I bob. Oltingugurt va uning xossalari oltingugurt haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 90,82 Kb.
səhifə9/10
tarix12.12.2022
ölçüsü90,82 Kb.
#74109
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Oltingugurt va ularning xossalari

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA
S+6 birikmalari. Bunday kuchga ega bo’lgan birikmalar SO3, SF6, SO2Cl2 va sulfatlar kiradi.
SF6 - rangsiz gaz, u bosim ostida - 50,5 oC da suyuqlikka aylanadi. U kislorodda ham vodorodda ham yonmaydi va unga suv ta’sir etmaydi. SF6 kimyoviy jihatdan juda inert. Buning sababi markaziy atomning koordinatsion to’yinganligi va SF6 ning ionlanish energiyasi qiymati juda yuqoriligi bilan tushuntiriladi. Oltingugurtni bevosita ftor bilan ta’siridan hosil bo’ladi:
S+3F2=SF6
Sulfid angidridga katalizator ishtirokida to’g’ridan to’g’ri xlor ta’sir ettirilganda u sulfuril xloridga aylanadi:
SO2+Cl2=SO2Cl2
Sulfuril xloradning suv bilan ta’siridan sulfat kislota hosil bo’ladi:
SO2Cl2+2H2O= H2SO4+2HCl

XULOSA


Oltingugurtning lotincha nomlanishi, ya'ni, "sulfur" ning kelib chiqish ildizi ma'lum emas. O‘zbek tilidagi biz bilgan nomlanishi esa turkiy tildagi "Oltin" va forscha "Gugurt" so‘zlarining qo‘shilishidan yasalgan. Uning "Yonish", "Olov" so‘zlariga aloqadorligi taxmin qilinadi. Oltingugurt haqiqatan ham yaxshi yonadi va bejizga u forslarda gugurt bilan qiyoslanmagan. Rus tilida oltingugurtni sera ("сера") deyiladi. Qadimgi rus tilida har qanday yonuvchan moddani sera deyilgan. Element nomi ham shundan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
Shu orqali biz oltingugurtning kislorodli birikmalarini ham o’rgandik. Ushbu moddalar ya’ni SO, SO2 va SO3 moddalarining qaynash - suyuqlanish temperaturalarini, zararli va foydali tomonlarini bilib oldik. Sanoatda va albattda qishloq xo’jaligida ushbu oksidlar qay darajada muhim ekanligini bilib oldik. Bu oksidlar inson organizmi uchun ham xavfli gaz sanaladi.
Oltingugurtning Yer qa'rida tarqalish ulushi ham anchayin qiziq statistikani taqdim qiladi. Xususan, Yer po‘stining tashqi qatlamlarida oltingugurt ulushi atiga 0,03% atrofida bo‘ladi. Lekin litosfera bo‘ylab chuqurlashgan sari, oltingugurt ulushi ortib boradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Yer sayyorasida oltingugurtning umumiy ulushi 3% ga yaqin miqdorni tashkil qiladi.
Oltingugurt (IV) oksidi sanoatda keng qo'llaniladi. U sulfat kislota, selluloza sanoatida, sun’iy shoyi ishlab chiqarishda, oqartiruvchi va konservalovchi vosita sifatida, sovutgich qurilmalarida, neft sanoatida ekstraksiyalovchi modda sifatida ishlatiladi.

  1. Oltingugurt va uning tuzilishi. Oltingugurtning tabiatda tarqalishi. Oltingugurtning vodorodli birikmalari. Vodorod sulfid, fizikaviy va kimyoviy xossalari o’rganildi.

  2. Sulfid kislоtа vа uning tuzlаri. Оltingugurtning kislоrоdli birikmаlаri. Оltingugurt (IV) оksid, sulfit kislоtа vа uning tuzlаri. Tiosulfat kislota va tiosulfatlar, ularning amaliy ahamiyati. Оltingugurt (VI) оksid. Sulfаt kislоtа ishlаb chiqаrish. Sulfаt kislоtаning fizikаviy-kimyoviy хоssаlаri, ishlаtilishi. Pirоsul`fаt kislоtа. Pеrsulfаt kislоtа vа uning tuzlаri adabiyot va internet ma’lumotlaridan foydalanib o’rganildi.

  3. Texnikada yuqori xarorat xosil qilishda kislorod keng qullaniladi, ozon esa kuchli oksidlovchi bulganligi uchun ichimlik suvlarini tozalashda va dizenfeksiya maksadlari uchun ishlatiladi. Oltingugrt va uning birikmalari medisinada, kimyo sanoatida, kishlok xujaligida va boshka soxalarda ishlatiladi.




Yüklə 90,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin