lingan. Shayboniylar davrida ham temuriylar davridagidek Oliy davlat idorasi - dargoh deyilgan, uning tepasida Xon turgan. Ijro etuvchi hokimiyat ham devon (vazirlik) deb atalgan, unga devonbegi (bosh vazir) rahbarlik qilgan. Katta nufuzga ega bo`lgan devonbegi moliya va xo`jalik ishlarini ham boshqargan. Devon temuriylar davridagidek nufuzga ega bo`lmagan, sababi dargohdagi mansablar mavqeyining kuchli bo`lmaganligi edi.
Xon siyosatining viloyatlardagi ta`siri katta davlat mansabi bo`lgan Otaliqning nufuzi bilan belgilangan. Xon viloyatlarni shahzodalarga taqsimlagach, ularga rahnoma etib tayinlangan nazoratchi, ishonchli shaxs otaliq deb atalgan. SHahzodalar ulg`ayib, balog`atga etib, mustaqil faoliyat yuritgunlariga qadar viloyatlardagi davlat ishlarini shahzodalar nomidan otaliqlar boshqargan. Parvonachining vazifasi xon farmonlarini, rasmiy hujjatlarni mas`ul shaxslarga, ijrochilarga etkazishdan iborat bo`lgan. Dodxoh mansabida ishlagan amaldor dargohga tushgan arizalarni qabul qilib, javob qaytargan, u adolat mezonlariga amal qilinishini ham nazorat qilgan. Ko`kaldosh mansabiga xon sulolasiga eng yaqin shaxslar tayinlangan, u xon siyosatiga fuqarolarning munosabatini o`rganib, bu siyosatning daxlsizligini ta`minlagan.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin