I bob. Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. 1-§. XV asr oxiri – XVI asr boshida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy vaziyat Siyosiy ahvol


Shayboniyxon hokimiyati kuchayishi



Yüklə 1,36 Mb.
səhifə4/69
tarix12.10.2023
ölçüsü1,36 Mb.
#154578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
2к Ўзб. тарх-Маъруза матн

Shayboniyxon hokimiyati kuchayishi. Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Muhammad Shayboniyxon timsolida Abulxayrxon vafotidan so`ng boshlangan qirg`inlarning yana takrorlanishiga yo`l qo`ymaslikka qodir shaxsni ko`rdilar. Shuningdek Dashti Qipchoq qabilalari ko`pdan buyon o`troq hayot tarzida yashashni orzu qilib kelardilar, bu orzuning ushalishi unumdor erlarni bosib olish hisobiga ro`yobga chiqishi mumkin edi. Kuchli yollanma qo`shinga ega bo`lgan Muhammad Shayboniyxonni Dashti Qipchoq qabilalarining rahnomalari va ruhoniylar qo`llab-quvvatlaydilar, chunki ular Muhammad Shayboniyxonni o`z orzularini ro`yobga chiqarishga qodir shaxs deb hisoblardilar.
Qabilalar rahnomalari va ruhoniylar erlari unumdor, hunarmandchiligi rivojlangan o`lkalarda, birinchi navbatda Movarounnahrda Muhammad Shayboniyxon hokimiyati o`rnatilishi o`troq hayotga o`tish imkonini berishini ham yaxshi bilganlar. Bu omillar Muhammad Shayboniyxon hokimiyati kuchayishiga yordam berdi. Movarounnahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi ham Muhammad Shayboniyxonning nufuzini yanada oshirdi. Temuriylarning taxt uchun kurashidan charchagan Movarounnahr zadogonlari, ruhoniylar va oddiy aholining ma`lum qismi ham Muhammad Shayboniyxon timsolida Movarounnahrda tinchlik o`rnatishga qodir yagona shaxsni ko`rganlar. Shu sababli Muhammad Shayboniyxonni qo`llab-quvvatlaganlar.
Movarounnahrda Shayboniylar hukmronligi. Shayboniyxonning asosiy maqsadi Temuriylar saltanatiga barham berish edi. U 1499 yil Mavorunnahrga yurish boshladi, bunda u raqiblarni sarosimaga solib qo`ygan jang usuli - to`lg`amani qo`lladi. Shayboniyxon Samarqandni dastlab 1500 yil qisqa muddatga bo`lsa-da egalladi va yangi o`zbek davlati – Shayboniylar davlatiga asos soldi. U 1501 yil Samarqandni uzil-kesil egallagach, Sulton Ali Mirzo qatl etildi, Shayboniyxon endi butun Movarounnahrni egallashga kirishdi.
1503 yil Toshkent va Shohruhiyani egallandi, Shayboniyxon bu shaharlarga Ulug`bekning Abulxayrxonga uzatilgan qizi Robiya Sultonbegimning o`g`illari Ko`chkunchixon va Suyunchxo`jani hokim etib tayinladi. Buxoro viloyatiga o`zining ukasi Mahmud Sultonni hokim etib tayinladi. 1504 yil Farg`ona egallandi, harbiy yurishlarda faol qatnashgan amakisining o`g`li Jonibek Sultonga Axsi va Andijonni tortiq qildi. U Abulxayrxonning o`g`li Xo`ja Mahmud Sultonning o`g`li edi. Shu tariqa butun Movarounnahrda shayboniylar hukmronligi o`rnatildi. Samarqand poytaxt etib belgilandi, Shayboniyxon Movarounnahrda mustahkamlanib olgach 1505 yil Xorazmni bosib oldi.
Shayboniyxon 1507 yil kuzida Xurossonga yurish boshladi, Xuroson davlatini egallash qiyin bo`lmadi, 1506 yil Balx, 1507 yil Xuroson poytaxti Hirot zabt etildi, shundan so`ng Hirot o`zining iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaz sifatidagi nufuzini yo`qotdi. Xurosonning bo`ysundirilishi bilan amalda Shayboniyxon butun mintaqani yagona bir markaz - Samarqand qo`l ostida birlashtira oldi. U temuriylar amalga oshira olmagan ishni bajardi, bu uning davlatchiligimiz oldidagi xizmatidir. Shayboniyxon Mavorunnahr, Xorazm va Xurossonni yagona davlatga birlashtira oldi, shu tariqa Shayboniylar hukmronligi davri boshlandi.
Eronda bu vaqta Ismoil Safaviy katta va qudratli qo`shin tuzib hukmdorlik qilayotgan edi, u tuzgan davlat tarixda Safaviylar davlati nomi bilan mashhur. Shoh Ismoil davlati katta hududlarni o`z ichiga olib, bir sarhadi Xuroson bilan, 2-sarhadi Usmonli turklar davlati bilan tutashgan edi. Eron Safaviylarining Xurosonga tazyiqi kuchaydi, nihoyat 1510 yil Marv yaqinida ikki hukmdor o`rtasida bo`lgan jangda Shayboniyxon halok bo`ldi. Shoh Ismoil butun Xurosonni egalladi.

  • To`lg`ama - jangda dushman qo`shinini qanotlaridan aylanib o`tib, qurshab olib zarba berish usuli.


Yüklə 1,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin