I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə8/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

Shayboniylar hukmronligi tugashi. Abdullaxon II mamlakatni birlashtirish yo`lida shayboniy sultonlarning markaziy hokimiyatni kuchsizlantirishga urinishlariga qarshi shafqatsiz kurashdi, hatto qarindoshlariga ham shafqat qilmadi. Abdullaxon II yirik markazlashgan davlat barpo etgan bo`lsada, davlatdagi ichki nizolarga to`la barham bera olmadi. 1598 yil Abdullaxon II vafot etgach, taxtga o`tirgan o`g`li Abdulmo`minni o`sha yili fitnachilar o`ldirdi, undan qolgan 2 yashar o`g`lining xonlik huquqini hech kim tan olmadi. Taxt uchun kurash boshlanib Buxoroning bir guruh amaldorlari Ibodulla Sultonning o`g`li Abdulaminni taxtga o`tqazishga urindi. Shayboniylarning boshqa guruhi Abdullaxon II ning amakivachchasi - Balx hokimi Pirmuhammadni taxtga o`tqazdi.
Buxorodagi ichki nizolar tufayli og`ir vaziyatdan foydalanib: 1) Eron shohi Abbos bostirib kirdi, u Nishopur, Sabzavor, Mashhad, Hirotni egallaydi. 2) Xorazm Buxorodan chiqib mustaqilligini tikladi. 3) Qozoq xoni Tavakkal Axsi, Andijon, Toshkent, Samarqandni egallab, Buxoroga yurish qildi. Pirmuhammadxon 1599 yil Tavakkalni tor-mor qildi va Movarounnahrni ozod qildi. Qozoqlar qo`shini Dashti Qipchoqqa chekindi. Pirmuhammad Buxoro xonligini yana 2 yilcha idora qildi. Pirmuhammad va Samarqand hokimi ashtarxoniy Boqi Muhammadxon o`rtasida 1601 yil bo`lgan jangda Pirmuhammad engiladi va o`ldirildi. Abdullaxon II vafotidan 3 yil o`tib 1 asr yashagan shayboniylar hukmronligi 1601 yil barham topdi. (1572 yil miniaturada Abdullaxon II tasvirlangan).


6-§. XVI asrda Buxoro xonligida ijtimoiy-iqtisodiy hayot


Shayboniylar islohati. Shayboniyxon davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan mustahkamlash yo`lida islohatlar o`tkazdi:
1) u davlat boshqaruvida suyurg`ol tizimini joriy etdi, ya`ni hududlarni boshqarishni farzandlari, qarindosh-urug`lari, birodarlariga topshirdi. Movarounnahrni shayboniylar 1512 yil tamoman egallagach, viloyatlarni qayta taqsimlashni nufuzli vakili Jonibek Sultonga topshirdilar. U Samarqandni Ko`chkinchixonga, Toshkent viloyatini Suyunchxo`jaga, Buxoro va atrofini Ubaydulla Sultonga doimiy merosiy mulk qilib berdi. Lekin suyurg`ol mulklar markaziy hokimiyatdan mustaqil bo`lishga intilgan.
2) Er-suv qaytadan taqsim qilinib, ko`chmanchi qabila zodagonlari o`z mulklarini engilgan mahalliy mulkdorlar mol-mulkini musodara qilish, sotish, egasiz qolgan erlarni o`zlariniki qilib olish yo`li bilan ko`paytirib oldilar.
3) Mamlakat ichida ijtimoiy hayotni tartibga solishga imkon beruvchi islohat o`tkazildi, keyingi 10 yil ichida soliqlar og`irligidan va mulkdorlar zulmidan er-suvlarini tashlab ketgan xo`jaliklar erlarini ishga tushirish masalasi ko`rib chiqildi.
4) Shayboniyxon 1507 yil Pul islohati o`tkazdi va katta shaharlarda vazni bir xil 5,2 gr. kumush tangalar va mis chaqa pullar zarb qilinib, muomalaga chiqarildi. Pul islohati-iqtisodiyotni tartibga solish va savdo-sotiqni jonlantirish maqsadida o`tkazilgan edi. Pul islohati dehqonlarning soliq to`lash imkoniyatini oshirishga, davlat va xon mulkini ko`paytirishga imkon berdi.
Shayboniyxon amalga oshirgan bu tadbirlar markaziy hokimiyatni mustahkamlashga xizmat qilishi zarur edi. Shayboniy vafotidan so`ng o`zaro taxt uchun kurashlar va Eron bosqinchilariga qarshi kurash iqtisodiyotga salbiy ta`sir ko`rsatdi. Bu hol pul qadrsizlanishiga olib kelgan. Oliy hukmdor Ko`chkinchixon navbatdagi pul islohatini o`tkazishga majbur bo`lgan, shu yo`l bilan ahvol bir maromga tushishiga erishilgan. Abdullaxon II o`tkazgan pul islohati Buxoro tarixida muhim ahamiyatga ega voqea bo`lgan, u oltin pul zarb etib, uning tarkibiga qiymati past bo`lgan boshqa ma`danlar aralashtirmasligini qattiq nazoratga olgan. Oltin pullar xonlikning butun hududida muomalaga kiritilishi hokimiyatning yanada markazlashuviga, xazinaga katta daromad tushishiga va savdo yanada jonlanishiga olib keldi.

Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin