I-bob. Muzeylarning maqsadi va uning turlari


Ilmiy-tadqiqot va madaniy-ma`rifiy ishlarini olib boradigan muzeylar



Yüklə 117,01 Kb.
səhifə6/7
tarix21.12.2023
ölçüsü117,01 Kb.
#187970
1   2   3   4   5   6   7
I-bob. Muzeylarning maqsadi va uning turlari

2.2. Ilmiy-tadqiqot va madaniy-ma`rifiy ishlarini olib boradigan muzeylar.
Muzey o'tmish haqidagi bilimlarni, bugungi kun haqida fikr yuritishni va mumkin bo'lgan kelajakka ekskursiyani birlashtira oladigan noyob madaniy makondir. Bu insoniyat tajribasining umumiy maydoni bo‘lib, u o‘zining qadr-qimmatini isbotlagan va vaqt sinovidan o‘tgan, biz buni madaniy meros deb ataymiz. Zamonaviy maʼnoda muzey oʻzining ijtimoiy vazifalariga muvofiq tarix va madaniyat yodgorliklari va tabiat obʼyektlarini olish, hisobga olish, saqlash, oʻrganish va ommalashtirishni amalga oshiradigan ilmiy-tadqiqot va madaniy-maʼrifiy muassasadir.30Muzeylar uzoq vaqtdan beri faqat ekspozitsiya va ko'rgazma ishi doirasidan chiqib ketgan va uning funktsional faoliyati nafaqat pul mablag'larini olish, ko'rgazmalar va ekskursiyalar tashkil etish bilan cheklanmaydi. Bu jiddiy tadqiqot, ma’rifiy, madaniy-ma’rifiy ishlardir.madaniy-ma`rifiy ishlarini olib boradigan muzeylardan biri bu ГосударстивенныйЛитературныймузейимениАлишераНавои bu muzey Toshkent shahrida Shayhontohur tumanida Navoiy shoh kochasida joylashgan undan tashqari Toshkentda joylashgan Davlat amali san’at muzeyi ,O’zbekiston tarixi davlat muzeylari asosan madaniy-ma`rifiy ishlarini olib boradigan muzeylari hisoblanadi.Fikrimiz dalili sifatida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 dekabrdagi “O'zbekiston amaliy san'at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyini tashkil etish to'g'risida”gi 1003-qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida «Maqom muzeyi» faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi 2018 yil 8 avgustdagi 621-sonli qarori, 2019 yil 30 maydagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qo'qon” davlat muzey-qo'riqxonalari faoliyatini tashkil etish to'g'risida” gi 443-sonli qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 26 iyuldagi “Erkin Vohidov memorial muzeyi hamda Haziniy uy-muzeyi faoliyatini tashkil etish to'g'risida” gi 630-qarorlarni ko'rsatib o'tish mumkin.31O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Toshkent muzeyini tashkil etilishi muzeyshunoslikda erishilgan katta yutuqlardan biri bo'ldi. Adiblar xiyobonida joylashgan mazkur muzey yurtimiz poytaxti qadimiy SHosh tarixi haqida tarixning jonli guvohlari deb hisoblanadigan eksponatlar orqali hikoya qilinadi.“Buyuk ipak yo'lining gavjum chorrahasida joylashgan Toshkent asrlar davomida ilm-fan, madaniyat va ma'rifat markazlaridan bo'lib kelgan. Vatanimizning oltin ostonasi bo'lmish poytaxtimiz bugungi kunda yanada rivojlanib, go'zal va obod megapolislardan biriga aylanib bormoqda. Lekin shunday katta shahar shu vaqtga qadar o'zining muzeyiga ega emas edi”, – deyiladi Prezident matbuot xizmati xabarida.Bundan tashqari Ikkinchi jahon urushida mardlik va jasorat, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini ko'rsatgan ko'p millatli O'zbekiston xalqining fashizm ustidan qozonilgan buyuk G'alabani ta'minlashga qo'shgan munosib hissasini keng miqyosda yoritish, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida fidokorona mehnat qilgan yurtdoshlarimizning nomlarini abadiylashtirish, ularning beqiyos jasorati va matonatini tarix sahifalariga muhrlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida Toshkent shahrida “Shon-sharaf” davlat muzeyi barpo etildi.



Yüklə 117,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin